Xamitov Ali Abduxakimovichning
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Xrom tuzlari bilan oshlangan poyabzal ustki charmlari g‘ovakligini ularning  fizik-mexanik xossalariga ta’sirini tadqiq qilish” 
05.06.03 – “Teri, mo‘yna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2408
Ilmiy rahbar: Ahmedov Bahodir Bo‘rievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Xudayberdieva Dilfuza Baxramovna texnika fanlari doktori, professor; Shoyimov Shoxrux Shuxratovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: poyabzal usti xrom charmlari fizik-mexanik xossalariga charm g‘ovakligining ta’sirini o‘rganish. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan poyabzal ustki xrom charmlari texnik xarakteristikalari informatsion bazasini tuzish va asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor fizikaviy-kimyoviy tahlil usullari sorbsiya, differensial termik tahlil (DTA) asosida poyabzal ustki charmlari g‘ovaklik struktura ko‘rsatkichlari guruhi tizimli ravishda aniqlangan;
charm marfologik tuzilishini tavsifiy xarakteristikalari bilan birga strukturani miqdoriy baholash sifat ko‘rsatkichlarining ratsional son qiymatlari birinchi marta skanerli mikroskopiya usuli  yordamida aniqlangan; 
texnologik jarayonlarda shakllanivchi, g‘ovaklik ko‘rsatkichni bevosita belgilaydigan struktura parametrlarini, jumladan charm haqiqiy va tuyuluvchi zichligi, solishtirma ichki sirt maydoni, g‘ovaklarning o‘lcham xususiyatlari va effektiv radiusi qiymatlari gradient naychalarda zichlikni gidrostatik o‘lchash usulida aniqlangan; 
charm g‘ovakligi va qattiklik ko‘rsatkichlari orasidagi funksional bog‘lanishlari asosida kompakt texnologik reglament ishlab chiqilgan va oshlash jarayonini avtomatlashtirish uchun dasturiy ta’minot yaratilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Poyabzal usti xrom charmining g‘ovakligiga texnologik jarayonining ta’sirini tadqiq qilishdan olingan natijalar asosida:
qoramol terisiga ishlov berishda tayyorlov, oshlash oldi va oshlash jarayonlarini o‘tkazish texnologik reglamenti “O‘zcharmsanoat” uyushmasi tarkibidagi “ULKAN-LAZIZ” MChJ da joriy etilgan; (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 2023 yil FB-7/3037-sonli ma’lumotnomasi). Natijada oshlash oldi va oshlash jarayonida poyabzal usti xrom charmining g‘ovakligi va fizik-mexanik xossalarining yaxshilanishiga imkoniyati yaratilgan;
poyabzal usti charmlarini barabanda amalga oshiriladigan oshlash  jarayonlarini ixcham texnologiyasi “O‘zcharmsanoat” uyushmasi tarkibidagi “ANGREN CHARM INVEST” MChJ da joriy etilgan. (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 2023 yil FB-7/3037-sonli ma’lumotnomasi). Natijada poyabzal ustki charmlarining g‘ovakligi 70% dan kam bo‘lmasliga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish