Ismatullaev Ilyos Narbekovichning
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Xromli oshlangan tuyaqush charmining xossalariga ivitish-kullash texnologik jarayonlari ta’sirini tadqiq qilish” 05.06.03 – “Teri, mo‘yna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3497
Ilmiy rahbar: Begaliev Xashim Xikmatdjanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyberdieva Dilfuza Baxromovna texnika fanlari doktori, professor; Azimov Juma Sharopovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tuyaqush terilaridan yuqori sifatli ekzotik charm olishda ivitish-kullash jarayonlari tadqiqotlari asosida tuyaqush teri xomashyosiga ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish va tuyaqush charmlarining fizik – kimyoviy xossalarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ivitish jarayoniga ferment preparati va ekologik zararsiz noionogen anion aktiv tarkibga ega sirt aktiv moddalarni hamda kullash jarayoniga oksidlovchi pergidrol va natriy gidroksidini qo‘llagan holda, tuyaqush terilariga ishlov berishning takomillashtirilgan va ixcham texnologiyasi ishlab chiqilgan;
tuyaqush terilarini ivitish jarayonida nokollagen oqsillar va mukopolisaxaridlarni parchalovchi ferment preparati va ekologik zararsiz noionogen anion aktiv tarkibga ega sirt aktiv moddalarning 50:50 optimal nisbatdagi miqdori aniqlangan;
taklif etilgan tarkib asosida ivitish-kullash jarayonidan o‘tgan teri to‘qimasida nokollagen oqsillar va mukopolisaxaridlarning kamayganligi, makro va mikro g‘ovaklarning kattalashganligi hamda oshlash jarayonida kimyoviy bog‘lanishlarning hosil bo‘lganligini, spektrofotometr, skanerli mikroskopiya (SEM), element tahlili va IQ-spektroskopiya tahlillari natijasida aniqlangan;
tuyaqush terisiga ishlov berishning takomillashgan kullash jarayonidagi oksidlovchi pergidrol ta’sirida teri to‘qimasidagi pigment dog‘lari parchalanishi natijasida “Krast” tuyaqush charm yuza sirti mereyasidagi pat follikulalari o‘zgarishsiz saqlanib qolishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Xromli oshlangan tuyaqush charmining xossalariga ivitish-kullash texnologik jarayonlarining ta’sirini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tuyaqush teri xomashyosiga ishlov berishda ivitish-kullash jarayonlarini o‘tkazish texnologik reglamenti “OSIYO – CHARM FAYZ” MChJ da joriy qilingan. (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 2023 yil FB-7/2386-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ivitish-kullash jarayonlarida antiseptik, ferment preparati, SAM, natriy gidroksid va pergidrollarni qo‘llash orqali tuyaqush teri to‘qimasi tarkibidagi nokollagen oqsillar va mukopolisaxaridlar miqdorini kamayish hisobiga tuyaqush charmining fizik-mexanik xossalarining yaxshilanishi aniqlangan;
tuyaqush teri xomashyosiga ishlov berishdagi tayyorlov, oshlash oldi va oshlash jarayonlarini o‘tkazish texnologik reglamenti “ULKAN-LAZIZ” MChJ da joriy qilingan. (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining FB-7/2386-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ivitish-kullash jarayonlari tadqiqotlari asosida takomillashgan xromli oshlangan “Wet blue” charmining gidrotermik destruksiyasi nazorat namunasidan 5,2 0S yuqori bo‘lishiga erishilgan;
tuyaqush teri xomashyosiga ishlov berishdagi bo‘yash-yog‘lash jarayonlarini o‘tkazish texnologik reglamenti “ULKAN-LAZIZ” MChJ da joriy qilingan. (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining FB-7/2386-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ivitish-kullash tadqiqotlari asosida olingan tuyaqush “Krast” charmining mustahkamlik chegarasi 0,5 MPa ga, 10 MPa kuch bilan cho‘zilganda uzayish miqdori 6,9 %ga oshishi evaziga tuyaqush charmining fizik-kimyoviy va mexanik xossalarini yaxshilanishiga erishilgan;
xromli oshlangan tuyaqush charmlarini kullash jarayonida yangi tarkib qo‘llanilgan texnologiyasi “TABIIY CHARM” XK da joriy etilgan. (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining FB-7/2386-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kullash jarayonida yangi pergidrol moddasini qo‘llash orqali teri dermasidagi jelatin eruvchanlik ko‘rsatkichi 6-7 % ga oshishi hisobidan xromli oshlangan tuyaqush charmining fizik-mexanik xossalarini yaxshilanishiga imkoniyat yaratilgan.