Pyagay Grigoriy Borisovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ihtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmoqi nomi): "Aktinik keratozning turli shakllarining klinik-morfologik, dermatoskopik va immunogistokimyoviy xususiyatlari", 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/ Tib693.
Ilmiy maslahatchi: Sidikov Akmal Abdikaxarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Vaisov Adhamjon Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nishanov Donier Anarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Oxlopkov Vitaliy Aleksandrovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aktinik keratoz turli shakllarining klinik-morfologik, dermatoskopik va immunogistokimyoviy xususiyatlarini o‘rganish hamda terining yassi hujayrali saratoniga o‘tishning erta belgilarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aktinik keratozning turli shakllariga chalingan bemorlarda klinik, dermatoskopik, patogistologik va teri bioptatlarini immunogistokimyoviy tekshirish ma’lumotlarining kompleks tahlil natijalari bilan o‘ziga hosligi isbotlangan;
aktinik keratozda follikullar bilan bog‘liq va qon tomir patternning belgilari orasida prognostik jihatdan salbiy dermoskopik belgilar isbotlangan;
aktinik keratozda aniqlangan dermotoskopik belgilar majmuasini tahlil qilish har bir belgining diagnostik va prognostik ahamiyatini tizimlashtirish AKning yassi hujayrali teri saratoniga erta o‘tishini aniqlash bilan isbotlangan;
ishlab chiqilgan matematik model asosida aktinik keratozning turli bosqichlari o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligi isbotlagan;
aktinik keratozning turli shakllariga chalingan bemorlar bioptatida CD4 markerining keskin ekspressiyasi va sitotoksik CD8 limfotsitlarning qisman ifodalanishi AK patogenezining immun javobida nuqson mavjudligi bilan isbotlangan;
aktinik keratozning 2-3 bosqichi bo‘lgan bemorlarda immunogistokimyoviy PCNA va r53 markerlari ekspressiyasining yuqori darajada ifodalanishi yassi hujayrali karsinomaga o‘tishning erta namoyon bo‘ladigan prognostik belgilar sifatida hizmat qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining 2023 yil 28 noyabrdagi 01-02/d-x-06 Ekspert kengashi xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining 2023 yil 9 noyabrdagi 01-14-757–sonli xat yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: aktinik keratozning turli shakllariga chalingan bemorlarda klinik, dermatoskopik, patogistologik va teri bioptatlarini immunogistokimyoviy tekshirish ma’lumotlarining kompleks tahlil natijalari o‘ziga hosligi bilan isbotlangan va Toshkent shahar 2-tumanlararo teri-tanosil dispanseri bo‘yicha 09.08.2023 yildagi 281-sonli buyruq, RIDVvaKIATM Farg‘ona viloyat hududiy filiali bo‘yicha 03.11.2023 yildagi №38 buyruq bo‘yicha klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: AKning erta tashxisoti uchun taqdim etilgan usul tashxisot jarayonini optimallashtirish va kasallikning klinik-anamnestik, dermatoskopik va morfologik xususiyatlarini sinchkovlik bilan qilingan tahliliga asoslangan davolash taktikasini tanlashga, bemorlarning mehnatga qobiliyatsizlik vaqtini qisqartirib, tashxisotda invaziv usullarini zarururiyatini minimallashtirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarning dinamik monitoringi paytida invaziv diagnostika usullariga ko‘rsatmalarni kamaytirish orqali aktinik keratozning turli shakllari bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolash taktikasi optimallashtirildi, bu esa diagnostik jarayon narxini 35% ga kamaytirdi va 80 bemorga yiliga 15 680 000 so‘m xarajatlarni tashkil qilgan. Xulosa: aktinik keratoz bilan kasallangan bemorlarni diagnostikasi va kuzatuv taktikasi bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritm har bir bemor uchun 196 000 so‘mga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan.    
ikkinchi ilmiy yangilik: aktinik keratozda follikullar bilan bog‘liq va qon tomir patternning belgilari orasida prognostik jihatdan salbiy dermoskopik belgilar mavjudligi isbotlangan va Toshkent shahar 2-tumanlararo teri-tanosil dispanseri bo‘yicha 09.08.2023 yildagi 281-sonli buyruq, RIDVvaKIATM Farg‘ona viloyat hududiy filiali bo‘yicha 03.11.2023 yildagi №38 buyruq bo‘yicha klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kogort guruhda AK bemorlarining prognostik noxush dermatoskopik belgilarini aniqlash qo‘shimcha invaziv hamda qimmat tashxisot usullarini o‘tkazish, shuningdek, AKni davolashning agressiv, destruktiv usullarini o‘tkazish uchun ko‘rsatmani ajratishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: AK uchun invaziv diagnostika usullariga ko‘rsatmalar doirasini belgilashga muvaffaq bo‘lindi va shu bilan byudjet va byudjetdan tashqari moddiy xarajatlarini 50%ga kamaytirdi, bu esa yiliga bitta muassasada 40 bemor uchun 7 840 000 so‘mni tashkil qilgan. Xulosa: AK diagnostikasi jarayonini optimallashtirish har bir bemor uchun byudjet va byudjetdan tashqari 196 000 so‘m mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: aktinik keratozda aniqlangan dermoskopik belgilar majmuasini tahlil qilish har bir belgining diagnostik va prognostik ahamiyatini tizimlashtirish va farqlash imkonini berdi, bu esa AKning yassi hujayrali teri saratoniga erta o‘tishini aniqlash uchun hizmat qilishi isbotlangan va Toshkent shahar 2-tumanlararo teri-tanosil dispanseri bo‘yicha 09.08.2023 yildagi 281-sonli buyruq, RIDVvaKIATM Farg‘ona viloyat hududiy filiali bo‘yicha 03.11.2023 yildagi №38 buyruq bo‘yicha klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: dermatoskopik tekshiruv ma’lumotlarini umumiy tizimlashtirish AK bilan zararlanganda patologik o‘choqda davom etayotgan patomorfologik jarayonlarning mohiyatini samarali aniqlash imkonini yaratadi, bu esa bemorlarning vaqtinchalik nogironligiga va hayot sifatining pasayishiga olib keluvchi invaziv tekshirish usullarini qo‘llashni minimallashtirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: AK bilan hastalangan bemorlarni dermoskopik belgilar to‘plamini hisobga olgan holda tekshirish, AKning yassi hujayrali teri saratoniga erta transformatsiyalanishni aniqlashga imkon beradi, bu bemorlarni onkodermatologlarga o‘z vaqtida yo‘naltirishni asoslaydi, qimmat invaziv diagnostika usullariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirdi va yiliga bitta muassasada 80 bemorga 15 680 000 so‘m ortiqcha sarf harajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: AKning diagnostikasi jarayonini optimallashtirish har bir bemor uchun byudjet va byudjetdan tashqari 196 000 so‘m mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan matematik model asosida aktinik keratozning turli bosqichlari o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligi bilan isbotlagan va RIDVvaKIATM Qoraqolpog‘iston Respublikasi hududiy filiali bo‘yicha 08.08.2023 yildagi №25-A, Toshkent shahar 2-tumanlararo teri-tanosil dispanseri bo‘yicha 09.08.2023 yildagi 281-sonli buyruq, RIDVvaKIATM Toshkent shahar hududiy filiali bo‘yicha 30.08.2023 yildagi №277 buyruq, Toshkent shahar 8-tumanlararo teri-tanosil dispanseri bo‘yicha 30.09.2023 yildagi 77-sonli buyruq, RIDVvaKIATM Farg‘ona viloyat hududiy filiali bo‘yicha 03.11.2023 yildagi №38 buyruq bo‘yicha klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: AKni bemorlarga kechishini prognozlash va diagnostik tadbirlar algoritmi matematik model asosida ishlab chiqildi, bu esa AKli bemorlarni dinamik kuzatishda optimal olib borish taktikasini tanlash va zarur foydalaniladigan invaziv diagnostikaning usullarini kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: AK diagnostikasi va uning kechishi prognozlash asosida 80 nafar bemordan 28 nafarida zarur diagnostika muolajalari hajmi 35% kamaytirilib, yiliga 5 488 000 so‘m ortiqcha sarf harajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: AKning diagnostika jarayonini optimallashtirish har bir bemor uchun byudjet va byudjetdan tashqari 196 000 so‘m mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: aktinik keratozning turli shakllariga chalingan bemorlar bioptatida CD4 markerining keskin ekspressiyasi va sitotoksik CD8 limfotsitlarining qisman ifodalanishi bilan birga keladi, bu AK patogenezining immun javobida nuqson mavjudligi bilan isbotlangan va RIDVvaKIATM Qoraqolpog‘iston Respublikasi hududiy filiali bo‘yicha 08.08.2023 yildagi №25-A, Toshkent shahar 2-tumanlararo teri- tanosil dispanseri bo‘yicha 09.08.2023 yildagi 281-sonli buyruq, RIDVvaKIATM Toshkent shahar hududiy filiali bo‘yicha 30.08.2023 yildagi №277 buyruq, Toshkent shahar 8-tumanlararo teri-tanosil dispanseri bo‘yicha 30.09.2023 yildagi 77-sonli buyruq, RIDVvaKIATM Farg‘ona viloyat hududiy filiali bo‘yicha 03.11.2023 yildagi №38 buyruq bo‘yicha klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlar bioptatlarida sitotoksik CD8 limfotsitlarining sezilmas darajadagi ekspressiyasida kuzatiluvchi CD4 markerining keskin ifodalangan ekspressiyasi AKning ayrim shakllarida bemorlarga mahalliy arzon, qulay tashqi davolash usulini qo‘llashni asoslaydi va bemorlar mehnat qobiliyatini, hayot sifatini saqlab qoladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: AK o‘choqlarini agressiv destruktiv usullar bilan davolashga ko‘rsatmalar sezilarli darajada qisqartirildi, bu moddiy xarajatlarni 50% gacha har bir muassasaga yiliga 40 nafar bemor uchun 6 000 000 so‘mgacha ortiqcha sarf harajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: AK bilan hastalangan bemorlarni ambulator konservativ davolash uchun bemorlarni aniqlash imkonini beruvchi CD4 va SD8 IGK-markerlaridan foydalanishning umumiy iqtisodiy samaradorligi har bir bemorga 150 000 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan.
oltinchi ilmiy yangilik: aktinik keratozning 2-3 bosqichi bo‘lgan bemorlarda immunogistokimyoviy PCNA va p53 markerlari ekspressiyasining yuqori darajada ifodalanishi yassi hujayrali karsinomaga o‘tishning erta namoyon bo‘ladigan prognostik belgilar sifatida hizmat qilishi isbotlangan va RIDVvaKIATM Qoraqolpog‘iston Respublikasi hududiy filiali bo‘yicha 08.08.2023 yildagi №25-A, Toshkent shahar 2-tumanlararo teri tanosil dispanseri bo‘yicha 09.08.2023 yildagi 281-sonli buyruq, RIDVvaKIATM Toshkent shahar hududiy filiali bo‘yicha 30.08.2023 yildagi №277 buyruq, Toshkent shahar 8-tumanlararo teri-tanosil dispanseri bo‘yicha 30.09.2023 yildagi 77-sonli buyruq, RIDVvaKIATM Farg‘ona viloyat hududiy filiali bo‘yicha 03.11.2023 yildagi №38 buyruq bo‘yicha klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: IGK-markerlar ekspressiyasining yuqori darajada ifodalanishi aktinik keratozning bemorlarda yassi hujayrali karsinomaga o‘tishning erta tashhislashga imkon beradi, ekspressiyasining mavjud emasligi dermatolog shifokorlar uchun AKni davolashning terapevtik taktikasini asosladi, bu esa onkologiya muassasalariga murojatni va bemorlarning emotsional stress yuklamasini kamaytirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: AKda yangi diagnostik usulni qo‘llanishi onkolog mutaxassislarni qo‘shimcha jalb qilish zaruratini 4 baravariga kamaytirdi va yiliga 20 ta bemorga 1 480 000 so‘mgacha sarf harajatlarini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: immunogistokimyoviy PCNA va p53 markerlarini AKni yassi hujayrali karsinomaga o‘tish jarayonini tashhislashda qo‘llanishi bir nafar bemor uchun 74 000 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish