Po‘latov Sadriddin Sayfullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ishemik insul`tning o‘tkir davrida bemorlar erta reabilitatsiyasini klinik-patogenetik mukamallashtirish”, 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Tib514.
Ilmiy maslahatchi: Gafurov Baxtiyor Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Nurgujaev Erkin Smagulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Madjidova Yoqutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xaydarova Dildora Kadirovna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: o‘tkir ishemik insul`tning klinikasi va patogenetik turini inobatga olgan holda erta faollashtirish jarayonini asosiy tamoyillarini ishlab chiqish, samaradorligini baholash va amaliyotga taqdim qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
miya yarim sharlari insul`tida erta vertikalizatsiyani vegetativ adaptatsion mexanizmlariga ta’siri, jumladan insul`tni patogenetik tipiga nisbatan vegetativ moslanish jarayoni isbotlangan;
ishemik insul`tning patogenetik tiplariga mos ravishda erta vertikalizatsiya o‘tkazish burchaklari ilk marotaba belgilab berilgan;
bosh miyada qon aylanish autoregulyasiya tizimi holatini vertikalizatsiyaga korelyasion bog‘liqligi aniqlanib, erta faollashtirish jarayonining miya adaptatsion xususiyatlariga ijobiy ta’siri paraklinik va neyrofiziologik tekshiruvlari orqali isbotlangan;
kompleks reabilitatsiya jarayonida erta vertikalizatsiyani harakat, kognitiv va nutq tizimlarini tiklanishida ahamiyati isbotlangan;
kompleks reabilitatsiya jarayonida erta vertikalizatsiya usuli ko‘rsatkichlari va qarama-qarshi bo‘lgan tamoyillari standartlashtirilib, ishemik insul`tning patogenetik tipiga bog‘liq holda o‘tkazish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2023 yil 20 dekabrdagi №23-Z/100-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot institutining 2023 yil 12 avgustdagi 04/4158-sonli xati yuborilgan):  
birinchi ilmiy yangilik: miya yarim sharlari insul`tida erta vertikalizatsiyani vegetativ adaptatsion mexanizmlariga ta’siri, jumladan insul`tni patogenetik tipiga nisbatan vegetativ moslanish jarayoni isbotlangan va Buxoro tuman tibbiyot birlashmasida 23.06.2023 yildagi 93/2-sonli buyruq, Kogon shahar tibbiyot birlashmasida 30.06.2023 yildagi 58/1-sonli buyruq va Jondor tuman tibbiyot birlashmasida 06.07.2023 yildagi 64/3-sonli buyruq asosida amaliyotga tadbiq qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishemik insul`tda davolash va erta reabilitatsiya chora-tadbirlarini to‘g‘ri tashkil qilish bemorlarni nisbatan tez muddatlarda oyoqqa turishiga, davolanish kunlari qisqarishiga, mehnat faoliyatiga qaytishiga sabab bo‘lib, oila a’zolarini bemorni muntazam parvarish qilish majburiyatidan xalos etdi;  bemorlar harakat faoliyati, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish va mehnat qobilyati tiklanishi orqali nogironlik kuzatilishi mumkin bo‘lgan bemorlar sonini kamaytirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘rtacha davolanish kunini aterotrombotik insul`tda 1,3 kunga, kardioembolik insul`tda 1,2 kunga va lakunar insul`tda 1,7 kunga qisqarishiga olib keldi. 2021 yilning ikkinchi yarmi va 2022 yil birinchi yarim yilligida https://technomed.uz/ dasturi hisoblash natijalari ishemik insul`tda bir kunlik davolanish byudjet hisobidan 105421.80 so‘mni tashkil qilib, ushbu mablag‘larni iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: ishemik insul`t bilan bir kunlik davolanish statsionar harajatlari dori darmonlardan tashqari har bir nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini sutkasiga 105421.80 iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ishemik insul`tning patogenetik tiplariga mos ravishda erta vertikalizatsiya o‘tkazish burchaklari ilk marotaba belgilab berilgan va bu Buxoro tuman tibbiyot birlashmasida 23.06.2023 yildagi 93/2-sonli buyruq, Kogon shahar tibbiyot birlashmasida 30.06.2023 yildagi 58/1-sonli buyruq va Jondor tuman tibbiyot birlashmasida 06.07.2023 yildagi 64/3-sonli buyruq asosida amaliyotga tadbiq qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ushbu amaliyotning ishemik insul`tning patogenetik tiplariga mos holda amaliyotda  qo‘llash orqali bemorlarda falajlangan muchalarning nisbatan tez tiklanishiga va hayot sifatini yaxshilanishiga  erishildi, bu esa nogironlik ko‘rsatkichlarining kamayishiga olib keldi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 2021 yilning ikkinchi yarmi va 2022 yil birinchi yarim yilligida https://technomed.uz/dasturi hisoblash natijalari ishemik insul`tda bir kunlik  davolanish 105421.80 so‘m, dori darmonlar uchun 250983.51 so‘m va jami 356405,31so‘mni tashkil etgan. Xulosa: ishemik insul`t bilan davolangan bemorlarda davolanish kunlari va dori darmonlar hisobiga 1 nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini sutkasiga 356405,31 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: bosh miyada qon aylanish autoregulyasiya tizimi holatini vertikalizatsiyaga korelyasion bog‘liqligi aniqlanib, erta faollashtirish jarayonining miya adaptatsion xususiyatlariga ijobiy ta’siri paraklinik va neyrofiziologik tekshiruvlar orqali isbotlab berilgan va Buxoro tuman tibbiyot birlashmasida 23.06.2023 yildagi 93/2-sonli buyruq, Kogon shahar tibbiyot birlashmasida 30.06.2023 yildagi 58/1-sonli buyruq va Jondor tuman tibbiyot birlashmasida 06.07.2023 yildagi 64/3-sonli buyruq asosida amaliyotga tadbiq qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishemik insul`t bilan og‘rigan bemorlar holatini neyrovizual va neyrofiziologik tekshiruvlar orqali baholanib, bemorlarda erta reabilitatsiyani boshlash va davomiyligini prognozlash imkonini berdi, bemorlar hayot sifatini yaxshilanishi va nogironlik ko‘rsatkichlarining kamayishi erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘rtacha davolanish aterotrombotik insul`tda 1,3 kun, kardioembolik insul`tda 1,2 kun va lakunar insul`tda 1,7 kunga  qisqardi. 2021-2022-yillarda boshida https: //technomed. uz/ dasturi hisoblash natijalari ishemik insul`tda  bir kunlik  davolanish 105421,80 so‘m, dori darmonlar uchun  250983,51 so‘m va jami 356405,31so‘mni tashkil etib, bemorlarga davolash standarti asosida bir kunlik o‘rtacha davolanish 392241,66 so‘mni tashkil qilgan va bu orqali o‘rtacha davo kursida har kuniga 549138,324 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: ishemik insul`tni erta reabilitatsiya qilish orqali 1 nafar bemor uchun byudjet hisobidan o‘rtacha davo kursida 549138,324 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kompleks reabilitatsiya jarayonida erta vertikalizatsiyani harakat, kognitiv va nutq tizimlarini tiklanishida ahamiyati isbotlangan.  Kompleks reabilitatsiya jarayoni Buxoro tuman tibbiyot birlashmasida 23.06.2023 yildagi 93/2-sonli buyruq, Kogon shahar tibbiyot birlashmasida 30.06.2023 yildagi 58/1-sonli buyruq va Jondor tuman tibbiyot birlashmasida 06.07.2023 yildagi 64/3-sonli buyruq asosida amaliyotga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlar falajlangan muchalarida harakatning tiklanishi, kognitiv funksiyalarning yaxshilanishi, hamda nutq faoliyatini ijobiy tomonga o‘zgarishi erta vertikalizatsiya jarayonini qay darajada ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi va bemorlar hayot sifatini yaxshilanishiga olib keldi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 2021-2022-yillarda ishemik insul`t bilan  statsionar o‘rtacha davolanish kunlari va tadqiqot davomidagi o‘rtacha davolanish kunlari taqqoslanganda tatbiq etilayotgan davolash usulining yillik iqtisodiy samaradorligi 477 257 291 so‘mni tashkil qildi, undan xarajatlar 7 800 000 so‘m ajratilganda 469 457 291 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.  Xulosa: ishemik insul`tni erta reabilitatsiya qilishda jarayonni hisobga olgan holda davo va reabilitatsiya usullarini tanlash orqali statsionar xarajatlardan bir yilda byudjet hisobidan 469 457 291 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: kompleks reabilitatsiya jarayonida erta vertikalizatsiya usuli ko‘rsatkichlari va qarama-qarshi bo‘lgan tamoyillari standartlashtirilib, ishemik insul`tning patogenetik tipiga bog‘liq holda o‘tkazish algoritmi ishlab chiqilgan hamda ushbu algoritm orqali davo muolajalarini olib borish Buxoro tuman tibbiyot birlashmasida 23.06.2023 yildagi 93/2-sonli buyruq, Kogon shahar tibbiyot birlashmasida 30.06.2023 yildagi 58/1-sonli buyruq va Jondor tuman tibbiyot birlashmasida 06.07.2023 yildagi 64/3-sonli buyruq asosida amaliyotga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishemik insul`t o‘tkazgan bemorlarda belgilangan algoritm orqali erta vertikalizatsiya amaliyotini bajarish aterotrombotik, kardioembolik va lakunar genez bilan rivojlanganda kasallikning boshlang‘ich davrlarida faollik oshishi va asoratlarning rivojlanishi kamayishiga olib keldi, bu esa o‘z navbatida o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirdi.  Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: aterotrombotik insul`tning o‘tkir davrida boshlangan kompleks erta reabilitatsiya tadbirlari har bir bemorda sutkasiga 356405,31 so‘mga iqtisod qilish imkonini berib, davolanish kunlarini 1,3 kunga qisqartirishi hisobiga sarf xarajatlarni 19.7% kamaytirish imkonini berdi; kardioembolik ishemik insul`t bilan og‘rigan bemorlarda o‘tkazilgan kompleks erta reabilitatsiya natijasida davolanish kunlari o‘rtacha 1,2 kunga kamayib, sutkasiga 323218,34 so‘mni iqtisod qilish va byudjet mablag‘lari hisobidan sarflanadigan xarajatlarni 16,1% kamaytirish imkonini berdi; lakunar tipdagi ishemik insul`t bilan og‘rigan bemorlarda o‘tkazilgan kompleks erta reabilitatsiya natijasida davolanish kunlari o‘rtacha 1,7 kunga kamayib, sutkasiga 392241,65 so‘mni iqtisod qilish va byudjet mablag‘lari hisobidan sarflanadiga xarajatlarni 18,7% kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: ishemik insul`tlarda etiopatogenetik tipga mos kompleks erta reabilitatsiya usullaridan foydalanish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 549 138,31 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish