Bazarov Laziz Xolboboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Fazalar sonini mo‘tadil o‘zgartirgichlarini ishlab chiqish va tadqiq etish, 05.05.02 – Elekrtotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.3.PhD/T3141
Ilmiy rahbar: Bedriskiy Ivan Mixaylovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kolesnikov Igor Konstantinovich, texnika fanlari doktori, professor; Begmatov Shavkat Ernestovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi energetika muommolar instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Fazalar soni mo‘tadil o‘zgartirgichlarini ishlab chiqish va tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quyosh paneli, akkumuliyator va birfazali-uchfazali o‘zgartirgichlar quvvatlarini muvofiqlashtirish imkonini beruvchi temir yo‘l to‘xtash punktining uch fazali yuklamasini ta’minlash uchun qo‘llaniladigan quyosh panellari va fazalar soni o‘zgartirgichi quvvatini hisoblashning umumlashgan metodikasi ishlab chiqilgan;
yaratilgan qurilma o‘zgartirish xatoligini baholash imkonini beruvchi magnitlanish egri chizig‘i va Djils-Aterton gisterezis modelini qo‘llagan holda amorf qotishma gisterezis sirtmog‘ini approksimatsiyalash xatoliklarini obektiv baholash usullari ishlab chiqilgan;
yuqori energetik parametrlariga ega bo‘lgan o‘zagi amorf magnit yumshoq qotishmadan tayyorlangan mo‘tadil parametrik fazalar soni o‘zgartirgichining yangi sxemasi taklif etilgan;
magnitlanish egri chizig‘ini approksimatsiyalash va Djils-Aterton gisterezis modeli asosida fazalar soni o‘zgartirgichining energntik va faza amplitudasini hisoblash imkonini beruvchi matematik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Parametrik mo‘tadil fazalar soni o‘zgartirgichini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
parametrik mo‘tadil fazalar soni o‘zgartirgichi qurilmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasidan ixtiroga patent olingan (№IAP 06464, 2021 y.). Natijada, ushbu qurilmani fazalar sonini o‘zgartirish uchun qo‘llash va kuchlanishni uning nominal qiymatidan ±2,5% gacha og‘gan holda mo‘tadillash imkoniyati yaratilgan;
ishlab chiqilgan patent asosida parametrik mo‘tadil fazalar soni o‘zgartirgich qurilmasi quyosh panellari bilan birgalikda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning “Toshkent” elektr ta’minoti masofasiga qarashli EChK – Aranchi tuman kontakt tarmog‘i 47-km “Baraj” bekatidagi avto va temir yo‘l kesishmasida harakat xavfsizligini ta’minlash uskunalarini uzlyuksiz elektr energiya bilan ta’minlash maqsadida qo‘llanilgan. (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023 yil 20 iyundagi №01/1852-23 – son ma’lumotnomasi). Natijada, qurilma magnit o‘zagini amorf qotishmadan tayyorlash hisobiga energetik ko‘rsatgichlarni yaxshilanishiga va uch fazali iste’molchilarni qisman “Quyosh paneli-akkumulyator batareyasi” tizimidan ruxsat etilgan og‘ishi ±2,5% bo‘lgan mo‘tadil elektr energiya bilan ta’minlashga erishilgan.