Shadmonxodjaev Murodilla Shuxratillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Elektr harakat tarkib g‘ildirak-motor bloki podshipnikli qismlarini diagnostika qilish uchun universal ta’minot manbaini ishlab chiqish, 05.08.05 – Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3756.
Ilmiy rahbar: Rolle Igor Aleksandrovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti va Peterburg davlat temir yo‘llari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Bedriskiy Ivan Mixaylovich, texnika fanlari doktori, professor; Mirsaitov Mirziyod Mirozotovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: lokomotiv depo sharoitida elektr harakat tarkiblari g‘ildirak-motor bloki podshipnikli qismlarini diagnostika qilish uchun energiya samarador ta’minot manbaini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
depo sharoitida elektr harakat tarkibi tortuv yuritmasi g‘ildirak juftliklarini relsdan ajratgan holda diagnostika qilishning matematik modeli harakatga solishtirma qarshilikning o‘zgaruvchan tashkil etuvchisi o‘zgarishi qonuniyati asosida ishlab chiqilgan;
g‘ildirak-motor bloki podshipniklarini qismlarga ajratilmasdan diagnostika qilishda energiya samarador ta’minot manbaining matematik modeli boshqarilmaydigan uch fazali to‘g‘rilagich va kenglik-impulsli o‘zgartirgich qo‘shma sxemasini tuzishda sodir bo‘ladigan elektromagnit jarayonlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
elektr harakat tarkibini diagnostika qilishda universal to‘g‘rilagichining nosoz yarim o‘tkazgichlarini aniqlash usuli faza toklari birinchi garmonikasi va doimiy tashkil etuvchilari ishoralarini inobatga olib, tarmoq toki emissiyalarini tahlili asosida takomillashtirilgan;
kenglik-impulsli o‘zgartirgich uchun meyoriy hujjatlarga muvofiq sex ta’minot tizimi tokining garmonik tashkil etuvchilari emissiyasini ta’minlab beruvchi manba kuchlanishini impulsli yoqilish vaqtida chastotaviy-to‘ldirish koeffisientini rostlash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektr harakat tarkibini qismlarga ajratmasdan g‘ildirak-motor blok podshipniklarini diagnostika qilish uchun o‘zgartirgich ta’minot manbaini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elektr harakat tarkibi g‘ildirak-motor bloki relsdan ajratilgan g‘ildiraklari erkin aylanishi vaqtini aniqlash usuli “O‘TY” AJning “O‘zbekiston” lokomotiv deposiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023-yil 13-martdagi 2/1559-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu uslubni qo‘llash g‘ildirak-motor bloklari podshipnik uzellarini qismlarga ajratmasdan diagnostikalash matematik modelini ishlab chiqish imkonini yaratgan;
ta’mirlovchi ishlab chiqarish korxonalarida elektr harakat tarkibi tortuv yuritmasining podshipnikli qismlarini ajratmasdan diagnostika qilish “O‘TY” AJning “O‘zbekiston” lokomotiv deposiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023-yil 13-martdagi 2/1559-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tortuv yuritmasining podshipniklarini qismlarini ajratmasdan diagnostika qilish g‘ildirak-motor bloki podshipniklar ishonchliligini oshirish va xizmat ko‘rsatish, foydalanishdagi xarajatlarni 36 mln. so‘mga qisqartirish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan mobil, energiya samarador o‘zgartirgich ta’minot manbai “O‘TY” AJning “O‘zbekiston” lokomotiv deposiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023-yil 13-martdagi 2/1559-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mavjud to‘g‘rilagichlarga nisbatan kamida 40,5 mln. so‘mlik elektr energiya tejalishi imkoniyati yaratilgan.