Yalg‘ashev Burxon Fayzullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qovushoq suyuqlik bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi qatlamli silindrik qovushoq-elastik qobiqning nostatsionar tebranishlari (Nestatsionarnie kolebaniya sloistoy silindricheskoy vyazkouprugoy obolochki, vzaimodeystvuyushhey c vyazkoy jidkost`yu)”,
01.02.04 - Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/FM90
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xudoynazarov Xayrulla, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.FM/T.02.09
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Botir Mardonov, fizika-matematika fanlari doktori, professor.;Pshenichnov Sergey Gennadievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor. Safarov Ismoil Ibroximovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi dinamik yuklar ta'siridagi uch qatlamli silindrik qovushoq elastik qobiqlarning nostatsionar, o‘qqa nisbatan simmetrik tebranishlarini dinamik hisoblashning matematik modellarini ishlab chiqish; uch qatlamli qobiqlarning ixtiyoriy kesimidagi nuqtalarida ko‘chish va kuchlanish maydonlarini aniqlash algoritmlarini yaratish; ishlab chiqilgan modellarni uch qatlamli kompozit va bir jinsli silindrik qobiqlar va sterjnlar tebranishining amaliy masalalarini echish uchun qo'llashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tashqi dinamik yuklar ta’siri ostidagi uch qatllamli doiraviy silindrik qovushoq- elastik qobiq buralma va bo‘ylama-radial tebranishlari dinamik hisobining, klassik va S.P.Timoshenko tipidagi modellarni o‘z ichiga olgan, yangi matematik modellari ishlab chiqilgan;
uch qatlamli qovushoq-elastik silindrik qobiqning ishlab chiqilgan nostatsionar tebranishlari tenglamalaridan, xususiy hollarda, ikki qatlamli qobiqlar, uch qatlamli va bir jinsli sterjenlar tebranishlari tenglamalari kelib chiqishi isbotlangan;   
doiraviy silindrik uch qatlamli qovushoq-elastik qobiqning nostatsionar buralma va bo‘ylama-radial tebranishlarida qatlamlar ixtiyoriy kesimlari nuqtalaridagi kuchlangan-deformatsiyalangan holatini hisoblash algoritmi yaratilgan;
dinamik yuklar ta’siridagi doiraviy silindrik uch qatlamli qovushoq-elastik qobiqning nostatsionar buralma va bo‘ylama-radial tebranishlari haqidagi amaliy ahamiyatli masalalar shakllantirilgan va mos hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
ichidan o‘zgarmas tezlik bilan qovushoq suyuqlik oqib o‘tuvchi doiraviy silindrik uch qatlamli qobiqning bo‘ylama tebranishlari tadqiq etilgan va o‘rta qatlam qalinligining, materialining hamda qatlamlar joylashishining uch qatlamli qobiq doiraviy chastotasiga ta’sirini baholash metodikasi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uch qatlamli kompozit qobiqlarning nostatsionar tebranishlarini sonli tahlil qilish uchun ishlab chiqilgan matematik modellar, hisoblash usullari va algoritmlar asosida quyidagilar amalga oshirildi:
Qovushoq siqiluvchi suyuqlikni o‘z ichiga olgan kompozit uch qatlamli silindrik qobiq (quvur) nuqtalarida tashqi impulsli yuk tasirida yuzaga keladigan normal kuchlanishning kritik qiymatlarini hisoblash "YaNGIOBOD BUNYoDKOR QURILISh" MChJda loyihalashtirilgan quvurli uzatgichlarning ixtiyoriy kesimidagi nuqtalarida chidamlilik chegarasini aniqlashda amaliyotga joriy qilindi. Olingan natijalar (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2023-yil 18-avgustdagi 08-06/8138-sonli guvohnomasi) xarajatlarni normaga nisbatan  7 – 8 %  ga kamaytirish imkonini bergan;
harakatlanuvchi qisqa muddatli yuklarning ta’siri natijasida uch qatlamli silindrik qobiq nuqtalarida paydo bo‘ladigan radial kuchlanishlarning eng yuqori qiymatlarini aniqlash usuli “QIShLOQQURILIShLOYIHA” MchJ bosh loyiha qidiruv institutida joriy qilinganda ruxsat etilgan yuklarning bir jinsli silindrik qobiqlar uchun ruxsat etilgan yuklardan past ekanligini aniqlashga imkon berdi. Loyihalash jarayonida ushbu omilni hisobga olish (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2023-yil 18-avgustdagi 08-06/8138-sonli guvohnomasi) materiallar sarfini 9 % gacha tejash imkonini bergan;
“QIShLOQQURILIShLOYIHA” MchJ bosh loyiha qidiruv institutida qobiq materialining qatlamli kompozitlik xususiyatini hisobga olgan holda aniq hisob-kitobdan fqo‘llanildi, bu zo‘riqishlar va ko‘cishlarni klassik nazariyaga ko‘ra hisoblash real holatdan yuqori bo‘lgan natijalar berishini aniqlashga imkon berdi. Ushbu faktni hisobga olish (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2023 yil 18 avgustdagi 08-06/8138-sonli guvohnomasi) materiallar sarfi va ishlab chiqarish xarajatlarini 7 – 9 % gacha tejash imkonini bergan;
kompozit uch qatlamli silindrik qobiqning ixtiyoriy kesimi nuqtalarining maksimal radial ko‘chishini topish yo‘li bilan konstruksiyning buzilishi mumkin bo‘lgan nuqtalari va ularning qiymatlarini aniqlash “YaNGIOBOD BUNYoDKOR QURILISh” MChJda amaliyotga joriy qilindi. Bunday nuqtalarni halqali kamarlar yordamida mustahkamlash O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2023-yil 18-avgustdagi 08-06/8138-sonli guvohnomasi) qobiqning yuk ko‘tarish qobiliyatini 7% gacha ko‘paytirish imkonini bergan;
ko‘ndalang kesim bo‘yicha qatlamlilikni hisobga olgan holda, statik va dinamik yuklarning birgalikdagi ta’siri ostidagi silindrik uch qatlamli qobiqning kesimlarida dinamik deformatsiyani hisoblashlar “AZIZ PROEKT PLAN” MChJ da loyihalash ishlarida amaliyotga joriy qilindi. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatdiki, olingan natijalar engilroq va tejamkor materiallardan foydalanishga imkon beradi (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2023-yil 18-avgustdagi 08-06/8138-sonli guvohnomasi) va shunga mos ravishda konstruksiyaning og‘irligini 8% gacha kamaytirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish