Yuldasheva Suraya Zarifovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ihtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayollarda bepushtlikni davolash va xomiladorlik natijalarining samaradorligini oshirishda yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalangan holda embrionlarni tanlashga kompleks yondashuv», 14.00.01-Akusherlik va ginekologiya; 14.00.02-Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Tib508.
Ilmiy maslahatchilar: Rasul-Zade Yulduz Gulyamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shurigina Oksana Viktorovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Paxomova Janna Evgen`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Lokshin Vyacheslav Notanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik; Pavlov Aleksey Vladimirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qozon federal universiteti.
Dissertasiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yordamchi reproduktiv texnologiyalar natijalarini yaxshilash va homiladorlik natijalarini optimallashtirish uchun yangi yondashuvni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YoRT) dasturlarining embriologik bosqichida embrionlarning sifatini baholashning o‘zgartirilgan tizimi ishlab chiqilgan, embrionni bachadon bo‘shlig‘iga keyingi ko‘chirib o‘tkazish va kriokonservatsiyalash uchun mukammal va sifatli embrionlarni seleksiyalash va tanlashda uning afzalligi isbotlangan;
YoRTning embriologik bosqichida embrionni tanlash uchun standart kultivatsiya va vaqt o‘tishi bilan texnologiya/videokuzatuvi natijalarining qiyosiy tahlili o‘tkazilgan va videomonitoring orqali erta prognozlash asosida implantatsiya salohiyati yuqori bo‘lgan embrionni aniqlash imkoni isbotlangan;
ko‘p sonli homiladorlik xavfini kamaytirish maqsadida bitta sifatli embrionni tanlab ko‘chirib o‘tkazishda, embrionlarni morfologik, morfokinetik va molekulyar-genetik ko‘rsatkichlar bo‘yicha kompleks baholashning o‘rni isbotlangan;
YoRT dasturining prekonsepsion bosqichida aneuplodiyaning oldini olish choralari ishlab chiqilgan;
embrionning rivojlanish bosqichi, uning omon qolish darajasi va klinik ko‘rsatkichlari orasida to‘g‘ri korrelyasion aloqa aniqlandi, suyuq azot bilan vositali aloqaga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqasida, embrionlarni muzlatish muolajasining klinik samaradorligi isbotlangan.
olingan natijalar asosida yordamchi reproduktiv texnologiyalar dasturlari samaradorligini oshirish maqsadida embrion seleksiyasi bo‘yicha maxsus tavsiyalar va embrionlarni tanlash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2023 yildagi 6 dekabrdagi 03/135-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2023 yil 27 noyabrdagi 03/2556-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YoRT) dasturlarining embriologik bosqichida embrionlarning sifatini baholashning o‘zgartirilgan tizimi ishlab chiqilgan, embrionni bachadon bo‘shlig‘iga keyingi ko‘chirib o‘tkazish va kriokonservatsiyalash uchun mukammal va sifatli embrionlarni seleksiyalash va tanlashda uning afzalligi isbotlangan va Toshkent «IVFTASH» ekstrakorporal urug‘lantirish (EKU) klinikasi, xamda Rossiya «Mat` i ditya» xususiy klinikalarida 25.08.2023 yildagi 20- sonli va 25.08.2023 yildagi 18-sonli buyruq asosida amaliyotga tatbiq qilingan. Rossiyaning Samara Davlat tibbiyot instituti, gistologiya va embriologiya kafedrasida o‘quv kurslariga tatbiq qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalarni amaliyotga joriy qilish YoRT embriologik bosqichida embrionni tanlashning zamonaviy usullarini har tomonlama tahlil qilish orqali yordamchi reproduktiv texnologiyalarning mavjud dasturlari samaradorligini oshirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: EKU dasturida olingan embrionlarning rivojlanish ko‘rsatkichlarining qiyosiy xususiyatlari va bitta eng yaxshi embrionning o‘tkazilishi shuni ko‘rsatdiki, ul`tratovush yordamida xomilalik tuxum sifatida aniqlangan barcha embrionlar yurak urishi bilan implantatsiyasini tasdiqlandi. Takroriy EKU muolajasiga bo‘lgan ehtiyojni 25% ga kamaytirgan, o‘z navbatida bir ayolga o‘tkaziladigan EKU muolajasi 23000000 so‘mni tashkil etsa, ishlab chiqilgan usul asosida 5750000 so‘mga sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: embrionlarni seleksiyalash va sifatini baholashning tadbiq etilgan tizim asosida embrionni bachadon bo‘shlig‘iga keyingi ko‘chirib o‘tkazish va kriokonservatsiyalashning 1 sikli uchun 5750000 sum mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: embrionni tanlash uchun standart kul`tivatsiya va vaqt o‘tishi bilan videokuzatuvi natijalarining qiyosiy tahlili o‘tkazildi va video monitoring orqali erta prognozlash asosida implantatsiya salohiyati yuqori bo‘lgan embrionni aniqlash imkoni isbotlandi. (Videokuzatuv embrioskopiyani o‘tkazish bir bemor uchun 2000000 so‘mni tashkil qiladi). Videokuzatuvli embrioskopiyani Toshkent «IVFTASH» ekstrakorporal urug‘lantirish (EKU) klinikasi, xamda Rossiya «Mat` i ditya» xususiy klinikalarida 25.08.2023 yildagi 20-sonli va 25.08.2023 yildagi 18-sonli buyruq asosida amaliyotga tatbiq qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: EKU guruhida vaqt o‘tishi bilan videokuzatuv texnologiyasining salbiy ta’siri embrionga yo‘qligi isbotlandi, bu tashqi muhitning embrionni etishtirishga ta’sirini minimallashtirdi. Shuningdek, nazorat guruhiga nisbatan videokuzatuvli guruhda xomiladorlik natijalari, xomiladorlik testi va ul`tratovush (37%) va (34%), (43%) va (36%) o‘rtasidagi minimal farq natijalari etishtirish uchun tanlangan embrionlarning yuqori sifatini ko‘rsatdi. Embrionlarning yuqori sifati, o‘z navbatida homiladorlikni rivojlanmasligi foizining kamayishini ta’minlaydi. Asosiy va nazorat guruhlarida ularning samaradorligi nisbatini tahlil qilish yo‘li bilan hisoblab chiqilganda, videokuzatuv texnologiyasi homiladorlikning xomila tushishini kamaytirdi, bu esa takroriy EKUga bo‘lgan ehtiyojni 3 barobar kamayishiga va o‘tkaziladigan 1 sikl muolaja uchun 10 000000 mln so‘m mablag‘larini tejash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: YoRT dasturi o‘tkazilgan bemorlarda 1 sikl uchun 10 000000 so‘mga sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: tavsiya etilgan texnologiya bir nafar ayol hisobiga 10 000000 so‘m mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: ko‘p sonli homiladorlik asoratlari xavfini (xomilaning muddatiga etmay tug‘ilishi, fetoplatsentar etishmovchiligi, homila gipotrofiyasi, surunkali gipoksiya, homila tana vaznining etishmasligi, tug‘ma nuqsonlarni uchrashi va chaqaloqlarda o‘lim holatini) kamaytirish maqsadida bitta sifatli embrionni tanlab ko‘chirib o‘tkazishda, embrionlarni morfologik, morfokinetik va molekulyar-genetik ko‘rsatkichlar bo‘yicha kompleksi Toshkent «IVFTASH» ekstrakorporal urug‘lantirish (EKU) klinikasi, xamda Rossiya «Mat` i ditya» xususiy klinikalarida 25.08.2023 yildagi 20-sonli va 25.08.2023 yildagi 18-sonli buyruq asosida amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: videokuzatuv yordamida tanlangan embrionlar guruhida ko‘p xomiladorlikni 1,7 barovarga kamayishiga, xomila bo‘lish (XBF), implantatsiya (IF) ko‘rsatkichlari foizlarini ko‘tarilishiga va bitta eng yaxshi embrionni tanlash imkon yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ko‘p sonli homiladorlik xavfini kamaytirish maqsadida bitta sifatli embrionni tanlab ko‘chirib o‘tkazish xomiladorlikda yuz beradigan asoratlarni kamaytiradi va qayta EKU amaliyotini o‘tkazish uchun sarflanadigan 23 000 000 so‘m sarf xarajatlarni tejashga imkon bergan. Xulosa: ayollarda ko‘p sonli homiladorlik xavfini va asoratlarini kamaytirish maqsadida bitta sifatli embrionni tanlab ko‘chirib o‘tkazish va qayta EKU amaliyotini bajarilmaslik hisobiga 23 000 000 so‘m sarf xarajatlar mablag‘larini tejash imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik : bemorlarning kariotiplari maqomi va yoshiga qarab embrionlarni molekulyar-genetik tadqiq qilish zarurati aniqlangan, YoRT dasturining prekonsepsion bosqichida aneuplodiyaning oldini olish choralari ishlab chiqilgan va Toshkent «IVFTASH» ekstrakorporal urug‘lantirish (EKU) klinikasi, xamda Rossiya «Mat` i ditya» xususiy klinikalarida 25.08.2023 yildagi 20- sonli va 25.08.2023 yildagi 18- sonli buyruq asosida amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: har qanday bepushtlik holati bo‘lgan juftlikda sog‘lom bola tug‘ilishi juda ko‘p omillarga bog‘liq, ammo asosiylaridan biri embrionning genotipi bo‘lib, u omon qolish va rivojlanish imkoniyatini belgilaydi. Predimplantatsion genetik tekshiruv kariotipida raqamli yoki strukturaviy anomaliyalari bo‘lgan juftliklarda o‘ta zarurdir, salbiy genetik skrining natijalari mavjud (88,6% xromosoma anomaliyalari tufayli) juftliklarda embrionlarni bachadon ichiga o‘tkazilmaydi. Embrionlarning molekulyar-genetik sifatini aniqlash xomilaning erta tushishi va anomal xromosomalar to‘plamiga ega bolalar tug‘ilishi xavfini oldini oladi. Embrionlarning molekulyar-genetik sifatini aniqlash qobiliyati EKU siklining muvaffaqiyatini belgilaydi va shaxsiy yondashuv asosida qo‘llash imkonini yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: predimplantatsion genetik tekshiruv genetik anomaliyalari mavjud embrionlarni erta tashxislash imkonini berdi va genetik xastaliklari mavjud bolalarning tug‘ilishini oldini olish imkonini yaratdi. Genetik anomaliyalar bilan tug‘ilgan bolalar qonun bilan belgilangan davlatimiz tomonidan tibbiy va ijtimoiy himoyaga olingan va oylik nafaqa shaklida muayyan majburiyatlarni amalga oshiradi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 25.12.2017 yildagi PQ-3440-son) va xromosom anomaliyalari bo‘lgan bolalarning individual xususiyatlariga qarab davlat xarajatlarini oyiga 535000 so‘mdan (minimal to‘lov) 5000000 so‘mgacha davlat byudjetidan ta’minlaydi (bir bolaga 1 yilda 6420000 so‘mdan 60 000 000 so‘mgacha). Predimplantatsion genetik tekshiruv genetik xastaliklari mavjud bolalarning tug‘ilishini oldini oladi va davlat byudjetidan sarf xarajatlar mablag‘larini tejash imkonini beradi. Xulosa: predimplantatsion genetik tekshiruv genetik xastaliklari mavjud bolalarning tug‘ilishini oldini oladi va davlat byudjetidan oyiga 535000 so‘mdan (minimal to‘lov) 5000000 so‘mgacha sarf xarajatlar mablag‘larini tejash imkonini beradi.
beshinchi ilmiy yangilik: kriokonservatsiyalangan embrionlarni eritilgandan keyin rivojlanish bosqichida, uning omon qolish darajasi va klinik ko‘rsatkichlari orasida to‘g‘ri korrelyasion aloqa aniqlangan, suyuq azot bilan vositali aloqaga (yopiq tashuvchi) nisbatan, to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqasida (ochiq tashuvchi) embrionlarni muzlatish muolajasining klinik samaradorligi isbotlangan, kriokonservatsiyalangan embrionlarni ko‘chirib o‘tkazish paytida homiladorlikning foizi kriokonservatsiyalangan paytidagi embrion rivojlanish bosqichiga bog‘liqligi aniqlangan. Ochiq tashuvchili embrionlarni muzlatish usuli Toshkent «IVFTASH» ekstrakorporal urug‘lantirish (EKU) klinikasi, xamda Rossiya «Mat` i ditya» xususiy klinikalarida 25.08.2023 yildagi 20-sonli va 25.08.2023 yildagi 18-sonli buyruq asosida amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: vitrifikatsiya muolajasi tuxumdonlar giperstimulyasiyasi rivojlanishining oldini olish uchun, bachadonning “ingichka” endometriy sindromi va predimplantatsion genetik tekshiruv o‘tkazish maqsadida amalga oshiriladi. EKU davrida bir yoki undan ortik embrionlar xosil bo‘lish ehtimoli mavjud, ularni zahira va vaqt o‘tishi bilan keyingi muolajalar maqsadida foydalanish sifatida kriokonservatsiya usuli bilan saqlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: vitrifikatsiya va embrionlarni saqlash muolajasi 1 yilga 2000000 so‘m xarajtni tashkil qiladi. Embrion implantatsiyasi muvofaqiyatli bo‘lmasa yoki xomila tushib qolsa, yoki genetik tekshiruvda embrion aneuplodiyasi bulsa qayta EKU muolajasi qilinmaydi va muzlatilgan embrionlardan foydalaniladi. Qayta EKU amaliyotini o‘tkazish uchun sarflanadigan xarajat 23000000 so‘mni tashkil qiladi zahiradagi qayta embrion transferi 5000000 so‘mga to‘g‘ri keladi va embrion 17000000 so‘m sarf xarajatlar mablag‘larini tejash imkonini berdi. Xulosa:. vitrifikatsiya muolajasi zahiradagi qayta embrion transferini amalga oshirishda 1 muolajaga 17000000 so‘m sarf xarajatlar mablag‘larini tejash imkonini bergan.
oltinchi ilmiy yangilik: yordamchi reproduktiv texnologiyalar dasturlari samaradorligini oshirish maqsadida embrion seleksiyasi bo‘yicha maxsus tavsiyalar ishlab chiqildi va natijalarni yaxshilash maqsadida YoRT dasturlarida ko‘chirib o‘tkazish paytida embrionlarni tanlash algoritmi ishlab chiqilgan va Toshkent «IVFTASH» ekstrakorporal urug‘lantirish (EKU) klinikasi, xamda Rossiya «Mat` i ditya» xususiy klinikalarida 25.08.2023 yildagi 20-sonli va 25.08.2023 yildagi 18-sonli buyruq asosida amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: har qanday bepushtlik holati bo‘lgan juftlikda sog‘lom bola tug‘ilishi juda ko‘p omillarga bog‘liq, ammo asosiylaridan biri embrionning genotipi bo‘lib, u omon qolish va rivojlanish imkoniyatini belgilaydi. YoRT dasturlarida ko‘chirib o‘tkazish paytida embrionlarni tanlash algoritmi shaxsiy yondashuv va EKU siklining muvaffaqiyatli o‘tkazilishi imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: YoRT dasturlarida ko‘chirib o‘tkazish paytida embrionlarni tanlash algoritmi EKU muolajasini muvaffaqiyatli o‘tkazilishi, YoRT dasturining samaradorligini oshirish va taym-laps mikroskopiya yordamida embrion etishtirishni monitoringini o‘tkazish natijasida asoratlar rivojlanish xavfini kamaytiradi va muolaja samaradorligini oshirish imkoni xisobiga
qayta EKU amaliyotini o‘tkazish uchun sarflanadigan 23 000 000 so‘m sarf xarajatlarni tejashga imkon bergan. Xulosa: ayollarda ko‘p sonli homiladorlik xavfini va asoratlarini kamaytirish maqsadida bitta sifatli embrionni tanlab ko‘chirib o‘tkazish va qayta EKU amaliyotini bajarilmaslik hisobiga 23 000 000 so‘m sarf xarajatlar mablag‘larini tejash imkonini bergan.