Umarov Aloviddin Ochilovichning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qovushoq-elastik muhitdagi elliptik silindrga garmonik to‘lqinlar ta’sirining xususiyatlari” (Features of the action of harmonic waves on an elliptical cylinder in a viscoelastic medium), 01.02.04-Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi ixtisosligi bo‘yicha  (fizika-matematika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/FM 755
Ilmiy rahbar: Safarov Ismoil Ibrohimovich  fizika-matematika fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/27.02.2021.FM.101.02 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Mardonov Botir Mardonovich fizika-matematika fanlari doktori,  rofessor; Mirzaev Ibroxim fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qovushoq-elastik muhitda joylashgan, ko‘ndalang kesimi  ellipsdan iborat  bo‘lgan, silindrik quvurlarga garmonik to‘lqinlar   ta’sirida hosil bo‘lgan  kuchlanish-deformasiya  holatini  o‘rganish metodikasi va algoritmini ishlab chiqish, sonli natijalar olish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qovushoq-elastik muhitda joylashgan ko‘ndalang kesimi ellips bo‘lgan silindrik jismlarga bo‘ylama va ko‘ndalang  to‘lqinlarning ta’siri masalalarini materiallarni qovushoqlik xususiyatlarini hisobga olgan holda qovushqoq-elastiklik nazariyasining lame tenglamalari asosida  matematik qo‘yilishi, maxsus funksiyalarga asoslangan yechish uslubiyoti va Gauss, Myuller  hamda Laplas usullariga asoslanib  algoritmi ishlab chiqilgan;
qovushoq-elastik muhitda joylashgan, ko‘ndalang kesimi  ellips bo‘lgan, silindrik jismlarning xos tebranishlari masalasini to‘lqinning so‘nish nazariyasiga asoslanib, materialning qovushoqlik xususiyatlarini hisobga olgan holda matematik qo‘yilishi, yechish metodikasi va algoritmlari ishlab chiqilgan;
muhit va elliptik silindrga  dinamik yuklanish ta’sirida muhitda va elliptik silindrda hosil bo‘ladigan kuchlanishlarni ellipsning katta o‘qini uzaytirish hisobiga doiraviy ko‘ndalang kesimli silindrning kuchlanishlariga nisbatan 15% gacha kamaytirish imkonini berishi aniqlangan;
muhit qovushqolik yadrosini amplituda qiymatining chiziqli oshishiga, kamayishi esa energiya dissipatsiyasi koeffisientining kamayishiga olib kelishi Myuller va Gaus usullari asosida topilgan;
qovushoq-elastik muhitdagi elliptik ko‘ndalang kesimli silindrik jismning kompleks chastotasining qiymati, elastik muhitdagi chastotaning qiymatidan 10% gacha kam bo‘lishi Myuller va Gaus usullari asosida topilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Tadqiqotdagi dinamik kuchlar ta’sirida elastik va qovushoq-elastik muhitda joylashgan deformatsiyalanuvchan elliptik  jismning dinamik kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini hisoblash usullari, tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
elliptik koordinatalar sistemasida olingan integro-differensial tenglamalardan kompleks koeffisientli differensial tenglama olish metodikasidan va davriy tashqi kuchlar ta’sirida olingan analitik echimlarni klassik yadrolar uchun olingan echimlar bilan solishtirma baho berish uchun Urganch davlat universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F4-04(05) “Spektral usulni matrisaviy nochiziqli evolyusion tenglamalarni echishda tadbiqlari, yurak-qon tomir tizimining biomexanikasi” mavzusidagi fundamental tadqiqotlari ilmiy loyihasida foydalanilgan. (2023-yil, 6-apreldagi 01-01/14-11/653-sonli ma’lumotnoma). Natijada elastik hamda qovushoq-elastik muhitda tebranishlarning amplitudalariga solishtirma baholash imkonini bergan;
xos son va tebranish formalarni topish metodikasidan Toshkent kimyo-texnologiya instituti davlat ilmiy texnika dasturi doirasida 2016-2020-yillarda bajarilgan OT-F4-01 “Qovushqoq suyuqlik oquvchi ko‘p qatlamli kompozit quvurlar egri chiziqli bo‘laklarining harorat va dinamik yuklanishlar ta’sirida chiziqli bo‘lmagan dinamik kuchlanish-deformatsiya holatini o‘rganish usullarini ishlab chiqish va nazariyasini  rivojlantirish” mavzusidagi fundamental loyihada (2023-yil, 17-oktyabrdagi 1/01-2930-sonli ma’lumotnoma) foydalanilgan. Natijada ko‘ndalang kesimi doiraviy bo‘lmagan quvurlarning  maksimal kuchlanishlarni 15% gacha kamaytirish imkoniyati bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish