Yuldashev Sherzod Ismoiljonovichning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Davlat yong‘in nazorati organlari faoliyati samaradorligini oshirishda ilg‘or raqamlashtirilgan texnologiyalarni qo‘llash algoritmlari”, 05.10.02 – Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi va 05.01.03 – Informatikaning nazariy asoslari ixtisosliklari tutashligida dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T995.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Baxrom Toshmuratovich, texnika fanlari doktori professor, Nurmuxamedov Tolaniddin Ramziddinovich texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi va Toshkent Davlat transport universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi DSc.40/29.12.2022.T.129.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
A.J.Seytov – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Hisoblash matematikasi va axborot tizimlari” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori;
N.Ya.Maxkamov – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi kafedra professori, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalar universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan ob’ektlarda xavf-xatarni identifikatsiya qiluvchi raqamlashtirilgan texnologiyalar uchun  tanib olish algoritmi va dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yong‘in xavfining belgilangan chegaraviy ko‘rsatkich qiymatlari yordamida nazorat qiluvchi, belgilangan hududda yong‘in-portlash xavfi yuzaga kelayotganligini mas’ul xodimlarga uzlyuksiz xabar berib boruvchi va zarur bo‘lganda dastlabki xavfsizlik choralarni ko‘rish bo‘yicha raqamli axborotlarni taqdim qilishning  konstruktiv modeli va optimal variantlari aniqlangan;
yong‘in-portlash xavfini oldini olishga ko‘maklashuvchi raqamlashtirilgan tizim tarkibidagi modul vaqt katta hajmdagi ma’lumotlarni intellektual tahlil qiluvchi algoritmlar samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi tayanch ob’ektlarning yong‘in-portlash xavfi yuzaga kelishi bo‘yicha tezkor axborotlarni uzatuvchi raqamli texnologiyaning konstruktiv modeli ishlab chiqilgan;
davlat yong‘in nazorati organlari faoliyatini raqamlashtirish bilan bog‘liq muammolar kompleks tahlil qilingan va muammoning echimi sifatida zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlarni qo‘llash orqali axborot modellarini shakllantirishda vujudga kelayotgan anomal qiymatlarga dastlabki ishlov berish usullari takomillashtirilgan.
Yong‘in-portlash xavfi yuqori bo‘lgan vaziyatdan kelib chiqilgan holda vujudga kelgan axborot modelini baholovchi va samarali foydalanishni ta’minlovchi moslashuvchan funksional modul ishlab chiqilishi evaziga, taklif qilinayotgan moslashuvchan funksional modul va tanib olish algoritmi soha mutaxassislarini xizmat faoliyatini 10-12 % gacha yaxshi mumkinligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat yong‘in nazorati organlari faoliyati samaradorligini oshirishda ilg‘or raqamlashtirilgan texnologiyalarni qo‘llash algoritmlari mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Ishlab chiqilgan “Yong‘in to‘g‘risidagi ma’lumotlarni regressiya to‘g‘ri chiziq tenglamasi yordamida bashoratlash”  dasturiy majmua Toshkent shahar FVBning Chilonzor tumani yong‘in-qutqaruv bo‘limiga joriy etilgan (Toshkent shahar FVBning Chilonzor tumani yong‘in-qutqaruv bo‘limi boshlig‘i tomonidan 2023 yil 5 yanvarda tasdiqlangan dalolatnomasi). Natijada soha mutaxassislarining ish unumdorligi oshirishga nisbatan 10-12% ga oshgan va maskan holatini baholash uchun sarflanadigan vaqtni 12-15% ga tejash imkonini bergan.
“Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha is gazidan zaharlanish holatlari ma’lumotlar  bazasi” deb nomlanuvchi ma’lumotlar bazasi O‘zbekiston Respublikasi FVV Davlat yong‘in nazoratini tashkil etish bosh boshqarmasida (O‘zbekiston Respublikasi FVV Davlat yong‘in nazoratini tashkil etish bosh boshqarmasi 2023 yil 23 yanvar 4/17-201 ma’lumotnamasi) joriy qilinishi maskan holati bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash uchun sarflanadigan vaqtni 12-15% ga tejash bilan xodimlar ish sifatini yaxshilashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish