Abduturapova Dildora Farxodjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiyotni istiqbolli rivojlantirishda sug‘urta munosabatlarini takomillashtirish», «08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3241.
Ilmiy rahbar: Karlibaeva Raya Xojabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Tuxliev Bozor Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Azimov Rustam Sodiqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni istiqbolli rivojlantirishda sug‘urta munosabatlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘urta kompaniyalari umumiy moliyaviy barqarorlik holatini ta’minlashning imkoniyat va yo‘nalishlarni ochib beruvchi mulkiy, moliyaviy, rentabellik va aktivlardan foydalanish yuzasidan xususiy ko‘rsatkichlarning “almashinib turuvchi ustuvorligi” tamoyiliga asoslangan uslubni qo‘llash orqali sug‘urta munosabatlarini takomillashtirish asoslangan;
sug‘urta munosabatlarida risklarni baholash uchun ehtimollik va ta’sir matrisasi asosida sug‘urta kompaniyalari tomonidan maqbul hisoblangan risk darajasini ifodalovchi riskni qabul qilish mezonlarini ishlab chiqishda riskni optimal boshqarishning 0 ≤ 0,25 chegarasida “riskni qabul qilish”, 0,26 ≤ 0,5 chegarasida “riskni o‘tkazish”, 0,51 ≤ 0,75 chegarasida “riskni yumshatish”, 0,75 ≤ 1,0 chegarasida “riskdan qochish” strategiyalarini qo‘llashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
"Alskom sug‘urta kompaniyasi" AJ sug‘urta kompaniyalarining raqobatbardoshlik strategiyasini ishlab chiqish algoritmi sug‘urta bozorida raqobat muhitini ta’minlashdagi axborot, tahlil va boshqaruv jarayonlarini o‘zini o‘zi tartiblovchi mustaqil maydonlar ko‘rinishida shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda sug‘urta munosabatlari rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar korrelyasiyasini ifodalovchi ekonometrik model asosida tarmoq sof foydasi hajmi dinamikasining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotni istiqbolli rivojlantirishda sug‘urta munosabatlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
sug‘urta kompaniyalari umumiy moliyaviy barqarorlik holatini ta’minlashning imkoniyat va yoʼnalishlarni ochib beruvchi mulkiy, moliyaviy, rentabellik va aktivlardan foydalanish yuzasidan xususiy ko‘rsatkichlarning “almashinib turuvchi ustuvorligi” tamoyiliga asoslangan uslubni qo‘llash orqali sug‘urta munosabatlarini takomillashtirish taklifi «Alskom sug‘urta kompaniyasi» AJning xizmat ko‘rsatish faoliyatiga joriy («Alskom sug‘urta kompaniyasi» AJning 2023-yil 23-martdagi 03-438-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonaning umumiy barqarorlik xolati ko‘rsatkichi 2023-yilda 0,24 punktga oshirish maqsadga muvofiqligi belgilangan;
sug‘urta munosabatlarida risklarni baholash uchun ehtimollik va ta’sir matrisasi asosida sug‘urta kompaniyalari tomonidan maqbul hisoblangan risk darajasini ifodalovchi riskni qabul qilish mezonlarini ishlab chiqishda riskni optimal boshqarishning 0 ≤ 0,25 chegarasida “riskni qabul qilish”, 0,26 ≤ 0,5 chegarasida “riskni o‘tkazish”, 0,51 ≤ 0,75 chegarasida “riskni yumshatish”, 0,75 ≤ 1,0 chegarasida “riskdan qochish” strategiyalarini qo‘llash taklifi «Alskom sug‘urta kompaniyasi» AJning xizmat ko‘rsatish faoliyatiga joriy qilingan («Alskom sug‘urta kompaniyasi» AJning 2023-yil 23-martdagi 03-438-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonada risklarni boshqarish tizimining tartibga tushishida muayyan darajada xizmat qilgan;
«Alskom sug‘urta kompaniyasi» AJning raqobatbardoshlik strategiyasini ishlab chiqish algoritmini sug‘urta bozorida raqobat muhitini ta’minlashdagi axborot, tahlil va boshqaruv jarayonlarini o‘zini o‘zi tartiblovchi mustaqil maydonlar ko‘rinishida shakllantirish asosida takomillashtirish taklifi «Alskom sug‘urta kompaniyasi» AJning iqtisodiy tahlil bo‘limida foydalanilgan («Alskom sug‘urta kompaniyasi» AJning 2023-yil 23-martdagi 03-438-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonaning raqobatbardoshligini ta’minlashda 0,5 ballik tizimga erishish maqsadga muvofiqligi asoslangan va 2022-yilda mahsulot sotishdan tushgan sof tushum hajmi 85,3 mlrd. so‘mga ortgan;
Oʼzbekistonda sug‘urta munosabatlari rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar korrelyasiyasini ifodalovchi ekonometrik model asosida tarmoq sof foydasi hajmi dinamikasining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan «Alskom sug‘urta kompaniyasi» AJning iqtisodiy tahlil bo‘limida foydalanilgan («Alskom sug‘urta kompaniyasi» AJning 2023-yil 23-martdagi 03-438-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonaning xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan sof foyda hajmi 2030-yilga kelib 2022-yilga nisbatan 1,75 barobarga oshirish mumkinligi asoslangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish