Xujamatov Xalimjon Ergashevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “IoT asosida telekommunikatsiya qurilmalari gibrid energiya ta’minoti manbalarini avtomatlashtirilgan monitoring model va algoritmlari”, 05.04.01 – Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/T653
Ilmiy maslahatchi: Siddikov Ilxomjon Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muhammad
al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02:
Rasmiy opponentlar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xamdamov Utkir Raxmatillaevich, texnika fanlari doktori, professor; Parsiev Saydiaxad Salixodjaevich, texnika fanlari doktori, professor; Yusupbekov Azizbek Nodirbekovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: IoT va sun’iy intellekt asosida telekommunikatsiya qurilmalarining gibrid energiya ta’minoti manbalarini avtomatlashtirilgan monitoring tizimi va bashoratlash model hamda algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba telekommunikatsiya qurilmalari gibrid energiya ta’minoti manbalarini avtomatlashtirilgan monitoringi uchun bir, ikki va uch fazali toklarni magnit oqimlarining o‘zaro ta’sirini hisobga olish asosida ikkilamchi kuchlanish ko‘rinishdagi signalga o‘zgartiruvchi qurilmaning modeli yaratilgan;
avtomatlashtirilgan monitoring tizimi simsiz sensor tarmog‘ini rad etmasdan ishlash ehtimolligini Mesh topologiyasi asosida oshirish imkonini taqdim etuvchi model va algoritm yaratilgan;
telekommunikatsiya qurilmalari gibrid energiya ta’minoti manbalarini IoT asosida avtomatlashtirilgan monitoring jarayonini amalga oshiruvchi usul va arxitektura ishlab chiqilgan;
IoT asosida avtomatlashtirilgan monitoring jarayonida gibrid energiya ta’minoti manbasi sensorlaridan olingan axborotlarni uzlyuksiz uzatish va ma’lumotlar markazi serveriga saqlashni ta’minlovchi algoritmlar yaratilgan;
telekommunikatsiya qurilmalari gibrid energiya ta’minoti manbalarini IoT asosida avtomatlashtirilgan monitoring tizimini real vaqt mobaynida ishlash jarayonini optimallashtiruvchi imitatsion model yaratilgan;
sun’iy intellekt asosida gibrid energiya ta’minoti manbalarining ishlab chiqaruvchi va telekommunikatsiya qurilmalarining iste’mol qiluvchi energiyasini bashoratlash aniqligini oshiruvchi model yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
IoT asosida telekommunikatsiya qurilmalari gibrid energiya ta’minoti manbalarini avtomatlashtirilgan monitoring model va algoritmlari bo‘yicha olingan natijalari asosida:
“Tokni kuchlanishga o‘zgartirgich” qurilma uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan ixtiroga patent olingan (№IAP 06646 - 2021). Natijada IoT asosida avtomatlashtirilgan monitoringi bir, ikki va uch fazali toklari hosil qilgan magnit oqimlarining o‘zaro tasirini hisobga olish orqali sensorning sezgirligini 6 marotagacha orttirish imkonini bergan;
IoT asosida avtomatlashtirilgan monitoring tizimi simsiz sensor tarmog‘ini ishga tushirish, oxirgi qurilmalarini qo‘shish va modullar orasida ma’lumotlarni uzatish algoritmlari hamda avtomatlashtirilgan monitoring tizimini real vaqt davomida ishlash jarayonini imitatsion modeli Raqamli texnologiyalar vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi DUKga joriy etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil
23-martdagi 33-8/1897-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida sensorlar, mikrokontroller bloki va IoT asosida telekommunikatsiya qurilmalari gibrid energiya ta’minotini manbalarini avtomatlashtirilgan monitoring tizimini qo‘llash orqali energiya ta’minoti manbalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ekspluatatsiya vaqtini 7-8 %ga qisqartirish imkonini bergan;
IoT asosida telekommunikatsiya qurilmalari gibrid energiya ta’minotini manbalarini avtomatlashtirilgan monitoring tuzilmasi, ma’lumotlar bazasi va ularni taqdim etish formati hamda avtomatlashtirilgan monitoring tizimining Mesh topologiyali simsiz sensor tarmog‘i Raqamli texnologiyalar vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan “O‘zbektelekom” AK Toshkent filialining Yangibozor hamda Sirdaryo filialining Guliston tuman telekommunikatsiyalar bog‘lamalariga joriy etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 23-martdagi 33-8/1897-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida ixtiroga olingan patent, yaratilgan qurilma va ishlab chiqilgan modellar, algoritmlar va dasturiy ta’minotlarni amaliyotga qo‘llash orqali telekommunikatsiya qurilmalari ishlash ishonchliligi oshirilgan hamda energiya va resurslarni tejashdagi iqtisodiy samara yiliga 2-3 %ni tashkil etdi;
sun’iy intellekt asosida gibrid energiya ta’minoti manbalarini ishlab chiqaradigan energiyasi va telekommunikatsiya qurilmalari iste’mol quvvatini bashorat qilish modeli hamda monitoring tizimi simsiz sensor tarmog‘ini ishga tushirish, oxirgi qurilmalarini qo‘shish va modullar orasida ma’lumotlarni uzatish algoritmlari Raqamli texnologiyalar vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan “O‘zbektelekom” AK Toshkent filialining Yangibozor, Sirdaryo filialining Guliston tuman telekommunikatsiyalar bog‘lamalariga joriy etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 23-martdagi 33-8/1897-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida IoT asosida elektr energiya iste’molini monitoring va bashorat qilish orqali tizimlarining yuqori aniqligi, qurilmalarni uzlyuksiz ishlashi ta’minlanganligi sababli samaradorlikni 4-5 %ga oshirish ta’minlandi;
gibrid energiya ta’minoti manbalarini IoT asosida avtomatlashtirilgan monitoring tizimini real vaqt davomida ishlash jarayonini imitatsion modeli va sun’iy intellekt asosida bashorat qilish modeli Raqamli texnologiyalar vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan “UMS” MChJga joriy etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 23-martdagi 33-8/1897-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida mobil aloqa baza stansiyalari iste’mol quvvatini 97 % gacha aniqlikda bashorat qilish va mobil aloqa baza stansiyalari gibrid energiya ta’minoti manbalarida nosozliklarini o‘z vaqtida aniqlash hamda tezkor xizmat ko‘rsatish orqali stansiyaning ishlash samaradorligini 3-4 % ga oshirish imkonini bergan.