Arifdjanov Akmal Zakirdjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Optik kirish tarmoqlarini yaratish modellari va usullari” 05.04.01 – Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T916.
Ilmiy rahbar: Muxiddinov Muhsinjon Muminovich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Utkir Raxmatillaevich, texnika fanlari doktori, professor; Aliev Ravchan Maratovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: optik kirish tarmoqlarini qurishning texnologik modellari va usullari asosida telekommunikatsiya tarmoqlari uchun optik tolali aloqa vositalarini loyihalashning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish va asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, hudud topologiyasi, tarmoqqa ulanuvchi optik aloqa foydalanuvchilari soni va boshqalarni inobatga olgan holda, infratuzilma obektlarini rejalashtirish va loyihalash jarayonining o‘zidayoq optik byudjetni optimallash imkonini beruvchi keng polosali kirish tarmoqlarini qurishning texnologik modellari tuzilmasi ishlab chiqilgan va taklif qilingan;
ilk bor, infratuzilma obektlari, ma’lumotlarni uzatish hajmi va tezligiga qo‘yiladigan talablarni, shuningdek xizmat ko‘rsatish sifatini va har bir obekt uchun tarmoq ishonchliligi kafolatlarini aniqlash imkonini beruvchi, tarmoqqa beradigan yuklama qiymatini hisobga olgan holda tasniflangan;
ilk bor, hududning kartografik xaritalaridan foydalanish hamda tarmoqqa maksimal ulanishi mumkin bo‘lgan optik aloqa foydalanuvchilari soni va maqbul yo‘nalishini tanlash bo‘yicha Deykstra algoritmini dasturiy ravishda amalga oshirish orqali, foydalanuvchilardan telekommunikatsiya obektlarigacha bo‘lgan yo‘nalishni avtomatik tanlash bo‘yicha matematik model ishlab chiqilgan;
ilk bor, yaratilgan bulutli texnologiyalar bazasi asosida, zarur ma’lumotlarni tanlash, qayta ishlash va saralash hamda kirish tarmoqlarini optimal loyihalash uchun hududning muhandislik infratuzilmasi bo‘yicha katta hajmdagi fazoviy ma’lumotlarni to‘plash imkonini beruvchi, telekommunikatsiya tarmoqlari uchun optik tolali aloqa vositalarini rejalashtirish va loyihalashning yagona avtomatlashtirilgan tizimi ishlab chiqilgan va “O‘zbektelekom” AK mintaqaviy filiallarida joriy etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Optik kirish tarmoqlarini yaratish modellari va usullarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
- ishlab chiqilgan “Ochiq raqamli xaritalar asosida geografik joylashuvga asoslangan optik keng polosali tarmoqni optimal rejalashtirishni hisoblash bo‘yicha avtomatlashtirilgan platforma” (№DGU12192, 24.07.2021 y.) dastur “O‘zbektelekom” AKda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023 yil 12 apreldagi №33-8-2474-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, aholi punktlarining ma’muriy tegishliligidan qat’iy nazar, eng yaqin telekommunikatsiya tugunlariga ulanishi hisobiga kabel mahsulotlarini 20% gacha tejash, shuningdek uskunalar, materiallar va qurilish-montaj ishlariga sarflanadigan xarajatni 20% ga kamaytirish imkoniyati mavjudligi ko‘rsatilgan.
Shuningdek, taklif etilayotgan 1-texnologik modelni qo‘llash hisobiga, 20 km gacha bo‘lgan masofaga ma’lumotlarni uzatish tezligini, 2 va 3 texnologik modellarda erishilishi mumkin bo‘lgan MSAN dan foydalanuvchigacha bo‘lgan masofa 1000 m dan oshmasligi shartida 60 Mbit/s o‘rniga 1 Gbit/s va undan yuqori qiymatgacha oshirish imkoni mavjudligi ko‘rsatilgan. xPON ssenariysi asosida tanlangan 1-texnologik modelni qo‘llash orqali erishiladigan iqtisodiy samara 2- va 3-texnologik modellarga nisbatan taqqoslaganda, bir yil davomida 100 ming abonent hisobiga 855,4 mln. ni tashkil qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish