Akbarov Farrux Anvar o‘g‘lining
falsafi doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “AIBIIICVI yarimo‘tkazgichli polikristall binar birikmalar asosidagi strukturalarda fotoelektrik jarayonlar” 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/FM474
Ilmiy rahbar: Kabulov Rustam Rashidovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti, Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/27.02.2020.FM/T.110.01 raqamli Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Yusupov Ahmed, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Qo‘chqarov Qudrat Mamarasulovich fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi CIGS asosidagi yupqa qatlamli quyosh elementlaridagi fotoelektrik jarayonlarni aniqlashda, yorug‘lik quvvati va harorat kabi tashqi omillarning ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikki tigel yordamida metallar va selenni vakuumda termal bug‘latib sintezlangan CIGS qatlamlari polikristal tuzilishga ega ekanligi hamda ularda, mikrokristallar o‘lchami 3–10 mkmni tashkil qilib, CIGS qatlamlarining tarkibi yuza bo‘ylab nostexiometrik sochilishga ega ekanligi aniqlangan;
CIGS quyosh elementlarining qorong‘ilikdagi VAXining to‘g‘ri yoʻnalishida kuzatiluvchi elektronlarning akkumulyasiya rejimi CdS/CIGS getereoo‘tish chegarasining o‘tkazuvchanlik zonasida ΔEs≈0,32 eVga teng energetik uzilish mavjudligi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
quyosh nurining quvvati ortishi bilan CIGS quyosh elementlarining FIKining kamayishi shunt qarshiligining pasayishi va ushbu shunt kanallar orqali zaryad tashuvchilar oqimining ortishi bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan;
CIGS quyosh elementlarda fotogeneratsiyalangan nomuvozanatdagi zaryad tashuvchilarning yashash vaqti elektromagnit nurlanishning to‘lqin uzunligiga, yorug‘lik quvvatiga va tashqi yuklama qarshiligining kattaligiga bog‘liqligi aniqlangan hamda ushbu bog‘liqlik amfoter nuqsonlarning konsentratsiyasining o‘zgarishi va qayta zaryadlanishi bilan tushuntirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. CIGS quyosh elementlarining qorong‘ilikdagi voltamper xarakteristikalarini va ular asosidagi fotoelektrik modulning chiqish parametrlarining harorat koeffisientlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
CIGS asosidagi fotoelektrik modullarda Rsh ning turli qiymatlarida aniqlangan FIKning harorat koeffitsientlari va ularning real sharoitda fotoelektrik stansiyalarni ekspluatatsiya qilish jarayoniga ta’siri bo‘yicha olingan natijalardan «Solar Nature» MChJda foydalanilgan («O‘zbekistan savdo-sanoat palatasi» Tashkent shahar hududiy boshqarmasining 2021 yil 2 avgustdagi №18597/13-01-son ma’lumotnomasi). Natijalarni qo‘llash fotoelektrik stansiyalarni ishlab chiqarishda, individual fotoelektrik modullarning FIKning harorat koeffisientlarini muvofiqlashtirish va fotoelektrik stansiyalarni ekspluatatsiya qilish jarayonida energiya yoʻqotishlarni kamaytirish imkonini bergan;
diodlar, transiztorlar, quyosh elementlari va boshqa yarimo‘tkazgich qurilmalarning qorong‘ilikdagi voltamper xarakteristikasini qurish, p-n-o‘tishning to‘g‘rilash koeffisientini baholash uchun yaratilgan EHM dasturidan (№DGU08680) «FOTON» AJda foydalanilgan («Uzeltexsanoat» uyushmasining 2022 yil 7 martdagi 04-3/411-son ma’lumotnomasi). Natijalarni qo‘llash p-n-o‘tishning sifatini qisqa vaqtda baholash imkonini bergan.