Yusupova Xafiza Furkat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):: “Essensial gipertenziyali kognitiv buzilishi bor bemorlarda nitrendipin asosidagi kombinatsiyalashgan antigipertenziv davolashning klinik samaradorligi”, 14.00.06-Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2421.
Ilmiy raxbar: Abdullaeva Guzal` Jaloliddinovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01
Rasmiy opponentlar: Tulaboeva Gavxar Mirakbarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Magzumova Shaxnoza Shaxzadeevna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: essensial gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarda kognitiv buzilishlarni prediktorlarini aniqlash, diagnostika va antigipertenziv terapiyaga yondashuvni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qonda siydik kislotasi miqdori oshishi essensial gipertoniya (EG) bilan og‘rigan bemorlarda tomirlarning endoteliysi shikastlanishi sababli kognitiv buzilishlarning rivojlanishiga hissa qo‘shishi aniqlangan;
arterial qattiqlikni oshishi va kunlik qon bosim profilining bo‘zilishi kognitiv buzilishining og‘irligi bilan bog‘liq bo‘lib, buni bir nechta psixologik testlar bilan isbotlangan;
EG bilan og‘rigan bemorlarda nitredipin va amlodipin kombinatsiyalangan antigipertenziv davolash guruhlarida kunlik qon bosimi profilining ijobiy dinamikasi bilan birga kardio, vazoproteksiyasi, chap qorincha miokard massasi indeksining pasayishi hamda mikroalbuminuriya darajasiga ijobiy samara kuzatilganligi bilan bir vaqtda faqatgina nitrendipin asosida kombinatsiyalangan antigipertenziv davolash fonida arteriyalarning elastik xususiyatlari yaxshilanganligi aniqlangan;
psixologik test natijalari dinamikasining qiyosiy tahlili nitrendipinni asosida bulgan antigipertenziv terapiya fonida, ayniqsa kognitiv nuqsoni bo‘lgan bemorlarning kichik guruhida preparatning qon-bosimga bog‘liq emas mexanizmi tufayli afzalliklarni aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 dekabrdagi 8n-z/674-sonli boshqa muassasalarda ilmiy innovatsiyalarni joriy etish to‘g‘risidagi xulosasi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga 2022 yil 28 noyabrdagi 181-sonli xati) asosida:
birinchi ilmiy yangilik: EG bilan og‘rigan bemorlarda qonda siydik kislotasi darajasining oshishi kognitiv buzilishlarning rivojlanishiga hissa qo‘shishi aniqlandi, bu siydik kislotasi yuqori bemorlar guruhida, siydik kislotasi qiymatlari normal guruhga nisbatan kognitiv nuqsoni bo‘lgan bemorlarning sezilarli darajada ko‘pligi (deyarli 1,8 baravar) bilan ifodalanadi. Ilmiy yangilik ahamiyati: EG bilan og‘rigan bemorlarda qonda siydik kislotasi darajasini aniqlash va neyropsixologik tekshiruvdan utkazish, nafaqat qon bosimini nazorat qilish, balki kognitiv funksiyalarni yaxshilash uchun antigipertenziv dorilarning differensial to‘g‘ri kombinatsiyasini tanlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikni amaliyotga tadbiq qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Namangan viloyati filiali bo‘yicha 02.11.2023 yildagi №191 va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati mintaqaviy filiali 09.11.2023 yildagi №70 joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: EG bilan og‘rigan bemorlarda kognitiv buzilishlarni hisobga olgan holda antigipertenziv dorilarni buyurishda differensial yondashuv, bemorlarning hayot sifatini yaxshilanishi, davolanishga rioya qilishni kuchaytirish bilan asoslanadi. Ilmiy yangilikni iqtisodiy samaradorligi quyidgicha ifodalanadi: qondagi siydik kislotasi darajasini aniqlash, shuningdek, EG bilan og‘rigan bemorlarni neyropsixologik tekshiruvdan o‘tkazish zarurati va ahamiyati bilan asoslanadi. Tadqiqot natijalarini amalga oshirish EG bilan og‘rigan bemorlarda asoratlarni rivojlanishini sekinlashtirish va yo‘q qilishga imkon beradi, xususan, kognitiv buzilishlar, bu oxir-oqibat davolanish samaradorligini oshiradi, qayta kasalxonaga yotqizishni kamaytirdi, nogironlik foizini kamaytirdi. Shubhasiz sog‘liqni saqlash tizimi tomonidan iqtisodiy xarajatlar miqdorini sezilarli darajada kamaytirdi. Tadqiqot natijalarini amalga oshirish EG bilan og‘rigan bemorlarda asoratlarni rivojlanishini sekinlashtirish va yo‘q qilishga imkon beradi, xususan, bosh miya qon aylanishi o‘tkir buzilishi, miokard infarkti va kognitiv buzilish, bu oxir-oqibat davolash samaradorligini oshiradi, kasalxonada qolish muddatini 5 kunga qisqartiradi, bu esa Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolanayotgan har bir bemordan 1.660.000 so‘mdan tejash imkonini beradi. Xulosa: EG bilan og‘rigan bemorlarning qonida siydik kislotasi darajasini aniqlash va neyropsikologik tekshiruv o‘tkazish har bir bemorga 1.660.000 so‘mni tejash imkonini beradi, antigipertenziv dorilarni to‘g‘ri individual buyurish, bu bemorlarning hayot sifatini yaxshilanishi, davolanishga rioya qilishni oshirishi, samaradorligini oshirish imkonini beradi. Davolash, qayta kasalxonaga yotqizishni kamaytirish, bemorlarning nogironlik foizi va sog‘liqni saqlash tizimidagi iqtisodiy xarajatlar miqdorini sezilarli darajada kamaytiradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi tomonidan 28.11.2022 yildagi 181-IK sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: arterial qattiqlikning oshishi va kunlik qon bosimi profilining buzilishi kognitiv buzilishning og‘irligi bilan bog‘liqligi aniqlandi, shuning uchun puls to‘lqini tezligi > 10 m/s bo‘lgan bemorlar orasida kognitiv nuqsoni bo‘lgan bemorlar soni kognitiv buzilishlarsiz bemorlarga nisbatan 2,3 baravar ko‘pni miqdorni tashkil etdii: 69,8% va 30,2% mos ravishda, pul`s to‘lqini tezligi ko‘rsatkichi bilan Mini-Kog testidagi umumiy ballning teskari korrelyasiyasi va MOKA shkalasi bo‘yicha o‘rtacha kunlik SAQB ko‘rsatkichi bilan umumiy ball, kunduzi SAQB ning o‘zgaruvchanligi va kunduzi DAQB ning o‘zgaruvchanligi bilan teskari korrelyasiyasi aniklandi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: arterial qattiqlik darajasini va qon bosimining kunlik profilining buzilishini aniqlash uchun, applanatson tonometriya va qon bosimining kunlik monitoringini o‘tkazish nafaqat qon bosimini nazorat qilish va organoproteksiya uchun, balki antigipertenziv dorilarni tanlashga differensial yondoshishga imkon beradi, bu esa EG bilan og‘rigan bemorlarda kognitiv funksiyalarni yaxshilash uchun muhimdir. Ilmiy yangilikni amaliyotga tatbiq qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Namangan viloyati filiali bo‘yicha 02.11.2023 yildagi №191 va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati mintaqaviy filiali 09.11.2023 yildagi №70 joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: applanatsion tonometriya va kunlik qon bosimi profilini amalga oshirish, masalan, bemorlarga nitrendipinni kiritish bilan kombinatsiyalangan antigipertenziv terapiyani tayinlashga tabaqalashtirilgan yondashuvni ta’minlaydi, bu arteriyalarning elastik xususiyatlarini sezilarli darajada yaxshilaydi, kunlik qon bosimi profili va kognitiv funksini yaxshilaydi, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga va terapiyaga rioya qilishni kuchaytirishga olib keladi. Ilmiy yangilikni iqtisodiy samaradorligi quyidagicha ifodalanadi: qondagi siydik kislotasi darajasini aniqlash, shuningdek, EG bilan og‘rigan bemorlarni neyropsixologik tekshiruvdan o‘tkazish zarurati va ahamiyati bilan asoslanadi. Tadqiqot natijalarini amalga oshirish EG bilan og‘rigan bemorlarda asoratlarni rivojlanishini sekinlashtirish va yo‘q qilishga imkon beradi, xususan, kognitiv buzilishlar, bu oxir-oqibat davolanish samaradorligini oshiradi, qayta kasalxonaga yotqizishni kamaytirdi, nogironlik foizini kamaytirdi, bu esa dori vositalari xarid qilish, laboratoriya-instrumental tadqiqot usullari va tekshiruvlar o‘tkazishda ishtirok etadigan tor doiradagi mutaxassislar konsul`tatsiyasiga sarflanadigan xarajatlarni iqtisod qiladi. Agar shifoxonada bir kun yotish 247.000 so‘m, 10 kun uchun 2.470.000 so‘m, EG bilan kasallangan bemor uchun dori-darmon narxi bir kun uchun o‘rtacha 85.000 so‘m, 10 kun uchun 850.000 so‘m, kasalxonaga yotqizish vaqtida EG bilan kasallangan bitta bemorni tekshirish narxi 1 433 000 so‘m deb hisobga olska, har bir bemor uchun 4.753.000 so‘mdan tejash imkonini beradi. Xulosa: arterial qattiqlik darajasini aniqlash va kunlik qon bosimi profilining buzilishi EG bilan og‘rigan bemorlarga antigipertenziv dorilarni to‘g‘ri individual qabul qilishni ta’minlaydi, bu bemorlarning neyropsixologik holatini, hayot sifatini yaxshilash, davolanishga rioya qilishni oshirish, davolash samaradorligini oshirish, qayta kasalxonaga yotqizishni kamaytirish, bemorlarning nogironlik foizini kamaytirish va sog‘liqni saqlash tizimidagi iqtisodiy xarajatlar miqdorini sezilarli darajada kamaytirdi va bu esa har bir bemordan 4.753.000 so‘mdan byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga imkon yaratadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi tomonidan 28.11.2022 yildagi 181-IK sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: EG bilan og‘rigan bemorlarda kunlik qon bosimi profilining ijobiy dinamikasi bilan nitrendipin va amlodipinni asosida bulgan kombinatsiyalangan antigipertenziv terapiyaning ikkala guruhida ham yuqori antigipertenziv samaradorlik aniqlandi, shubhasiz yaxshi kardio va vazoproteksiya samaradorligini aks ettirdi, chap qorincha miokard massasi indeksining sezilarli pasayishi va terapiya paytida mikroalbuminuriya darajasini kamayishi bilan ifodalangan, nitrendipinni asosida davolash rejimi fonida arteriyalarning elastik xususiyatlarini yaxshilash afzalligi kursatilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: nitrendipin yoki amlodipin asosida kombinatsiyalangan antigipertenziv terapiyadan foydalanish nafaqat qon bosimi ko‘rsatkichlarini yaxshi nazorat qiladi va sezilarli organoproteksiyani ta’minlaydi, balki EG bilan og‘rigan bemorlarda kognitiv funksiyalarni yaxshilaydi. Ilmiy yangilikni amaliyotga tatbiq qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Namangan viloyati filiali bo‘yicha 02.11.2023 yildagi №191 va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati mintaqaviy filiali 09.11.2023 yildagi №70 joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: nitrendipin yoki amlodipinni asosida kombinatsiyalangan antigipertenziv terapiyadan foydalanish nafaqat qon bosimi ko‘rsatkichlarini yaxshi nazorat qiladi va sezilarli organoproteksiyani ta’minlaydi, balki EG bilan og‘rigan bemorlarda kognitiv funksiyalarni yaxshilaydi, bu esa bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga olib keladi, natijada terapiyaga rioya qilishning kuchayishi va asoratlar xavfini kamayishiga olib keladi. Ilmiy yangilikni iqtisodiy samaradorligi quyidagicha ifodalanadi: EG bilan og‘rigan bemorlarda nitrendipin yoki amlodipinni asosida kombinatsiyalangan antigipertenziv terapiyadan foydalanish samarasini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalarini amalga oshirish EG bilan og‘rigan bemorlarda asoratlarni rivojlanishini sekinlashtirish va kamaytirishga imkon beradi, xususan, insult, miokard infarkti va kognitiv buzilish, bu oxir-oqibat davolash samaradorligini oshiradi, kasalxonada qolish muddatini 5 kunga qisqartiradi. Agar shifoxonada yotish bir kun uchun 247.000 so‘m deb hisoblansa, har bir bemor uchun dori-darmon narxi bir kun uchun o‘rtacha 85.000 so‘m, tekshiruvsiz har bir bemor uchun kuniga jami: 332.000 so‘m, har bir bemor uchun 1.660.000 so‘m tejalgan. Xulosa: EG bilan og‘rigan bemorlarda nitrendipin yoki amlodipin asosida kombinatsiyalangan antigipertenziv terapiyadan foydalanish har bir bemorga 1.660.000 so‘mni tejash imkonini beradi. Xulosa: EG bilan og‘rigan bemorlarda nitrendipin yoki amlodipin asosida kombinatsiyalangan antigipertenziv terapiyadan foydalanish har bir bemor uchun 1.660.000 so‘mni tejash imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi tomonidan 28.11.2022 yildagi 181-IK sonli xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: psixologik test natijalari dinamikasining qiyosiy tahlili nitrendipin asosida bo‘lgan kombinirlangan antigipertenziv terapiya fonida, ayniqsa kognitiv nuqsoni bo‘lgan bemorlarning kichik guruhida muhim afzalliklarni aniqladi. Ilmiy innovatsiyalarning ahamiyati: nitrendipin asosida kombinatsiyalangan antigipertenziv terapiyadan foydalanish, bemorlarda kognitiv holatni sezilarli darajada yaxshilaydi. Ilmiy yangilikni amaliyotga tatbiq qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Namangan viloyati filiali bo‘yicha 02.11.2023 yildagi №191 va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati mintaqaviy filiali 09.11.2023 yildagi №70 joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: nitrendipin asosida kombinatsiyalangan antigipertenziv terapiyadan foydalanish EG bilan og‘rigan bemorlarning kognitiv holatini sezilarli darajada yaxshilaydi, bu esa bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga, terapiyaga rioya qilishni kuchaytirishga va kasalxonaga yotqizish xavfini kamaytirishga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: EG bilan og‘rigan bemorlarda kognitiv holatni sezilarli darajada yaxshilaydigan nitrendipin asosida kombinatsiyalangan antigipertenziv terapiyadan foydalanish oqlanadi. Tadqiqot natijalarini amalga oshirish kognitiv kasalliklarning rivojlanishini sekinlashtirish va yo‘q qilishga imkon beradi, bu oxir-oqibat davolash samaradorligini oshiradi, kasalxonaga yotqizish xavfini kamaytiradi. Agar shifoxonada bir kun yotish 247 000 so‘m, 10 kun uchun 2.470.000 so‘m, EG bilan kasallangan bemor uchun dori-darmon narxi bir kun uchun o‘rtacha 85.000 so‘m, 10 kun uchun 850.000 so‘m, kasalxonaga yotqizish vaqtida EG bilan kasallangan bitta bemorni tekshirish narxi 1 433 000 so‘m deb hisoblasak, har bir bemor uchun 4.753.000 so‘m tejash imkonini beradi. Xulosa: nitrendipin asosida kombinatsiyalangan antigipertenziv terapiyadan foydalanish EG bilan og‘rigan bemorlarda kognitiv funksiyalarni sezilarli darajada yaxshilaydi, bu esa har bir bemorga 4.753.000 so‘mni tejash imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi tomonidan 28.11.2022 yildagi 181-IK sonli xat yuborilgan.