Rixsieva Dildora Uglug‘bek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Laktatsiya davrida ayollarda tish qattiq to‘qimalarining holatinibaholash va stomatologik davolashni takomillashtirish» 14.00.21- Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B20022.2.PhD/Tib2847.
Ilmiy rahbar: Salimov Odilxon Rustamovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Bekjanova Olga Esenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gileva Olga Sergeevna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Navarra davlat universiteti (Ispaniya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: laktatsiya davrida ayollarda tish kattik to‘qimalarining holatini baholash va ularni inobatga olgan holda davolash usullarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tug‘ilgandan keyingi birinchi yil davomida emizikli ayollarda tish kariesini davolash va oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan kompleks usulni joriy etish tish kariesining rivojlanishini 70%ga kamaytirishi isbotlangan;
emizikli ayollar remineralizatsiya terapiyasidan foydalanish kislotali ta`sirlovchilarning tish emali o‘tkazuvchanligini kamaytirishi va emal tuzilmalarining zichligini oshirishi orqali samarali ekanligi isbotlangan;
emizikli ayollarda sog‘lom ayollarga nisbatan so‘lakning biokimyoviy ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi sababli, so‘lakda ishqoriy fosfataza faolligi pastligi va kislotali fosfataza yuqoriligi laktatsiya davridagi ayollarda tish qattiq to‘qimalari demineralizatsiyasi va tish kariesi xavfini nisbatan yuqori bolishiga sababchi bo‘lishi aniqlangan;
emizikli ayollarda tug‘ruqdan keyingi dastlabki davrda og‘iz boshlig‘idagi doimiy mikroflora turlari orasida o‘zgarishlar kuzatildi: Lactobacterium, Streptococcus salivarius, Candida sp., S. epidermidis, S.Aureus sonining ko‘payganligi va bu holat tish qattiq to‘qimalarining shikastlanishiga olib kelishi aniqlangan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti ekspert kengashining 2023 yil 16 dekabr №04- x/21 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: tug‘ruqdan keyingi birinchi yilda emizikli ayollar uchun qattiq tish to‘qimalarining kariesini oldini olish va davolash bo‘yicha chora-tadbirlar yig‘indisi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: quyidagilardan iborat tishlarning qattiq to‘qimalariga zarar etkazilishining rivojlanishini kamaytirishga yordam beradi, bu esa laktatsiya davrida ayollarda tishlarning qattiq to‘qimalarining holatini yanada yaxshilaydi, nutqni shakllantirish funksiyasini, chaynash samaradorligini saqlab qoladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: quyidagilardan iborat:Profilaktika choralarining yangi taktikasini joriy etish davlat byudjetidan xarajatlar miqdorini kamaytiradi, yangi usulning joriy etilishi tufayli laktatsiya davrida ayollarda qattiq tish to‘qimalarining shikastlanishini kamaytirishga yordam beradi. Tishlarning qattiq to‘qimalari kasalliklarining oldini olish tavsiyalar remineralizatsiya yo‘li bilan har bir saqlangan tishdan davolash (plomba) uchun har bir tishdan 300-400 ming so‘m mablag‘ tejaydi. Tishlar sonini hisobga olgan holda iqtisodiy samarasi sezilarli darajada oshadi. Xulosa: “Laktatsiya davridagi ayollarning tish-jag‘ tizimi xolatini indeksli baholash” va “Laktatsiya davridagi ayollarning og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasining mikrobiologik ko‘rsatkichlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalaridan Chilonzor tumani ko‘p tarmoqli Markaziy poliklinikasi va Toshkent shahridagi “Biodent” MChJ xususiy stomatologiya poliklinikasi shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent davlat stomatologiya institutining 2023 yil 15 apreldagi №:04-z/7-son xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: emizikli ayollar remineralizatsiya terapiyasidan foydalanish kislotali ta’sirlovchilarning tish emali o‘tkazuvchanligini kamaytirishi va emal tuzilmalarining zichligini oshirishi orqali samarali ekanligi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: quyidagilardan iborat: mahalliy remineralizatsiya qiluvchi gel "RemIon", oq dog‘ bosqichida emal kariyesini davolash va oldini olishda samaradorligi isbotlandi. Yuqorigilardan kelib chiqib, import o‘rnini bosuvchi mahalliy remineralizatsiya qiluvchi gel O‘zbekiston aholisini kompleks davolashda foydalanish uchun tavsiya etilishi mumkin.Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: : quyidagilardan iborat: 1 dona mahalliy remineralizatsiya qiluvchi gel “RemIon” xorijiy analoglardan o‘rtacha 50 000 so‘mga arzonroq. Agar bemorlarning ko‘pchiligida o‘rtacha yillik profilaktika davolash paytida minimal soni 4-5 ta ekanligini hisobga olsak, mahaliy remineralizatsiya qiluvchi gel “RemIon” iqtisodiy samarasi sezilarli darajada oshadi. Xulosa: “Laktatsiya davridagi ayollarning tish-jag‘ tizimi xolatini indeksli baholash” va “Laktatsiya davridagi ayollarning og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasining mikrobiologik ko‘rsatkichlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalaridan Chilonzor tumani ko‘p tarmoqli Markaziy poliklinikasi va Toshkent shahridagi “Biodent” MChJ xususiy stomatologiya poliklinikasi shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent davlat stomatologiya institutining 2023 yil 15 apreldagi №:04-z/7-son xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: emizikli ayollarda sog‘lom ayollarga nisbatan so‘lakning biokimyoviy ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi aniqlandi, xususan, so‘lakda ishqoriy fosfataza faolligi pastligi va kislotali fosfataza yuqoriligi laktatsiya davridagi ayollarda tish qattiq to‘qimalari demineralizatsiyasi va tish kariesi xavfini nisbatan yuqori bolishiga sababchi bo‘lishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Olingan ma’lumotlar stomatologlarning malakasini oshirishga va laktatsiya davridagi ayollarda tishlarning holatini aniqroq va ishonchli tashxislashni ta’minlashga yordam beradi, shuningdek, tish kasalliklarini davolash va oldini olishning yanada samarali usulini ishlab chiqishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: samaradorligi quyidagilardan iborat: Emizgan ayollarda og‘iz bo‘shlig‘idagi o‘zgarishlarni erta tashxislash va tushunish sog‘liqni saqlashni yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu innovatsion yondashuv nafaqat muammoning dastlabki bosqichida davolanishni boshlash imkoniyatini beradi, balki kelajakda periodontal kasallikning rivojlanish ehtimolini sezilarli darajada kamaytiradi. Buning natijasida stomatologlarning malakasi va ish sifati yaxshilanadi. Qo‘shimcha tekshiruv va davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Emizikli ayollarda periodontal kasalliklar va qattiq tish to‘qimalarini erta aniqlash va davolash kasallikning rivojlanishining oldini olishga olib keladi, bu esa, o‘z navbatida, keyingi davolash xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi.Bunday kompleks yondashuv nafaqat resurslarni tejash, balki kasalliklarning oldini olish va aholi salomatligini saqlash muhimligini ham ta’kidlaydi. Xulosa: “Laktatsiya davridagi ayollarning tish-jag‘ tizimi xolatini indeksli baholash” va “Laktatsiya davridagi ayollarning og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasining mikrobiologik ko‘rsatkichlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalaridan Chilonzor tumani ko‘p tarmoqli Markaziy poliklinikasi va Toshkent shahridagi “Biodent” MChJ xususiy stomatologiya poliklinikasi shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent davlat stomatologiya institutining 2023 yil 15 apreldagi №:04-z/7-son xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: emizikli ayollarda tug‘ruqdan keyingi dastlabki davrda og‘iz boshlig‘idagi doimiy mikroflora turlari orasida o‘zgarishlar kuzatildi,ushbu o‘garishlardan biri Laktobakteriyalar, Streptococcus salivarius, Candida sp. p, S. epidermidis, S.Aureus lar sonining ko‘payishi bo‘lib, bu holat tish qattiq to‘qimalarining shikastlanishiga olib kelishi aniqlangan.Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat::quyidagilardan iborat: stomatologlar og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari rivojlanishining oldini olish choralarini ko‘rishlari mumkin, masalan, professional og‘iz gigienasi, bemorlarga tish va milklarni to‘g‘ri parvarish qilishni o‘rgatish, kasallikning birinchi belgilari paydo bo‘lganda tish shifokoriga o‘z vaqtida murojaat qilish.Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: quyidagilardan iborat: Laktatsiya davridagi ayollarda og‘iz bo‘shlig‘idagi o‘zgarishlarni erta tashxislash va tushunish muammoning boshidanoq davolashni boshlash imkonini beradi, bu kelajakda periodontal kasallikning rivojlanishini kamaytiradi, stomatologlarning malakasini va ish sifatini oshiradi. Tibbiy yordamning kamayishi-qo‘shimcha tekshiruvlar va davolanish xarajatlarini kamaytirishga olib keladi.Emizikli ayollarda periodontal kasallik va qattiq tish to‘qimalarini erta aniqlash va erta davolashni kasallikning rivojlanishining oldini olishga va davolanish uchun sarf bo‘ladigan xarajatlarni sezilarli kamaytiradi. Xulosa: Laktatsiya davridagi ayollarning tish-jag‘ tizimi xolatini indeksli baholash” va “Laktatsiya davridagi ayollarning og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasining mikrobiologik ko‘rsatkichlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalaridan Chilonzor tumani ko‘p tarmoqli Markaziy poliklinikasi va Toshkent shahridagi “Biodent” MChJ xususiy stomatologiya poliklinikasi shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent davlat stomatologiya institutining 2023 yil 15 apreldagi №:04-z/7-son xat yuborilgan.