Mirxodjaev Islam Asrorovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar exinokokkozi diagnostikasi va kompleks xirurgik davolash usulini optimallashtirishni klinik-morfologik asoslash», 14.00.02 – Morfologiya, 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Tib834.
Ilmiy maslahatchilar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nargiza Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kalashnikova Svetlana Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi), Proferssor Dr. Fikret Ezberci (Turkiya)
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Dushanbe Davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston)
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: albendazolning liposomal shakli-sulfoksidning (A-SD LSh) bilan tashhisot va davolashning morfologik asoslangan yangi usullarini ishlab chiqish orqali jigar exinokokkozini kompleks jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
laboratoriya hayvonlarida jigar exinokokkozining takomillashtirilgan tajribaviy modeli ishlab chiqilgan;
albendazol-sulfoksidning liposomal shakli (A-SD LSh) parazitning embrional elementlariga yaqqol kirib boruvchi va germisid ta’sirga ega ekanligi isbotlangan, bunda implantatsiya o‘chog‘ida inkapsulyasiyaning dastlabki bosqichlari va exinokokk kistasining petrifikatsiyasi bilan kichik destruktiv va alterativ o‘zgarishlar aniqlangan;
tajribaviy tadqiqotlarda albendazol-sulfoksidning liposomal shaklining qoldiq bo‘shliqlarni davolash uchun terapevtik maqsadlarda ham, jigar exinokokkozining qaytalanishini oldini olish uchun ham qo‘llash samaradorligi va maqbulligi isbotlangan;
davolash taktikasini tanlashda jigar exinokokkozini tashhislashda antigenbog‘lovchi limfotsitlarning immunodiagnostik testining ahamiyati isbotlangan;
jigar exinokokkozini kompleks jarrohlik davolashning takomillashtirilgan terapevtik va tashhisot algoritmi taklif qilingan, bu operatsiyadan keyingi spesifik asoratlarni 36,40% dan 13,2% gacha va kasallikning qaytalanishini 17,8% dan 1,2% gacha kamaytirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jigar exinokokkozini tashhislash va kompleks jarrohlik davolashning optimal usulining klinik-morfologik asoslarini o‘rganish natijalarga asoslanib, quyidagilar olindi:
birinchi ilmiy yangilik: laboratoriya hayvonlarida jigar exinokokkozining takomillashtirilgan tajribaviy modeli ishlab chiqilishi jigar exinokokkektomiya operatsiyasidan keyingi qoldiq bo‘shliqni antiparazitar moddalar ishlatilishi yo‘li bilan samarador usulni tanlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (11.06.2023 y.; №9/1), Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.02.2023 y.; №11), Buxoro viloyat patologoanatomik byurosi bo‘yicha buyruq (10.08.2023 y.; №5/1)  hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (21.08.2023 y.; №77)  bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: laboratoriya hayvonlarida jigar exinokokkozining takomillashtirilgan tajribaviy modeli ishlab chiqilishi exinokokk kistasi va uning atrofidagi jigar to‘qimasidagi morfofunksional o‘zgarishlarni aniqlab,  operatsiyadan keyingi qoldiq bo‘shliqni turli germisid vositalar bilan ishlov berish natijalarini baholash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tajribada laboratoriya hayvonlarida jigar exinokokkozining takomillashtirilgan tajribaviy modeli ishlab chiqilishi mazkur bemorlarda kasallikning asoratlarini oldini olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar, o‘limni kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtiradi hamda bemorlarni davolashda sarflanadigan xarajatlarini 1 150 000  so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: tajribada laboratoriya hayvonlarida jigar exinokokkozining takomillashtirilgan tajribaviy modeli ishlab chiqilishi mazkur bemorlarda kasallikning asoratlarini oldini olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar oldini olish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 150 000  so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 570 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Jigar exinokokkozi diagnostikasi va kompleks xirurgik davolash usulini optimallashtirishni klinik-morfologik asoslash» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 24 avgustdagi 04/4412-son xat yuborilgan.
ikknchi ilmiy yangilik: albendazol-sulfoksidning liposomal shakli parazitning embrional elementlariga yaqqol kirib boruvchi va germisid ta’sirga ega ekanligi eksperimentda aniqlanishi jigar qoldiq bo‘shliqni ishlov berish uchun optimal antiparazitar vositani tanlashga imkon bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (11.06.2023 y.; №9/1), Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.02.2023 y.; №11), Buxoro viloyat patologoanatomik byurosi bo‘yicha buyruq (10.08.2023 y.; №5/1)  hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (21.08.2023 y.; №77)  bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: albendazol-sulfoksidning liposomal shakli parazitning embrional elementlariga yaqqol kirib boruvchi va germisid ta’sirga ega ekanligi eksperimentda aniqlanishi jigar qoldiq bo‘shliqni ishlov berish uchun optimal antiparazitar vositani tanlash orqali jigar exinokokkozi bilan kasallangan bemorlarni adekvat davolash samaradorligini oshirish imkoniyatini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: albendazol-sulfoksidning liposomal shakli parazitning embrional elementlariga yaqqol kirib boruvchi va germisid ta’sirga ega ekanligi eksperimentda aniqlanishi jagar exinokokkozini xirurgik davolashda sarflanadigan xarajatlarini 1 150 000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: tajribada jigar exinokokkektomiyasidan keyingi  qoldiq bo‘shliqini albendazol-sulfoksidning liposomal shakli yordamida ishlov berish ijobiy natijalarga olib kelgan. Ushbu vosita eng tez kirib boruvchi ta’sir ko‘rsatgan, shuning uchun tajribaning dastlabki bosqichlarida hayvonlarning holati yaxshilangan. Liposomalar jigar to‘qimalariga kirib borib stromal elementlarni mustahkamlagan, xususan, Kupfer hujayralarini faollashtirgan, sinusoidlar devorlarini va gepatotsitlarning tashqi membranasini qalinlashtirgan, bu gepatotsitlarni exinokokk tarkibining toksik ta’siridan himoya qilgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Jigar exinokokkozi diagnostikasi va kompleks xirurgik davolash usulini optimallashtirishni klinik-morfologik asoslash» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 24 avgustdagi 04/4412-son xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: tajribaviy tadqiqotlarda albendazol-sulfoksidning liposomal shaklining qoldiq bo‘shliqlarga ishlov berish, ushbu vositaning kuchli germisid ta’sirga ega ekanligi, ammo jigar to‘qimasiga kam toksik ta’sir ko‘rsatuvchi va gepatoprotektor xususiyatga ega ekanligi sababli davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (11.06.2023 y.; №9/1), Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.02.2023 y.; №11), Buxoro viloyat patologoanatomik byurosi bo‘yicha buyruq (10.08.2023 y.; №5/1)  hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (21.08.2023 y.; №77)  bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqotda ishlab chiqilgan albendazol-sulfoksidning liposomal shakli bilan jigar qoldiq bo‘shliqlarni ishlov berish usulining ijobiy natijalari uni klinik amaliyotda tadbiq etish uchun asos bo‘lgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: albendazol-sulfoksidning liposomal shakli bilan jigar qoldiq bo‘shliqlarni ishlov berish usulini qo‘llanilishi: rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olib, bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 5 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 750 000 so‘mga kamaytirgan (BVKTTM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 170 000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 155 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); Xulosa: albendazol-sulfoksidning liposomal shakli bilan jigar qoldiq bo‘shliqlarini ishlov berish usulining qo‘llanilishi davolanish samarasini oshirishga davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarning kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Jigar exinokokkozi diagnostikasi va kompleks xirurgik davolash usulini optimallashtirishni klinik-morfologik asoslash» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 24 avgustdagi 04/4412-son xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: jigar exinokokkozini tashxislashda mavjud testlarga (RNGA, RLA) nisbatan ikki baravar sezgir bo‘lgan exinokokk antigenlari bilan spesifik javob beruvchi, aylanib yuruvchi antigen bog‘lovchi limfotsitlarni (ABL) ro‘yxatga olishga asoslangan samarali klinik, immunologik, ma’lumotli spesifik immunodiagnostik test taklif qilingan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (11.06.2023 y.; №9/1), Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.02.2023 y.; №11), Buxoro viloyat patologoanatomik byurosi bo‘yicha buyruq (10.08.2023 y.; №5/1)  hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (21.08.2023 y.; №77)  bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jigar exinokokkozini qiyosiy tashhislashda va xirurgik davolash taktikasini tanlashda taklif etilgan antigenbog‘lovchi limfotsitlarning immunodiagnostik testi kasallikni tashxislash natijalarini informativligini oshirish, xirurgik davolash taktikasini tanlashda taklif etish bilan bir qatorda, kasallikni qaytalanishini bashorat qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jigar exinokokkozini tashhislashda va davolash taktikasini tanlashda antigenbog‘lovchi limfotsitlarning immunodiagnostik testini ishlab chiqilishi kasallikning diagnostik va davolash natijalarini yaxshilash imkonini berib 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 295 000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 340 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: antigenbog‘lovchi limfotsitlarning immunodiagnostik testini ishlab chiqilishi kasallikning diagnostik va davolash natijalarini yaxshilash imkonini berib 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 295 000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 340 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Jigar exinokokkozi diagnostikasi va kompleks xirurgik davolash usulini optimallashtirishni klinik-morfologik asoslash» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 24 avgustdagi 04/4412-son xat yuborilgan.
beshinchi ilmiy yangilik: taklif etilgan jigar exinokokkozini kompleks jarrohlik davolashning takomillashtirilgan davolash va tashhisot algoritmi jigar qoldiq bo‘shlig‘ini albendazol-sulfoksidning liposomal shakli bilan ishlov berish yoki 5 sm gacha bo‘lgan parazitar kistani antiparazitar kimyoviy terapiya usulida davolash usulini tanlash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (11.06.2023 y.; №9/1), Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.02.2023 y.; №11), Buxoro viloyat patologoanatomik byurosi bo‘yicha buyruq (10.08.2023 y.; №5/1)  hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (21.08.2023 y.; №77)  bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jigar exinokokkozini kompleks jarrohlik davolashning takomillashtirilgan davolash va tashhisot algoritmi asosida davolash taktikasini tanlash kasallikning tashxislash va davolash samaradorligini oshirishga, bu orqali bemordagi sotsial ko‘rsatgichlarni yaxshilash,  nogoronlik va letallik darajasini kamaytirishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jigar exinokokkozini kompleks jarrohlik davolashning davolash va tashhisot algoritmini  ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilinishi ijobiy davolash natijalarini 31,9% ga oshirish, qoniqarsiz davolash natijalari chastotasini 39,7% dan 20,4% gacha va o‘limni ishonarli darajada kamaytirish imkonini berish hisobiga 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 150 000  so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 570 000  so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: jigar exinokokkozini kompleks jarrohlik davolashning davolash va tashhisot algoritmini  ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilinishi ijobiy davolash natijalarini oshirish, qoniqarsiz davolash natijalari chastotasi va o‘limni ishonarli darajada kamaytirish imkonini berish hisobiga 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 150 000  so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 570 000  so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Jigar exinokokkozi diagnostikasi va kompleks xirurgik davolash usulini optimallashtirishni klinik-morfologik asoslash» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 24 avgustdagi 04/4412-son xat yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish