Xamroev Bexzod O‘ktamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tajribaviy tadqiqotlarda o‘tkir va surunkali nurlanishlar ta’sirida o‘pkadagi morfologik o‘zgarishlar va ularga biokorreksiyaning ta’siri», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib.3116.
Ilmiy rahbar: Xamdamova Muxayyoxon To‘xtasinovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04. 2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc); Kalashnikova Svetlana Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya federatsiyasi)
Yetakchi tashkilot: Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot  universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tajribada turli ko‘rinishdagi nurlanishlar ta’sirida laboratoriya hayvonlari o‘pkalari strukturaviy o‘zgarishlarini tavsiflash, profilaktik biokorreksiya ta’sirini o‘rganish va baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir va surunkali nurlanishda laboratoriya hayvonlari o‘pkasida uchragan 8 ta patomorfologik belgilarning (vena, alveolalar devori qon tomirlari to‘laqonli, alveolyar bo‘shliqda atelektaz va shish, alveolyar devor qalinlashgani, leykotsitar infil’tratsiya o‘choqlari, bronx shilliq qavatida deskvamatsiya o‘choqlari, metaplastik o‘zgarishlar, o‘choqli emfizematoz kengayish, alveoleotsitlarda distrofiya, deskvamatsiya o‘choqlari) turli darajada uchrashi aniqlangan, bu holat ular o‘pkasiga o‘tkir hamda surunkali nurlanishlarning ta’siri ekanligi qiyosiy tarzda, bilvosita isbotlangan;
ilk bor o‘tkir nurlanishda oq zotsiz kalamushlar o‘pkasida patomorfologik belgilar sifatida kuzatilgan alveolyar bo‘shliqlarda atelektaz hamda interstesial shish (86,67%), bronxiola shilliq qavatida deskvamatsiya o‘choqlari (40,0%) va metaplastik o‘zgarishlarning (46,67%) surunkali nurlantirilganlarda uchramagani, shuningdek surunkali nurlanishda laboratoriya hayvonlari o‘pkasida siyrak tolali biriktiruvchi to‘qima borligi (66,67%) aniqlangan;
o‘tkir nurlantirilgan va profilaktik biokorreksiya o‘tkazilgan oq zotsiz kalamushlar o‘pkasi venalari, al`veolalar devori to‘laqonliligi, atelektaz, leykotsitar infil`tratsiya, deskvamatsiya o‘choqlari, limfoid follikulasida giperplaziya o‘choqlari mavjudligi saqlanib qolgan, profilaktik biokorreksiya ularni bartaraf eta olmagan, uning ta’sirida patomorfologik belgilar uchrash intensivligi sezilarli kamaymagani asoslangan;;
ilk bor surunkali nurlanishda profilaktik biokorreksiya o‘tkazilgan hayvonlar o‘pkalarida patomorfologik belgilar aniqlanish intensivligi pastligi ko‘rsatilgan, profilaktik biokorreksiya olgan yoki olmaganidan qat’iy nazar, al`veolit, al`veola devorlari to‘qimasida fibroz alomatlari kuzatilgan, o‘pka to‘qimasida siyrak tolali biriktiruvchi to‘qima (fibroz to‘qimasi) o‘sishi profilaktik biokorreksiya olganlarda olmaganlarga nisbatan 5,0 martaga kam bo‘lgani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 7 dekabr` №23-Z/097 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: o‘tkir va surunkali nurlanishda laboratoriya hayvonlari o‘pkasida uchragan 8 ta patomorfologik belgilarning turli darajada uchrashi aniqlandi, bu holat ular o‘pkasiga o‘tkir hamda surunkali nurlanishlarning ta’siri ekanligi qiyosiy tarzda, bilvosita isbotlanganligini olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar, o‘limni kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat filiali bo‘yicha buyruq (02.03.2023 y.; № 8/1) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyat filiali bo‘yicha buyruq (03.03.2023 y.; № 10/1) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir va surunkali nurlanishda laboratoriya hayvonlari o‘pkasida uchragan 8 ta patomorfologik belgilarning turli darajada uchrashi aniqlanib, bu holat ular o‘pkasiga o‘tkir hamda surunkali nurlanishlarning ta’siri ekanligi qiyosiy tarzda, bilvosita isbotlanganligini olinishidan foydalanish, bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir va surunkali nurlanishda laboratoriya hayvonlari o‘pkasida uchragan 8 ta patomorfologik belgilarning turli darajada uchrashi aniqlanib, bu holat ular o‘pkasiga o‘tkir hamda surunkali nurlanishlarning ta’siri ekanligi qiyosiy tarzda, bilvosita aniqlanganligi kasallikning asoratlarini oldini olishda inobatga olinib davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, kasallik asoratlarini oldini olishga hamda bemorlarni sarflanadigan xarajatlarini 138 667 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: o‘tkir va surunkali nurlanishda laboratoriya hayvonlari o‘pkasida uchragan 8 ta patomorfologik belgilarning turli darajada uchrashi aniqlanib, bu holat ular o‘pkasiga o‘tkir hamda surunkali nurlanishlarning ta’siri ekanligi qiyosiy tarzda, bilvosita aniqlanganligini inobatga olinib davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish,  kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 138 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 105 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Tajribaviy tadqiqotlarda o‘tkir va surunkali nurlanishlar ta’sirida o‘pkadagi morfologik o‘zgarishlar va ularga biokorreksiyaning ta’siri» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 05 sentyabrdagi 01/04/4675-son xat yuborilgan.
ikknchi ilmiy yangilik: o‘tkir nurlanishda oq zotsiz kalamushlar o‘pkasida patomorfologik belgilar sifatida kuzatilgan alveolyar bo‘shliqlarda atelektaz hamda interstesial shish, bronxiola shilliq qavatida deskvamatsiya o‘choqlari va metaplastik o‘zgarishlarning surunkali nurlantirilganlarda uchramagani, shuningdek surunkali nurlanishda laboratoriya hayvonlari o‘pkasida siyrak tolali biriktiruvchi to‘qima borligi aniqlanganligini hisobga olinishi davolanish samarasini oshirishga imkon berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat filiali bo‘yicha buyruq (02.03.2023 y.; № 8/1) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyat filiali bo‘yicha buyruq (03.03.2023 y.; № 10/1) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir nurlanishda oq zotsiz kalamushlar o‘pkasida patomorfologik belgilar sifatida kuzatilgan alveolyar bo‘shliqlarda atelektaz hamda interstesial shish, bronxiola shilliq qavatida deskvamatsiya o‘choqlari va metaplastik o‘zgarishlarning surunkali nurlantirilganlarda uchramagani, shuningdek surunkali nurlanishda laboratoriya hayvonlari o‘pkasida siyrak tolali biriktiruvchi to‘qima borligi aniqlanganligini hisobga olinishi rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir nurlanishda oq zotsiz kalamushlar o‘pkasida patomorfologik belgilar sifatida kuzatilgan alveolyar bo‘shliqlarda atelektaz hamda interstesial shish, bronxiola shilliq qavatida deskvamatsiya o‘choqlari va metaplastik o‘zgarishlarning surunkali nurlantirilganlarda uchramagani, shuningdek surunkali nurlanishda laboratoriya hayvonlari o‘pkasida siyrak tolali biriktiruvchi to‘qima borligi aniqlanganligini: bemorning shifoxonada qolish muddatini qisqartirib, shifoxonada  qolish to‘lov miqdori 2 500 000 so‘mga kamaytirgan (RIO va RIATM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 500 000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 75000) so‘m dori vositalari sarflanadi); Xulosa: o‘tkir nurlanishda oq zotsiz kalamushlar o‘pkasida patomorfologik belgilar sifatida kuzatilgan alveolyar bo‘shliqlarda atelektaz hamda interstesial shish, bronxiola shilliq qavatida deskvamatsiya o‘choqlari va metaplastik o‘zgarishlarning surunkali nurlantirilganlarda uchramagani, shuningdek surunkali nurlanishda laboratoriya hayvonlari o‘pkasida siyrak tolali biriktiruvchi to‘qima borligi aniqlanganligini hisobga olinishi davolanish samarasini oshirishga davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarning kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Tajribaviy tadqiqotlarda o‘tkir va surunkali nurlanishlar ta’sirida o‘pkadagi morfologik o‘zgarishlar va ularga biokorreksiyaning ta’siri» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 05 sentyabrdagi 01/04/4675-son xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘tkir nurlantirilgan va profilaktik biokorreksiya o‘tkazilgan oq zotsiz kalamushlar o‘pkasi venulalari, al`veolalar devori to‘laqonliligi, atelektaz, leykotsitar infil`tratsiya, deskvamatsiya o‘choqlari, limfoid follikulasida giperplaziya o‘choqlari mavjudligi saqlanib qolgan, profilaktik biokorreksiya ularni bartaraf eta olmagan, uning ta’sirida patomorfologik belgilar uchrash intensivligi sezilarli kamaymaganligini inobatga olinishi, bemorlarni davolash rejasiga o‘zgartirishlar kiritilishi imkoni beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat filiali bo‘yicha buyruq (02.03.2023 y.; № 8/1) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyat filiali bo‘yicha buyruq (03.03.2023 y.; № 10/1) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir nurlantirilgan va profilaktik biokorreksiya o‘tkazilgan oq zotsiz kalamushlar o‘pkasi venulalari, al`veolalar devori to‘laqonliligi, atelektaz, leykotsitar infil`tratsiya, deskvamatsiya o‘choqlari, limfoid follikulasida giperplaziya o‘choqlari mavjudligi saqlanib qolgan, profilaktik biokorreksiya ularni bartaraf eta olmagan, uning ta’sirida patomorfologik belgilar uchrash intensivligi sezilarli kamaymaganligining aniqlanishi o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning oldini olish chora tadbirlarini belgilashga imkon berishi isbotlangan, bu o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning kamaytirish hisobiga ijtimoiy samaradorlikni oshirish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: erkaklar uchun atipik stenokardiya og‘irligi mezonlari ishlab chiqilgan usuli: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 10,0 kundan 7,0 kungacha kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1 500 000 so‘mga  kamaytirgan (RIO va RIATM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 500 000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 35 500 so‘m dori vositalari sarflanadi); Xulosa: o‘tkir nurlantirilgan va profilaktik biokorreksiya o‘tkazilgan oq zotsiz kalamushlar o‘pkasi venulalari, al`veolalar devori to‘laqonliligi, atelektaz, leykotsitar infil`tratsiya, deskvamatsiya o‘choqlari, limfoid follikulasida giperplaziya o‘choqlari mavjudligi saqlanib qolgan, profilaktik biokorreksiya ularni bartaraf eta olmagan, uning ta’sirida patomorfologik belgilar uchrash intensivligi sezilarli kamaymaganligini inobatga olinishi, o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning kamaytirishga karatilgan qo‘shimcha davolash choralarini bajarilishiga imkon berishi, ushbu bemorlarni davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, kasallik asoratlarini  kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Tajribaviy tadqiqotlarda o‘tkir va surunkali nurlanishlar ta’sirida o‘pkadagi morfologik o‘zgarishlar va ularga biokorreksiyaning ta’siri» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 05 sentyabrdagi 01/04/4675-son xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali nurlanishlar uchun biologik jihatdan xavfsiz, tibbiy jihatdan ishonchli, iqtisodiy jihatdan samarali, ijtimoiy jihatdan ahamiyatli profilaktik biokorreksiya usuli ishlab chiqilgan, bu o‘z navbatida, asoratlar rivojlanishi omilini kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtirib, yotoq kunini qisqartirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat filiali bo‘yicha buyruq (02.03.2023 y.; № 8/1) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyat filiali bo‘yicha buyruq (03.03.2023 y.; № 10/1) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir va surunkali nurlanishlar uchun biologik jihatdan xavfsiz, tibbiy jihatdan ishonchli, iqtisodiy jihatdan samarali, ijtimoiy jihatdan ahamiyatli profilaktik biokorreksiya usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, ular o‘z navbatida, rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  o‘tkir va surunkali nurlanishlar uchun biologik jihatdan xavfsiz, tibbiy jihatdan ishonchli, iqtisodiy jihatdan samarali, ijtimoiy jihatdan ahamiyatli profilaktik biokorreksiya usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, ular rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish hisobiga bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 5,0 kunga  qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2 500 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 375 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: o‘tkir va surunkali nurlanishlar uchun biologik jihatdan xavfsiz, tibbiy jihatdan ishonchli, iqtisodiy jihatdan samarali, ijtimoiy jihatdan ahamiyatli profilaktik biokorreksiya usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, ularni qo‘llashni shifoxona amaliyotiga  joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2 500 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 375 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Tajribaviy tadqiqotlarda o‘tkir va surunkali nurlanishlar ta’sirida o‘pkadagi morfologik o‘zgarishlar va ularga biokorreksiyaning ta’siri» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 05 sentyabrdagi 01/04/4675-son xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish