Mun Tat`yana Olegovnaning
 fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zamonaviy tish implantatlarini qo‘llash samaradorligini qiyosiy baholash», 14.00.21–«Ctomatologiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc /Tib706.
Ilmiy rahbar: Xabilov Nigmon Lukmonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Amanullaev Rustam Azimjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Dalimova Suraya Nugmanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Oreshako Oleg Vasil`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Tokai tibbiyot markazi (Yaponiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ortopedik protezlash samaradorligini oshirish uchun mahalliy tish implantlarini foydalanishning klinik va laboratoriya usullari yordamida chet el analoglari bilan qiyosiy jihatdan baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor eksperimental tadqikotlar asosida "Implant.uz" implantatining tirik organizmga toksik, allergik yoki bezovta qiluvchi ta’sir ko‘rsatmasligi isbotlangan;
gistomorfologik tekshiruv asosida implantatsiyadan so‘ngi davrda implant va suyak to‘qimasi mahkam o‘rnashishi aniqlangan;
qonning biokimyoviy parametrlarini (kislota va ishqoriy fosfataza, FNO-a, LDG) o‘rganish natijasida olingan natijalar tish implantatsiyasini rad etish jarayonlarining yo‘qligini, shuningdek, implant-suyak sohasidagi regenerativ va osseointegratsiya jarayonlarni jadallashuvi asoslangan;
densitometrik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, xorijiy analoglar bilan, shuningdek, mahalliy "Implant.uz" tish implantati o‘rnatilgan bemorlar guruhida qiyosiy jihatdan operatsiyadan keyingi 1 oydan boshlab periimplant zonasida yangi hosil bo‘lgan suyak zichligi oshishi isbotlangan;
tish implantatsiyasidan keyingi davrda og‘iz suyuqligi mikroflorasining sifat va miqdoriy tarkibi o‘zgarishi, parodontal patogen mikroorganizmlar soni (Porphyromanas spp., Actinomyces spp.) sababli bo‘lib ko‘payishi, bu 3 oy oxiriga kelib me’yorlashishi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti muvofiqlashtiruvchi Ekspertlar kengashining 2023-yil 11-dekabrdagi 04-x/20 -sonli  xulosasiga ko‘ra:
  birinchi ilmiy yangilik: eksperimental hayvonlarga ushbu zamonaviy maxaliy tish implantining zaharlilik, allergik va nojo‘ya ta’sirining yo‘qligi zamonaviy maxaliy tish implantidan foydalanishning tibbiy va biologik xavfsizligini isbotlangan, bu esa kimyoviy va sifatli tarkibiga ko‘ra organizm bilan biologik mos kelgan. Ilmiy innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligi: shundan iboratki, eksperimental, morfologik va laboratoriya tadqiqotlarining ijobiy natijalari asosida tadqiqotning klinik bosqichlari o‘tkazilgan va bu o‘z navbatida O‘zbekistonda ushbu innovatsion ishlanmani mahalliy hom ashyolar va ishlanmalardan foydalangan holda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni tavsiya qilgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish: «Zamonaviy tish implantatlarini qo‘llash samaradorligini qiyosiy baholash » mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori tomonidan 2023 yil 23 maydagi 04-z/11-sonli xat yuborilgan.
 ikkinchi ilmiy yangilik: suyak va «Implant.uz»tish implantining chegarasida yangi hosil bo‘lgan suyakning yot qo‘shimchalarsiz zich va qattiq birikkanligi, shuningdek implant yuzasi va suyak orasidagi bo‘shliqlarsiz bo‘lishi jag‘ suyaklari to‘qimalariga ossteointegratsiyalashuvining ijobiy jarayonini isbotlaydi. Ilmiy innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligi: Shundan iboratki, eksperimental, morfologik va laboratoriya tadqiqotlarining ijobiy natijalari asosida tadqiqotning klinik bosqichlari o‘tkazildi va bu o‘z navbatida O‘zbekistonda ushbu innovatsion ishlanmani mahalliy hom ashyolar va ishlanmalardan foydalangan holda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni tavsiya qildi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish: « Zamonaviy tish implantatlarini qo‘llash samaradorligini qiyosiy baholash » mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent Davlat stomatologiya instituti rektori tomonidan 2023 yil 23 maydagi 04-z/11-sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: biokimyoviy qon parametrlari (kislotli fosfotaza va ishqoriy fosfataza, TNF-a, LHD) kabi tirik organizmga o‘rnatilgan «Implant.uz» tish implantatga javob reaksiyasi belgilaridir. Olingan ma’lumotlarga asoslanib, ushbu implantning bemorlarning tanasida qanday birikkanligi va u qanday reaksiyaga sabab bo‘lganligi tahlil qilindi. Ilmiy yangiliklar amaliyotga joriy etish: o‘rnatilgan «Implant.uz» tish implantati qisman ikkilamchi adentiyasi bor bemorlarni kompleks davolash (jarrohlik, ortopedik) amalga oshirildi, keyinchalik olib qo‘yilmaydigan ortopedik tuzilmalar (metall-keramika sun’iy qoplamalar va ko‘priksimon protezlar) bilan protezlandi. Zamonaviy import qilingan tish implantlari va mahalliy implantlarning bemor tanasiga ta’siri bo‘yicha laboratoriya tadqiqotlari o‘tkazildi. Ilmiy innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligi: Ushbu innovatsion ishlanma import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan. Janubiy Koreyaning «Osstem» kompaniyasidan olingan 1 dona implant va uning yordamchi qismlarining narxi 1 984 000 so‘mni tashkil etadi, 1 dona mahalliy «Implant.uz» tish implantati esa 1 284 000 so‘mga arzonroq (700 000 so‘mga teng), ya’ni import qilinganidan 2,75 barobar arzon. Agar qisman va to‘liq adentiyasi bo‘lgan bemorlarning ko‘pchiligida o‘rtacha implantologik davolash paytida implantlarning minimal soni 2 ta ekanligini hisobga olsak, mahalliy implantning iqtisodiy samarasi sezilarli darajada oshadi.
to‘rtnchi ilmiy yangilik: suyak-implant chegarasidagi suyak zichligining densitometrik tadqiqotlari o‘rnatilgan implantning ossteointegratsiyasi qay darajada sodir bo‘lganligini ko‘rsatadi. Xounsfild shkalasi qanchalik baland bo‘lsa, tish implantatsiyasi va uning atrofidagi suyak o‘rtasidagi aloqa shunchalik qattiqroq bo‘ladi. Barcha taqqoslash guruhlarida densitometrik ko‘rsatkich operatsiyadan keyingi birinchi oydan boshlab oshdi va shunga mos ravishda ijobiy natijaga erishildi. Ilmiy innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligi: Ushbu innovatsion ishlanma import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan. Janubiy Koreyaning «Osstem» kompaniyasidan olib kelingan 1 dona implant va uning qo‘shimcha qismlarining narxi 1 984 000 so‘mni tashkil etadi, 1 dona mahalliy  «Implant.uz»tish implantati esa 1 284 000 so‘mga arzonroq (700 000 so‘mga teng), ya’ni import qilinganidan 2,75 barobar arzon. Agar qisman va to‘liq tishlari bo‘lgan bemorlarning ko‘pchiligida o‘rtacha implantologik davolash paytida implantlarning minimal soni 2 ta ekanligini hisobga olsak, mahalliy implantning iqtisodiy samarasi sezilarli darajada oshadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish: «Zamonaviy tish implantatlarini qo‘llash samaradorligini qiyosiy baholash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori tomonidan 2023 yil 23 maydagi 04-z/11-sonli xat yuborilgan.
beshinchi ilmiy yangilik: tish implantatsiyasidan keyin og‘iz suyuqligi mikroflorasining sifat va miqdoriy tarkibidagi o‘zgarishlari tananing og‘iz bo‘shlig‘idagi jarrohlik manipulyasiyalarga mahalliy reaksiyasini ko‘rsatadi va tish implantatsiyasining muvaffaqiyatini baholash uchun diagnostik ahamiyatga ega. Ilmiy innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligi: iqtisodiy samaradorlik shundan iboratki, tish implantatsiyasidan so‘ng 3 oygacha bo‘lgan muddat davomida suyuqlik mikrobiotsenozidagi o‘zgarishlar yallig‘lanishning klinik ko‘rinishlari bo‘lmasa, dori-darmon bilan davolashni talab qilmaydi, shunga ko‘ra qo‘shimcha davolanishga pulni tejaydi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish: « Zamonaviy tish implantatlarini qo‘llash samaradorligini qiyosiy baholash » mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori tomonidan 2023 yil 23 maydagi 04-z/11-sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish