Akramova Nazokat Israilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Aksiyadorlik jamiyatlari samaradorligini oshirishda korporativ madaniyatni rivojlantirish”, 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.2.DSc/Iqt512.
Ilmiy rahbari: Karlibaeva Raya Xadjabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Yo‘ldoshev Nuriddin Qurbonovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Iminova Nargiza Akramovna.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aksiyadorlik jamiyatlari samaradorligini oshirishda korporativ madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “korporativ madaniyat” tushunchasi uning tabiatidagi ikkiyoqlamalilik – korporativ birdamlikni shakllantirishga yo‘naltirilganlik, aksiyadorlar va xodimlari harakatini muvofiqlashtirish, qiymat-me’yoriy korporativ chegaralarni belgilash hamda aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ madaniyatini rasmiylashtirish va korporativ o‘zaro munosabatlarni standartlashtirishning boshqaruv mexanizmlaridan foydalanish bilan bog‘liq xususiyati jihatidan takomillashtirilgan;
“Uzsalaman” va “Maxam Chirchiq” aksiyadorlik jamiyatlarida o‘zaro munosabatlardagi korporativ nizolar va ularning ijtimoiy-madaniy jihatlariga ko‘ra korporativ madaniyat darajasini aniqlashtirish va korporativ madaniyat salohiyatini baholashning “yuqori daraja” [0,71≤KM≤1,0], “o‘rta daraja” [0,51≤KM≤0,7], “quyi daraja” [0≤KM≤0,5] mezonlari chegaralari ishlab chiqilgan;
“Uzsalaman” va “Maxam Chirchiq” aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ madaniyat munosabatlari etarli darajada shakllantirilmaganligi ta’sirida vujudga keluvchi kadrlar qo‘nimsizligining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegarasi (0,1≤KQ≤0,25) aniqlanib, mazkur chegaradan chetlanishlarning turli darajalarida qo‘llaniluvchi tavsiyaviy korporativ boshqaruv dastaklari asoslangan;
korporativ madaniyat rivojlanish darajasining korxonada tovar mahsuloti ishlab chiqarish hajmiga ta’sirining ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida 2026 yilga qadar o‘rta muddatli prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aksiyadorlik jamiyatlari samaradorligini oshirishda korporativ madaniyatni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “korporativ madaniyat” tushunchasi uning tabiatidagi ikki yoqlamalilik – korporativ birdamlikni shakllantirishga yo‘naltirilganlik, aksiyadorlar va xodimlari harakatini muvofiqlashtirish, qiymat-me’yoriy korporativ chegaralarni belgilash hamda aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ madaniyatini rasmiylashtirish va korporativ o‘zaro munosabatlarni standartlashtirishning boshqaruv mexanizmlaridan foydalanish bilan bog‘liq xususiyati jihatidan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurti talabalari uchun tavsiya etilgan “Korporativ boshqaruvga kirish” nomli darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023 yil 26 iyundagi 211-son buyrug‘i). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy o‘quv yurti talabalari va bo‘lg‘usi mutaxassislarga aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ madaniyatga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish, korxonaning ichki muhitini yaxshilash va boshqarish, korxonani inqirozga qarshi kurashish strategiyasini ishlab chiqishda nazariy hamda amaliy bilimlarni yanada chuqurlashtirishga, yangi bilim va ko‘nikmalarning hosil bo‘lishiga imkon yaratilgan;
“Uzsalaman” va “MaxamChirchiq” aksiyadorlik jamiyatlarida o‘zaro munosabatlardagi korporativ nizolar va ularning ijtimoiy-madaniy jihatlariga ko‘ra korporativ madaniyat darajasini aniqlashtirish va korporativ madaniyat salohiyatini baholashning “yuqori daraja” [0,71≤KM≤1,0], “o‘rta daraja” [0,51≤KM≤0,7], “quyi daraja” [0≤KM≤0,5] mezonlari chegaralari “MaxamChirchiq” AJ va “Uzsalaman” AJ faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 30 oktyabrdagi CCI-7/15-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2022 yilda 2021 yilga nisbatan “Uzsalaman” AJda mehnat unumdorligini 13,6%ga, “MaxamChirchiq” AJda esa 11,8%ga oshirishga erishilgan;
“Uzsalaman” va “MaxamChirchiq” aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ madaniyat munosabatlari etarli darajada shakllantirilmaganligi ta’sirida vujudga keluvchi kadrlar qo‘nimsizligining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegarasi (0,1≤KQ≤0,25) aniqlanib, mazkur chegaradan chetlanishlarning turli darajalarida qo‘llaniluvchi tavsiyaviy korporativ boshqaruv dastaklaridan foydalanish taklifi “MaxamChirchiq” AJ va “Uzsalaman” AJning korporativ boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 30 oktyabrdagi CCI-7/15-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2022 yilda “Uzsalaman” AJda tovar ishlab chiqarish hajmini 627,2 mln.so‘mga, “MaxamChirchiq” AJda esa 3461 mln.so‘mga oshirishga erishilgan;
korporativ madaniyat rivojlanish darajasining korxonada tovar ishlab chiqarish hajmiga ta’sirining ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida 2026 yilga qadar ishlab chiqilgan o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatkichlaridan “Uzsalaman” va “MaxamChirchiq” aksiyadorlik jamiyatlarining istiqboldagi rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 30 oktyabrdagi CCI-7/15-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “MaxamChirchiq” AJ bo‘yicha tuzilgan ko‘p omilli ekonometrik model korxonada tovar sifati (lny) 96,71 foizga, “Uzsalaman” AJda esa tovar sifati (lny) 86,69 foizga ko‘p omilli ekonometrik modelga kiritilgan omillarga bog‘liq ekanligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish