Muxammedov Maxsud Murodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Inson kapitalini rivojlantirishni zamonaviy mexanizmlari va ularning taraqqiyotdagi ahamiyati masalalarining falsafiy tahlili”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fal985.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Xuseynova Abira Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Xadjieva Maqsuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Saifnazarov Ismoil, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi inson kapitalini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini ochib berish hamda zamonaviy mexanizmlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inson kapitalini rivojlantirish va barqaror taraqqiyotga erishishda zamonaviy umummetodologik, gnoseologik qarashlar va yondashishlarda berilgan intellektual, ta’lim, axloqiy, ramziy va ijtimoiy kapital omillarning Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot asoslariga moslashtirish darajalari (shaxslar, ijtimoiu guruhlar, davlat) hamda o’zaro sherikchilik, birlashish, inson salohiuati, ehtiuoj kabi komponentlari aniqlangan;
Yangi O‘zbekistonda aholi turmush tarzining farovonlashuvi hamda ijtimoiy hamkorlik, ijtimoiy birdamlikdan iborat o‘ziga xos munosabat shakllarining amal qilishida inson kapitalini rivojlantirishning (inson kapitalini rivojlantiruvchi dasturlarni ishlab chiqish, ta’lim-tarbiuaga investisiualar kiritish, zamonaviu kasb-hunarga qiziqtirish, mehnat bozorida raqobatbardosh soha mutaxassislarini bilim va ko’nikmalarini optimallashtirish, milliu inson kapitali o’lchovini aniqlash metodologiuasini ishlab chiqish yo‘nalishlari asosida) ijtimoiu modelini uaratish zarurati asoslab berilgan;
rivojlanish va barqaror taraqqiyotni ta’minlashda ijtimoiy harakat, ijtimoiy munosabatlar, uzoq va sog‘lom umr ko‘rish, hayot farovonligi standartlarining katolizator sifatidagi o‘rni inson kapitalining madaniu-axloqiu, salomatlik (biofizik), mehnat, ta’lim, intellektual va tashkiliu-tadbirkorlik kapitali omillari bilan bog‘liqligi isbotlangan;
inson – jamiyat – davlat imkoniyatlari (shaxsiy rivojlanish imkoniyatlari, ijtimoiy xarakterdagi intiluvchanlik, ijtimoiy institutlar) inson kapitalini rivojlantiruvchi ijtimoiy institusional tizimlarning ijtimoiu-ma’naviu sohada tizimlilikni ta’minlash, islohotlar samaradorligini oshirishda uagona maqsad, milliu g‘oua uo’lida jipslashtirish, milliu taraqqiuot borasida uoshlarning mas’ulligi, daxldorligini oshirish, taklif-tashabbuslariga keng uo’l ochish, xotin-qizlarning tashabbus va faoliuati qadrlanadigan ma’naviu-huquqiu muhitni barpo qilish kabi dinamik ko‘rsatkichlarda ifodalanishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inson kapitalini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish hamda zamonaviy mexanizmlarini aniqlash doirasida olib borilgan tadqiqot natijalaridan:
inson kapitalini rivojlantirish va barqaror taraqqiyotga erishishda zamonaviy umummetodologik, gnoseologik qarashlar va yondashishlarda berilgan intellektual, ta’lim, axloqiy, ramziy va ijtimoiy kapital omillarning Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot asoslariga moslashtirish darajalari (shaxslar, ijtimoiu guruhlar, davlat) hamda o’zaro sherikchilik, birlashish, inson salohiuati, ehtiuoj kabi komponentlariga doir ilmiy yangilik va xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Buxoro” teleradiokanalining 2023-yilda efirga uzatilgan “Islohotlar amalda”, “Ijod mahsuli” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Buxoro” teleradiokanalining 2023-yil 12-iyuldagi 02/09-195-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy o‘zgarishlar keng miqyosli ijtimoiy jarayonlar orqali aholi turmush tarzining farovonlashuvi, inson kapitalining yuksalishi hamda ijtimoiy hamkorlik, ijtimoiy birdamlikdan iborat o‘ziga xos munosabat shakllarining amal qilishi bo‘yicha teletomoshabinlarga kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatini berib, ko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligini ta’minlashga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda aholi turmush tarzining farovonlashuvi hamda ijtimoiy hamkorlik, ijtimoiy birdamlikdan iborat o‘ziga xos munosabat shakllarining amal qilishida inson kapitalini rivojlantirishning (inson kapitalini rivojlantiruvchi dasturlarni ishlab chiqish, ta’lim-tarbiuaga investisiualar kiritish, zamonaviu kasb-hunarga qiziqtirish, mehnat bozorida raqobatbardosh soha mutaxassislarini bilim va ko’nikmalarini optimallashtirish, milliu inson kapitali o’lchovini aniqlash metodologiuasini ishlab chiqish yo‘nalishlari asosida) ijtimoiu modelini uaratish zaruratiga doir xulosalar va ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida, xususan, 2023-yil may oyida “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori ostida hamda 2023-yil iyun oyi “Yoshlar oyligi” doirasida tashkil etilgan “Yoshlar festivallari”ni yuqori saviyada tashkil etishda va ma’naviy-tarbiyaviy sohada o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 18-iyuldagi 4-13-21-1940-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning yuksak ma’naviyatga va ma’rifatga ega bo‘lishlari mamlakatning har tomonlama rivojlanishiga o‘zining ta’sirini ko‘rsatishi hamda ma’naviyat va ma’rifatga tayangan mamlakatda tinchlik hukmron bolishi va barqarorlik taraqqiy qilib borishi, ma’naviy jihatdan yuksalish davlatning kuch-qudratini ta’minlashning muhim omillaridan ekanligini asoslashga xizmat qilgan;
rivojlanish va barqaror taraqqiyotni ta’minlashda ijtimoiy harakat, ijtimoiy munosabatlar, uzoq va sog‘lom umr ko‘rish, hayot farovonligi standartlarining katolizator sifatidagi o‘rni inson kapitalining madaniu-axloqiu, salomatlik (biofizik), mehnat, ta’lim, intellektual va tashkiliu-tadbirkorlik kapitali omillari bilan bog‘liqligiga oid ilmiy xulosalar va takliflardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faoliyatida, jumladan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ni amalga oshirish, partiya tizimidagi xodimlarning siyosiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2023-yil 17-iyundagi 02/02-34-1-son ma’lumotnomasi). Natijada, barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsadlarning amalga oshirilishi jamiyatning izchil rivojlanishiga, “inson qadri uchun” tamoyili asosida xalq farovonligini oshirish, inson huquqlari va manfaatlarini ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ta’sirchanligini oshirish, turmush sifatining yaxshilanishiga, ijtimoiy adolat, qadriyatlarga hurmat va fuqaro erkinliklarini ta’minlash sohasida bilim va ko‘nikmalarning kengayishiga xizmat qilgan;
inson – jamiyat – davlat imkoniyatlari (shaxsiy rivojlanish imkoniyatlari, ijtimoiy xarakterdagi intiluvchanlik, ijtimoiy institutlar) inson kapitalini rivojlantiruvchi ijtimoiy institusional tizimlarning ijtimoiu-ma’naviu sohada tizimlilikni ta’minlash, islohotlar samaradorligini oshirishda uagona maqsad, milliu g‘oua uo’lida jipslashtirish, milliu taraqqiuot borasida uoshlarning mas’ulligi, daxldorligini oshirish, taklif-tashabbuslariga keng uo’l ochish, xotin-qizlarning tashabbus va faoliuati qadrlanadigan ma’naviu-huquqiu muhitni barpo qilish kabi dinamik ko‘rsatkichlarda ifodalanishiga doir yangiliklaridan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170928696-raqamli “O‘zbekistonda islohotlar jarayonini tahlil etish va amalga oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasi (Harakatlar strategiyasi asosida)” (2018-2020 yy) mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 9-sentyabrdagi 04/11-5433-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangiliklar va tavsiyalar loyiha doirasida nashr etilgan ishlarda o‘z aksini topgan va inson kapitalini ijtimoiy-madaniy hodisa hamda xususiyat sifatida asoslash, uning O‘zbekiston sharoitida hududiy dinamik rivojlanish ta’sirini aniqlab borish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan.