Jabborova Saodat Sattorovnanning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ma’naviy salohiyat – ijtimoiy taraqqiyot manbai”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fal969.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Sharipov Abduxakimjon Ziyoitdinovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Choriev Sanjar Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor; To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ma’naviy salohiyatning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini ochib berish hamda taraqqiyot manbai sifatidagi imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyat ma’naviy salohiyati ma’naviy-ruhiy muhit, jamiyat a’zolari madaniy saviyasi, milliy g‘oya mavqei, ijodkorlar soni, ilmiy kashfiyotlar soni, ma’naviy yuksalishga undovchi san’at asarlari soni, kishilarning ma’naviy merosga munosabati, ma’naviy xavfsizlik darajasi kabi mezonlar orqali aniqlanishi asoslab berilgan;
ma’naviy salohiyat mezonlari shaxs xulq-atvorining ijtimoiy manfaatlarga mosligi, ta’lim mazmuni va sifati optimalligi, mafkuraviy institutlar va madaniy-ma’rifiy tizim faoliyati, ilm-fan rivojining ijtimoiy ehtiyojlarga mutanosibligi, noyob san’at asarlariga ijtimoiy buyurtmaning qaror topganligi, milliy g‘ururning rivojlanganligi, ma’naviy xavfsizlik konsepsiyasining mavjudligi kabi omillar ta’sirida shakllanishi dialektik sababiyat tamoyillari asosida ochib berilgan;
O‘zbekistonda ma’naviy salohiyat ma’naviy-ruhiy muhitning sog‘lomligi, jamiyat a’zolari madaniy saviyasining milliy va gumanistik xarakterga egaligi, milliy g‘oyaning shakllanganligi, ijodiy tafakkurga ega kishilar salmog‘i yuqoriligi, jahon darajasidagi ilmiy maktablar mavjudligi, ma’naviy yuksalishga undovchi adabiyot va san’at asarlari yaratish, ma’naviy merosga hurmat, ma’naviy xavfsizlik darajasi yuqoriligi bilan tavsiflanishi mavjud ijtimoiy voqelik asosida isbotlangan;
jamiyat ma’naviy salohiyatini ijtimoiy taraqqiyot manbaiga aylantirishda davlatning uni yuksaltirishga qaratilgan (g‘oyaviy-ma’naviy omillar ta’sirini oshirish, yangi ma’naviy makonni barpo etish, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash) siyosatini takomillashtirish hamda ta’lim tizimi, aholi salomatligi, kambag‘allikni qisqartirish, yoshlarga oid davlat siyosati, xavfsiz va tinchliksevar davlat kabi ma’naviy salohiyat tamoyillari amal qilish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ma’naviy salohiyatning o‘ziga xos xususiyatlari va ulardagi o‘zgarishlar xarakterini tadqiq qilish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
jamiyat ma’naviy salohiyati ma’naviy-ruhiy muhit, jamiyat a’zolari madaniy saviyasi, milliy g‘oya mavqei, ijodkorlar soni, ilmiy kashfiyotlar soni, ma’naviy yuksalishga undovchi san’at asarlari soni, kishilarning ma’naviy merosga munosabati, ma’naviy xavfsizlik darajasi kabi mezonlar orqali aniqlanishiga doir nazariy mulohazalar va xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil uchun chora-tadbirlar dasturining 1-yo‘nalishida belgilangan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga doir normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish hamda bu boradagi tashkiliy chora-tadbirlar”, 2-bandi Yangi O‘zbekistonning “Ma’naviy taraqqiyot strategiyasi” va 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 30 oktyabrdagi 02-22/1182-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyat ma’naviy salohiyatining ma’naviy-ruhiy muhit, milliy g‘oya mavqei, ijodkorlar soni, kishilarning ma’naviy merosga munosabati, ma’naviy xavfsizlik mezonlari O‘zbekistonda ma’naviy salohiyatni ijtimoiy taraqqiyot manbaiga aylantirish imkoniyatlarini aniqlashga xizmat qilgan;
ma’naviy salohiyat mezonlari shaxs xulq-atvorining ijtimoiy manfaatlarga mosligi, ta’lim mazmuni va sifati optimalligi, mafkuraviy institutlar va madaniy-ma’rifiy tizim faoliyati, ilm-fan rivojining ijtimoiy ehtiyojlarga mutanosibligi, noyob san’at asarlariga ijtimoiy buyurtmaning qaror topganligi, milliy g‘ururning rivojlanganligi, ma’naviy xavfsizlik konsepsiyasining mavjudligi kabi omillar ta’sirida shakllanishiga oid ilmiy yangiliklar va takliflardan Inson huquqi madaniyati markazining Oliy Majlis jamoat fondining “Inson huquq va erkinliklariga amal qilinishi, har bir shaxsning qadr-qimmatini e’zozlash haqidagi tavsilotlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish” yo‘nalishi bo‘yicha “Inson huquqi himoyasi-matbuot e’tirofida” granti asosida hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining “Yoshlar o‘rtasida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatini targ‘ib qilishda ta’lim va huquqning o‘rni” loyihalarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Inson huquqi madaniyati markazining 2023 yil 24 oktyabrdagi 28-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlatning ma’naviy salohiyatini asrash va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga oid siyosatning asosiy vazifalari o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy-ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi eng samarali, maqbul usullari ekanligiga, insonlarning ushbu masalalar yuzasidan kerakli ma’lumotlarni olishiga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda ma’naviy salohiyat ma’naviy-ruhiy muhitning sog‘lomligi, jamiyat a’zolari madaniy saviyasining milliy va gumanistik xarakterga egaligi, milliy g‘oyaning shakllanganligi, ijodiy tafakkurga ega kishilar salmog‘i yuqoriligi, jahon darajasidagi ilmiy maktablar mavjudligi, ma’naviy yuksalishga undovchi adabiyot va san’at asarlari yaratish, ma’naviy merosga hurmat, ma’naviy xavfsizlik darajasi yuqoriligi bilan tavsiflanishiga oid nazariy mulohazalar va taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Buxoro” teleradiokanalining “Assalom Buxoro”, “Maxsus reportaj” va “Yoshlar siyosati amalda” ko‘rsatuvlari va dasturlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Buxoro” teleradiokanalining 2023 yil 11 oktyabrdagi 02-09-293 son ma’lumotnomasi). Natijada, davlatning ma’naviy salohiyatini asrash va yuksaltirishga oid siyosatning asosiy vazifalari, bugungi kunda insonlarni ma’naviy merosni asrash va kelgusi avlodlarga etkazish, xalqimizni, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy-ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash bo‘yicha teletomoshabinlarga kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatini berib, ko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligini ta’minlashga xizmat qilgan;
jamiyat ma’naviy salohiyatini ijtimoiy taraqqiyot manbaiga aylantirishda davlatning uni yuksaltirishga qaratilgan (g‘oyaviy-ma’naviy omillar ta’sirini oshirish, yangi ma’naviy makonni barpo etish, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash) siyosatini takomillashtirish hamda ta’lim tizimi, aholi salomatligi, kambag‘allikni qisqartirish, yoshlarga oid davlat siyosati, xavfsiz va tinchliksevar davlat kabi ma’naviy salohiyat tamoyillari amal qilish zaruratifa doir nazariy xulosalar va va amaliy taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F-88 sonli “O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy taraqqiyotida tolerantlik tamoyilining tutgan o‘rni (qadimgi davrdan to hozirgi vaqtga qadar)” (2017-2020 yy) fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2023 yil 17 oktyabrdagi 04/11-6677-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyat ma’naviy salohiyati mezonlari va uni shakllantiruvchi omillar haqidagi nazariy xulosalar tegishli ta’lim yo‘nalishidagi o‘quv fanlari dasturlarini tayyorlashda nazariy manba sifatida xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish