Ochilova Nargiza Akramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Dehqon xo‘jaliklari va aholining tomorqa erlarida mahsulot etishtirish samaradorligini oshirish yo‘llari (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.04-“Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt1979
Ilmiy rahbar: Xamraeva Sayyora Nasimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD 03/29.12.2022.I.111.01
Rasmiy opponentlar: Xasanov Shavkat Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Sultanov Baxodir Fayzullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dehqon xo’jaliklari va aholining tomorqa erlarida mahsulot etishtirish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tomorqa er egalari va dehqon xo‘jaliklari innovatsion salohiyatini baholashning uslubiy yondashuvi hududning tuproq-iqlim sharoiti va ishlab chiqarishni tashkil qilish xususiyatlariga ko‘ra takomillashtirilib, unga ko‘ra innovatsion salohiyat “yuqori” (Shahrisabz, Kasbi, Yakkabog‘ tumanlari), “o‘rta” (Kitob, Dehqonobod, Qamashi, Koson, Nishon tumanlari) va “past” (Mirishkor tumani) darajalari asoslangan;
mahsulot ishlab chiqarish jarayonidagi ko‘chatchilik issiqxonasi, kichik texnika parki, sovutkichli omborxona, quritish, saralash va qadoqlash xizmatlarini qamrab olgan “Tomorqa xizmati” klasterini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
dehqon va tomorqa xo‘jaliklari faoliyatini barqaror rivojlantirishda agrobiznes kichik shakllarini va eko-korxonalarni ustuvor tashkil etish, ijtimoiy sheriklikka ko‘ra hamkorlikni jadal rivojlantirish hamda ishlab chiqarishning “Smart agriculture” modelining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Qashqadaryo viloyati ichki iste’mol hajmi, eksport hajmi va aholi bandligi ko‘rsatkichlariga ko‘ra dehqon xo‘jaliklari va tomorqa erlarida mahsulot ishlab chiqarishning 2024-2027-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dehqon xo‘jaliklari va aholining tomorqa erlarida mahsulot etishtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
hududning tuproq-iqlim sharoiti va ishlab chiqarishni tashkil qilish xususiyatlariga ko‘ra tomorqa er egalari va dehqon xo‘jaliklari innovatsion salohiyatini baholashning kslubiy yondashuvi takomillashtirilib, unga ko‘ra innovatsion salohiyat “yuqori”, “o‘rta” va “past” darajalari bo‘yicha takliflar O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi tomonidan “Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha Yo‘l Xaritani”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2023-yil 10-noyabrdagi 01/03-2309-son ma’lumotnomasi). Natijada Qashqadaryo viloyatida innovatsion salohiyat Shahrisabz, Yakkabog‘ va Kasbi tumanlarida “yuqori” (ISI≥13,7), Nishon, Koson, Qamashi, Kitob va Dehqonobod tumanlarida “o‘rta” (7,05<ISI<13,7) va Mirishkor tumanida “past” (ISI≤7,05)ga kshhra maisadli chora-tadbirlarni tashkil qilingan;
mahsulot ishlab chiqarish jarayonidagi ko‘chatchilik issiqxonasi, kichik texnika parki, sovutkichli omborxona, quritish, saralash va qadoqlash xizmatlarini qamrab olgan “Tomorqa xizmati” klasterini tashkil etish taklifi Qashqadaryo viloyati hokimining 2021-yil 24-dekabrdagi 730-4-0-Q/21-son va Shahrisabz tumani hokimining 2021-yil 20-maydagi 93-4-67-Q/21-son qarorlari bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2023-yil 10-noyabrdagi 01/03-2309-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif Qarshi tumanida “Dilziyo tomorqa xizmati”, Shahrisabz tumanida “Azamat Sattarov Garden Servic” MChJ va “Yashil kesh agrotomorqa” MChJ, Chiroqchi tumanida “Chiroqchi sifatli tomorqa xizmati ko‘rsatish” MChJ tomorqa xizmati klasterlari sinergetik samaradorligining 50-60 foizga oshishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
dehqon va tomorqa xo‘jaliklari faoliyatini barqaror rivojlantirishda agrobiznes kichik shakllarini va eko-korxonalarni ustuvor tashkil etish, ijtimoiy sheriklikka ko‘ra hamkorlikni jadal rivojlantirish hamda ishlab chiqarishning “Smart agriculture” modelining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi taklifi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining tizim tashkilotlari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2023-yil 10-noyabrdagi 01/03-2309-son ma’lumotnomasi). Natijada Qarshi, Koson va Nishon tumanlarida innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish asosida dehqon xo‘jaliklari va aholining tomorqa erlarida dehqonchilik mahsulotlari etishtirishning iqtisodiy ko‘rsatkichi 40-50% oshgan;
Qashqadaryo viloyati ichki iste’mol hajmi, eksport hajmi va aholi bandligi ko‘rsatkichlariga ko‘ra dehqon xo‘jaliklari va tomorqa erlarida mahsulot ishlab chiqarishning 2024-2027-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlaridan “Qashqadaryo viloyatini 2023-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2023-yil 10-noyabrdagi 01/03-2309-son ma’lumotnomasi). Taklifning joriy qilinishi ichki imkoniyatlardan maqsadli foydalanishga ko‘ra dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er maydonlarida mahsulot ishlab chiqarish hajmini 2027-yilga 46 foizga ko‘payishga muayyan darajada xizmat qilgan.