Yusupxodjaeva Gulchehra Baxadirxodjaevnaning
iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog'i nomi): “O‘zbekiston avtotransport korxonalarining barqaror rivojlanish uslubiyatini takomillashtirish”, 08.00.03 - Sanoat iqtisodiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Iqt343.
Ilmiy maslahatchi: Allaeva Gulchexra Jalgasovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.I.03.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi  akademigi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qodirov Abdurashid Madjidovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Iskenderov Axmet Maksetbaevich, texnika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi sanoatning yetakchi industrial tarmog‘i bo‘lgan O‘zbekiston transport tizimida korxonalarni barqaror rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy avtotransport tizimini barqaror rivojlantirishni baholash uslubiy yondashuvi yo‘l transporti markazlari barqarorligi, ishlab chiqarishga raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni joriy etish darajasi va sohaning jahon bozoridagi raqobatbardoshligiga ko‘ra takomillashtirilgan;
“Avtomobil yo‘llar qo‘mitasi” avtotransport korxonalarini barqaror rivojlantirishda asosiy ishlab chiqarish fondlari(AIChF=0,2%), parkning texnik tayyorlik koeffisienti (0,98/1,03%), mahsulot rentabelligi (23/0,98%)ni tashkil qilishini hisobga olgan holda intellektual texnologiyalar asosida markazlashtirilgan transport tizimi takomillashtirildi;
“Avtomobil yo‘llar qo‘mitasi” tasarrufidagi korxonalarda ishlab chiqarish samaradorlik ko‘rsatkichlarining istiqbollashtirilgan 2024-2035 yillar uchun strategik prognoz qiymatlari ilmiy asoalangan;
transport sanoati korxonalari barqaror faoliyatining asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini 2027-yilga qadar istiqbolli strategik yo‘nalishlarining yagona milliy avtotransport tizimi operatorini yaratishning prognoz qiymatlari (STTXH=0,984, TXKIX=0,789) shakllantirilgan;
transport manbalari ulushining ortishini hisobga olgan holda transport logistika markazlarini barqaror strategik rivojlantirishni 2035 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika majmuasi korxonalarini barqaror rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi huzuridagi “Avtomobil yo‘llar qo‘mitasi” faoliyatiga raqamli ko‘rsatkichlar darajasini va transport-logistika markazlarining reyting shkalasini hisobga olgan holda yo‘l transport infratuzilmasi obektlarini samarali boshqarish imkonini beruvshi “IT profile” texnologiyasi joriy etildi. (O‘zbekiston Respublikasi transport
vazirligi huzuridagi “Avtomobil yo‘llar qo‘mitasi” tasarrufidagi “Toshkent viloyati yo‘llardan muntazam foydalanshi” davlat muassasasidagi transport vositalarida korxonada 2022-yilda salt yurish masofasini qisqartirish hisobiga yoqilg‘i harajatlari  3% ga tejalganligi natijasida korxonaning iqtisodiy barqarorlik ko‘rsatkichi saqlab qolingan (2023-yil 10- oktyabrdagi 02-3181-sonli ma’lumotnomasi);
 raqamli ko‘rsatkichlar darajasini va transport-logistika markazlarining reyting shkalasini hisobga olgan holda, avtomobil transporti infratuzilmasi obektlarini samarali boshqarish imkonini beruvshi “IT profile” texnologiyasi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilik asosida  “Toshkent ko‘priklardan foydalanish” davlat muassasasining texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlari barqarorligi ta’minlanib, natijada doimiy harajatlar miqdori o‘zgarmagan, barqarorlik ko‘rsatkichi yillik o‘rtacha 0,2 foizga erishilgan (2023-yil 10-oktyabrdagi 02-3181-sonli ma’lumotnomasi);
iqtisodiy-matematik modellardan foydalanish, yo‘l-transport sanoati korxonalari barqaror faoliyatining asosiy ishlab chiqarish parametrlarini prognoz qilish asosida yagona milliy transport tizimi operatorini yaratishning tashkiliy - iqtisodiy mexanizmi ishlab chiqilgan (2023-yil 10-oktyabrdagi 02-3181-sonli ma’lumotnomasi);
ishlab chiqarish zanjirini (jarayonini) optimallashtirish imkonini beruvchi “elestron seal” texnologiyasidan foydalanish asosida transport korxonalarini barqaror rivojlantirishning takomillashtirilgan modeli taklif etildi va buning natijasida avtomobil transporti korxonasi raqobat salohiyatini boshqarishning ekonomertik modeli asosida ITT dan foydalanishning asosiy tamoyillari ishlab chiqilganligi natijasida boshqaruv harajatlari 8 foiz, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash harajatlari 5 foiz  iqtisod qilingan (2023-yil 27-sentyabrdagi 130-U  sonli ma’lumotnoma);
yo‘l transport korxonalariga intellektual transport tizimlarini joriy etish va Milliy global navigatsiya tizimini 4 ta davlat sun’iy yo‘ldoshlari integratsiyalashuvini (GPS, (AQSh), Galileo (Evropa Ittifoqi) Beydou(Xitoy) va GLONASS (RF)) asosida korxonalarini baqaror rivojlanish metodologiyasi taklif etilgan. Ilmiy yangilik asosida UZJPS platformasi intellektual transport tizimlaridan foydalanish hisobiga harakatlanuvchi tarkibning monitoring tizimi, tashish jarayonlarini masofadan boshqarish va monitoring qilish natijasida transport vositalaridan maqsadli foydalanmaslik, ularning turib qolishi holatlari va yoqilg‘i isrofgarchiliklarini oldini olish hisobiga tashish tannarxi 6-7% ga pasaygan. Kuzatilgan 58 ta engil avtomobillar misolida 2022-yil bo‘yicha 24,3 mln so‘mlik ekspluatatsion harajatlar tejalgan (2023-yil 27-sentyabrdagi 130-U sonli ma’lumotnoma).
 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish