Samadov Abduqaxxor Abduraxmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda nefrotik sindromda oshqozon-ichak trakti o‘zgarishlarining xususiyatlari” 14.00.09 - Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2020.3.PhD/Tib1417
Ilmiy raxbar: Bobomuratov Turdiqul Akramovich tibbiyot fanlari doktori, professor;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi. IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti: DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Rustamov Mardonqul Rustamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Furqat Muxiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nefrotik sindrom bilan kasallangan bolalarda ovqat hazm qilish tizimining klinik va funksional holatini baholash hamda oshqozon-ichak shilliq qavatidagi o‘zgarishlarni erta tashxislashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 ilk bor nefrotik sindrom bilan xastalangan bolalarda  steroidga sezgirligi mavjudligi, tez-tez qaytalanuvchi shakli va  steroid gormonlarga qaramlik darajasini inobatga olgan holatda oshqozon ichak trakti shilliq qavati o‘zgarishlarining kechish dinamikasini o‘ziga xosligi ilmiy jihatdan asoslangan;
nefrotik sindrom kuzatilgan bolalarda oshqozon-ichak traktidagi o‘zgarishlar, kasallikning kechishi, davomiyligi, og‘irlik darajasi, glyukokortikosteroidlar bilan davolanish davomiyligi va Helicobacter pylori bilan zararlanish darajasiga bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor nefrotik sindromga chalingan bolalarda oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak shilliq qavatlaridagi  o‘zgarishlar pepsinogen I, pepsinogen ІI va pepsinogenlar I/ІI  nisbatlarini tahlil qilish orqali isbotlangan;
bolalarda nefrotik sindromda oshqozon-ichak shilliq qavatidagi o‘zgarishlarni kam invaziv usullar yordamida erta tashxislash  takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2023 yil 23 noyabr` 13-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor nefrotik sindrom bilan xastalangan bolalarda  steroidga sezgirligi mavjudligi, tez-tez qaytalanuvchi shakli va  steroid gormonlarga qaramlik darajasini inobatga olgan holatda oshqozon ichak trakti shilliq qavati o‘zgarishlarining kechish dinamikasini o‘ziga xosligi ilmiy jihatdan  asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi  bo‘yicha 2023 yil 6 iyundagi 63-sonli buyruq bilan, Toshkent viloyati Toshkent tuman tibbiyot birlashmasi shifoxonasi bo‘yicha 2023 yil 26 sentyabrdagi 3191-10-212-TB/2023-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: nefrotik sindrom bilan xastalangan bolalarda  steroidga sezgirligi mavjudligini, tez-tez qaytalanuvchi shakli va  steroidga  qaramlik darajasini inobatga olgan holatda oshqozon ichak trakti shilliq qavati o‘zgarishlarining dinamikasini o‘ziga xosligini o‘rganish, kasallanish darajasini kamaytirish, erta tashxislash va bashoratlash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi:nefrotik sindrom bilan kasallangan bolalarning oshqozon ichak trakti shilliq qavati o‘zgarishlarining aniqlash uchun 114000 sum sarflansa 40 nafar bemor bolalar hisobidan umumiy 4 560 000 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: nefrotik sindrom bilan xastalangan bolalarda “Bolalarda nefrotik sindromda ovqat hazm qilish traktining morfofunksional  holatini aniqlash” bo‘yicha dasturiy ta’minot yordamida oshqozon ichak trakti shilliq qavati o‘zgarishlarini aniqlash natijasida, 1 nafar bolaning 1 marta tekshirish hisobiga byudjet mablag‘larini 114 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: nefrotik sindrom kuzatilgan bolalarda oshqozon-ichak traktidagi o‘zgarishlar, kasallikning kechishi, davomiyligi, og‘irlik darajasi, glyukokortikosteroidlar bilan davolanish davomiyligi va Helicobacter pylori bilan zararlanish darajasiga bog‘liqligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi  bo‘yicha 2023 yil 6 iyundagi 63-sonli buyruq bilan, Toshkent viloyati Toshkent tuman tibbiyot birlashmasi shifoxonasi bo‘yicha 2023 yil 26 sentyabrdagi 3191-10-212-TB/2023-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: nefrotik sindrom bilan xastalangan bolalarning Helicobacter pylori bakteriyasi bilan zararlanishini invaziv bo‘lmagan  XILEK –test usulida aniqlash, oshqozon ichak traktidagi o‘zgarishlarni erta tashxislash, dinamik kuzatish va oldini olish yo‘li bilan salomatlik indeksini yaxshilash, parxezli ovqatlantirish, parvarish qilish va bashoratlash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: nefrotik sindrom bilan xastalangan bolalarda XILEK –test usulida  Helicobacter pylori bilan zararlanishini aniqlash, oshqozon ichak trakti shilliq qavatida o‘zgarishlarni erta tashxislash bolalarning shifoxonada bo‘lish vaqtini minimal 3 kunga qisqarishi hisobiga (bir kunlik 130 000 so‘mni tashkil qilsa) 390 000 so‘m iqtisod qilingan. Shifoxonada umumiy 40 nafar bemor bola uchun 15 600 000  so‘m mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: nefrotik sindrom bilan xastalangan bolalarning Helicobacter pylori bilan zararlanishini oldini olish yo‘li bilan salomatlik indeksini yaxshilash, parxezli ovqatlantirish va parvarish qilishda taklif etilgan algoritm va kompleks yondashuvdan foydalanish nefrotik sindrom bilan kasallangan bolalarda oshqozon ichak traktidagi patologiyalarni erta tashxislash va bashoratlash hamda  statsionar sharoitida 1 nafar bemor bola uchun 1 kuni hisobiga byudjet mablag‘larini 130 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor nefrotik sindromga chalingan bolalarda oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak shilliq qavatlaridagi  o‘zgarishlar pepsinogen I, pepsinogen ІI va pepsinogenlar I/ІI  nisbatlarini tahlil qilish orqali isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi  bo‘yicha 2023 yil 6 iyundagi 63-sonli buyruq bilan, Toshkent viloyati Toshkent tuman tibbiyot birlashmasi shifoxonasi bo‘yicha 2023 yil 26 sentyabrdagi 3191-10-212-TB/2023-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: nefrotik sindrom bilan xastalangan bolalarning oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak shilliq qavatlarida o‘zgarishlarni aniqlash uchun ezofagogastroduodenoskopiya usulini bolalarda qo‘llash murakkabligi, asoratlarining ko‘pligi, bolalarning va ota-onalarning tekshirishga rozi bo‘lmasligi, malakali mutaxasislarning kamligi va boshqa qarshi ko‘rsatmalarni bo‘lishi sababli bu tekshirish usulini qo‘llash imkoniyati kamroq shu sababli kam invaziv usulda qon zardobidan pepsinogen I, pepsinogen ІI va pepsinogenlar I/ІI  nisbatlarini  tahlil qilish orqali  oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak shilliq qavatlaridagi  o‘zgarishlarning rivojlanishini erta tashxislash va bashoratlash sifati yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: nefrotik sindromga chalingan bolalarda oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak shilliq qavatlari o‘zgarishlarlarni aniqlash uchun 1 martalik ezofagogastroduodenoskopiya tekshirish usuli uchun 114 000 so‘m sarflansa, qon zardobidan imunoferment tahlil usulida pepsinogen I, pepsinogen ІI va pepsinogenlar I/ІI  nisbatlarini tahlil qilish uchun 84000 so‘m sarflanib, har bir bemordan bir marta tekshirish uchun 30000 iqtisod qilishga erishilgan va 40 nafar bemor bolalarga tekshirish uchun 1200 000 so‘m  byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: nefrotik sindrom bilan xastalangan bolalarning oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak shilliq qavatlarida o‘zgarishlarni aniqlash  1 nafar bemor bola uchun 1 marta tekshirish  hisobiga byudjet mablag‘larini 30000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik:  bolalarda nefrotik sindromda oshqozon-ichak shilliq qavatidagi o‘zgarishlarni kam invaziv usullar yordamida erta tashxislash  takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi  bo‘yicha 2023 yil 6 iyundagi 63-sonli buyruq bilan, Toshkent viloyati Toshkent tuman tibbiyot birlashmasi shifoxonasi bo‘yicha 2023 yil 26 sentyabrdagi 3191-10-212-TB/2023-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: nefrotik sindrom bilan xastalangan bolalarda oshqozon-ichak shilliq qavatidagi o‘zgarishlarni kam invaziv usullar yordamida erta tashxislash orqali, bolalarda uzoq vaqt davomida glukokortikosteroidlar bilan davolanish natijasida ovqat xazm qilish traktining o‘zgarishlarining rivojlanishi va bolalarni sog‘lomlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan yangi ilmiy asoslangan texnologiyalar keng miqyosda qo‘llanilishi orqali nefrotik sindrom rivojlanish xavfi va asoratlarini tashxislash va bashoratlash sifati yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: nefrotik sindrom bilan xastalangan bolalarda oshqozon-ichak shilliq qavatidagi o‘zgarishlari kam invaziv usullar: Ishlab chiqilgan dasturiy ta`minot yordamida  oilaviy poliklinikaga 1 kunlik qatnov uchun byudjet mablag‘laridan 60000 so‘m iqtisod qilingan bo‘lsa, ezofagogastroduodenoskopiya tekshirish usuli o‘rniga (114000 so‘m),  imunoferment tahlil usulida pepsinogen I, pepsinogen ІI va pepsinogenlar I/ІI  nisbatlarini tahlil qilish (84000 so‘m) orqali 30000so‘m va statsionar sharoitida 1 nafar bemor bola uchun 1 kuni hisobiga 130000 so‘m  byudjetdan tasqari mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: bolalarda nefrotik sindromda oshqozon-ichak shilliq qavatidagi o‘zgarishlarni kam invaziv usullar yordamida erta tashxislashni  takomillashtirish natijasida oilaviy poliklinikaga 1 kunlik qatnov uchun 60000 so‘m,  ezofagogastroduodenoskopiya tekshirish usulini, imunoferment tahlil usuliga almashtirish orqali, 30000 so‘m, shifoxonada bo‘lish vaqtini minimal 3 kunga qisqarishi hisobiga 390 000 so‘m, jami har bir nefrotik sindrom bilan kasallangan va ovqat xazm qilish traktining o‘zgarishlari kuzatilgan bolalarda 480000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.
Bolalarda nefrotik sindromda ovqat hazm qilish traktida o‘zgarishlarni tashxislash  asosida «Bolalarda nefrotik sindromda me’da va o‘n ikki barmoq ichak buzilishlarining morfofunksional xususiyatlari»: mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasini tasdiqlash uchun Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022-yil 15- dekabr 03-5354 – sonli xati yuborilgan. O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan (28.12.2022, 8n-r/1577)  tasdiqlangan.
Samadov Abduqaxxor Abduraxmonovich tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)  ilmiy darajasini (14.00.09 – Pediatriya) olish uchun “Bolalarda nefrotik sindromda oshqozon-ichak trakti o‘zgarishlarining xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiya tadqiqoti natijalarining sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023-yil 26- sentyabr 09-08374 – sonli xati yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish