Xayitov Laziz Milionerovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingalyasiya shikastlanishga tashxis qo‘yish va davolashni takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2544.
Ilmiy rahbar: Xakimov Erkin Abduxalilovich, tibbiyot fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022 Tib 93.01.
Rasmiy opponentlar: Safoev Baqodir Barnoevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Manzur Axmad Mir, tibbiyot fanlari doktori, professor (Hindiston).
Yetakchitashkilot: V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
II. Tadqiqotning maqsadi: traxeobronxial daraxtning termoingalatsion zararlanishi bilan asoratlangan, olovdan og‘ir kuyish jarohat olgan bemorlarni diagnostikasi va davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kuyish kasalligida termoingalatsion zararlanishini og‘irligini erta tashxislash va olovdan og‘ir kuyish jarohati bo‘lgan bemorlarda prognostik mezonlarini aniqlashda, fibrobronxoskopiya paytida olingan traxeobronxial daraxt shilliq qavatining bioptatlarda xemilyuminessent tahlil usuli yuqori informativligi isbotlangan;
og‘ir kuygan bemorlarda ingalatsion zararlanishining og‘irlik darajasi, chuqurligi va tarqalishini bog‘liq holda sanatsion fibrobronxoskopiyaning ishlab chiqilgan algoritmi qo‘llanilgan holda uning yuqori samaradorligi asoslangan;
tavsiya etilgan algoritm bo‘yicha dasturlashtirilgan sanatsion fibrobronxoskopiyadan konservativ terapiya bilan birgalikda foydalanish nafas olish tizimida kelib chiqadigan ingaliyasion zararlanish og‘ir asoratlarni kamaytirishi isbotlangan;
og‘ir kuygan bemorlarda ingalatsion zararlanishida o‘tkaziladigan sanatsion fibrobronxoskopiyani to‘xtatish mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspert kengashining 2023 yil 13noyabr` №66 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: tadqiqot natijalarining ilmiy axamiyati shu bilan belgilanadiki, bunda olingan natijalar, xulosalar va tavsiyalar olovdan og‘ir kuygan bemorlarda, ingalyasion zararlanishlarda yuqori nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini traxeobronxial asoratlarini kamaytirish va asoratlarini oldindan kompleks profilaktik amaliy muolajalarni olib borishdan iborat bo‘ldi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Og‘ir kuygan bemorlarda  yuqori nafas  yo‘llarining ingalatsion zararlanishlarni vaqtida aniqlash, traxeobronxial daraxtining funksional holatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida “Termik zararlanish bilan jabrlanganlarda nafas yo‘llari zararlanishini davolash” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 9 yanvardagi 8n-r/53-son ma’lumotnomasi). “Keksa va qariyalarda kuyish jaroxtlarini maxalliy davolashni optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 9 yanvardagi 8n-r/54-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Ingalyasion shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda, nafas olish yo‘llarining yiringli asoratlarini oldini olishga qaratilgan sanatsion fibrobronxoskopiyani o‘tkazish uchun tavsiya etilgan algoritmdan foydalanish, yiringli traxeobronxit, erta zotiljam va ushbu patologiyalar sababli yuzaga keladigan  o‘lim holatlarini kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: dasturlashtirilgan sanatsion fibrobronxoskopiya algoritimi va takomillashgan uslublarda jabrlanuvchilarni qo‘shimcha tekshirish, dori-darmon, birlamchi bog‘lov materiallari va mutaxassislar maslahatini talab etmasligi natijasida, bemorlarni shifoxonada yotish vaqti 30-35 kundan 25 kungacha qisqarishi hisobiga, bir sutkada 400,000 ming so‘mni iqtisod qilishga erishilgan (Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining preyskurantiga ko‘ra bunday bemorlarni an’anaviy usulda davolash bir sutkada 750,000-800,000 ming so‘mni tashkil qiladi). Xulosa:  Tadqiqot natijalarining ilmiy axamiyati shu bilan belgilanadiki, bunda olingan natijalar, xulosalar va tavsiyalar ingalyasion shikastlanishlarda yuqori nafas yo‘llarining traxeobronxial asoratlarini kamaytirish va asoratlarini oldindan kompleksli profilaktik amaliy muolajalarni olib borishdan iborat.Bundan tashqari, bu pnevmoniya va atelektaz rivojlanishini statistik jihatdan sezilarli darajada kamaytirish kuzatildi. Shunday qilib, dasturlashtirilgan FBS dan foydalanish nazorat guruhiga nisbatan asosiy guruhda o‘limni ko‘rsatgichi jihatdan sezilarli darajada 93,7% dan 68,4% gacha kamayishi bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Ingalyasiya  shikastlanishiga tashxis qo‘yish va davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 08 noyabrdagi № 12829-sonli xati yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: og‘ir kuyish jarohati olgan bemorlarda termoingalyasion zararlanish og‘irligiga qarab dasturlashtirilgan sanatsion FBS ni o‘tkazish uchun tavsiya etilgan algoritmni qo‘llash yiringli traxeobronxit sonini nazorat guruhida 38,1% dan asosiy guruhda 14,0% gacha statistik jihatdan sezilarli darajada kamaytirishga erishildi.Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur uslubiy tavsiyanoma kuygan bemorlarda yuqori nafas yo‘llarining funksiyasi buzilishi va uning oqibatida kelib chiqadigan asoratlari oldini olish orqali kuyish kasalligi davolash natijalarini yaxshilash imkonini bergan kuyganlarda traxeobronxial  zararlanishlari klinik-diagnostik asoslari va ularni davolashni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo va Jizzax filiallari klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 7 sentyabr 46-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar og‘ir kuyganlarda ingalatsion  zararlanishda traxeobronxial  sohaning yiringli jarayonlari, nafas o‘tkazuvchanligining buzilishi qon ketishlari  diagnostikasi, davolash va profilaktikasini takomillashtirishga  imkon bergan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: traxeofibrobronxoskopiya paytida olingan, traxeobronxial daraxt shilliq qavati bioptatlari tahlilini xemilyuminesent usuli yordamida o‘tkazish ingalyasion zararlanishlarda yiringli traxeobronxit kelib chiqishini erta prognozlash, bu esa yiringli traxeobronxit kelib chiqishini oldini olishga qaratilgan intensiv davolash muolajalarni o‘z vaqtida boshlash imkonini berdi; Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: dasturlashtirilgan sanatsion fibrobronxoskopiya algoritimi va takomillashgan uslublarda jabrlanuvchilarni qo‘shimcha tekshirish, dori-darmon, birlamchi bog‘lov materiallari va mutaxassislar maslahatini talab etmasligi natijasida, bemorlarni shifoxonada yotish vaqti 30-35 kundan 25 kungacha qisqarishi hisobiga, bir sutkada 400,000 ming so‘mni iqtisod qilishga erishilgan (Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining preyskurantiga ko‘ra bunday bemorlarni an’anaviy usulda davolash bir sutkada 750,000-800,000 ming so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: Bronxial yuvish suyuqligi va brash-bioptatlarining hujayra tarkibini sitologik diagnostikasi ingalyasion zararlanishda nafas yo‘llarini endoskopik tekshirish usullariga muhim qo‘shimcha bo‘lib, nafas yo‘llarining shilliq qavatining zararlanish darajasini baholashda fibrobronxoskopiyaning diagnostik imkoniyatlarini kengaytiradi va ingalyasion zararlanishning asoratlarini prognoz qilishga yordam beradi.Ilmiyyangilikdankengaytirilganholdafoydalanishi:«Ingalyasiya shikastlanishga tashxis qo‘yish va davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 08 noyabrdagi № 12829-sonli xati yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: pnevmoniya va atelektaz rivojlanishini statistik jihatdan sezilarli darajada kamaytirish kuzatildi. Shunday qilib, dasturlashtirilgan FBS dan foydalanish nazorat guruhiga nisbatan asosiy guruhda o‘lim ko‘rsatgichi jihatdan sezilarli darajada 93,7% dan 68,4% gacha kamayishi bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Og‘ir kuygan bemorlarda  yuqori nafas  yo‘llarining ingalatsion zararlanishlarni vaqtida aniqlash, traxeobronxial daraxtining funksional holatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida “Termik zararlanish bilan jabrlanganlarda nafas yo‘llari zararlanishini davolash” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 9 yanvardagi 8n-r/53-son ma’lumotnomasi). “Keksa va qariyalarda kuyish jaroxtlarini maxalliy davolashni optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 9 yanvardagi 8n-r/54-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kombinirlangan ogʼir kuygan bemorlarda nafas yo‘llaridagi yiringli asoratlarni oldini olishga qaratilgan taklif qilingan sanatsion traxeofibrobronxoskopiyaning qoʼllanish algoritmidan foydalanilgan holda, mazkur patologiyada yiringli traxeobronxit kelib chiqishi va o‘lim sonini kamaytirishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: dasturlashtirilgan sanatsion fibrobronxoskopiya algoritimi va takomillashgan uslublarda jabrlanuvchilarni qo‘shimcha tekshirish, dori-darmon, birlamchi bog‘lov materiallari va mutaxassislar maslahatini talab etmasligi natijasida, bemorlarni shifoxonada yotish vaqti 30-35 kundan 25 kungacha qisqarishi hisobiga, bir sutkada 400,000 ming so‘mni iqtisod qilishga erishilgan (Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining preyskurantiga ko‘ra bunday bemorlarni an’anaviy usulda davolash bir sutkada 750,000-800,000 ming so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: kobinirlanganog‘ir kuyish jarohati olgan bemorlarda ingalatsion jarohatlanish og‘irligiga qarab dasturlashtirilgan sanatsion FBS ni o‘tkazish uchun tavsiya etilgan algoritmni qo‘llash yiringli traxeobronxit chastotasini nazorat guruhida 38,1% dan asosiy guruhda 14,0% gacha statistik jihatdan sezilarli darajada kamaytirishga erishildi. Bundan tashqari, bu pnevmoniya va atelektaz rivojlanishini statistik jihatdan sezilarli darajada kamaytirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi:«Ingalyasiya shikastlanishga tashxis qo‘yish va davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 08 noyabrdagi № 12829-sonli xati yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: traxeofibrobronxoskopiya paytida olingan, traxeobronxial daraxt shilliq qavati bioptatlari tahlilini xemilyuminesent usuli yordamida o‘tkazish ingalyasion zararlanishlarda yiringli traxeobronxit kelib chiqishini erta prognozlash, bu esa yiringli traxeobronxit kelib chiqishini oldini olishga qaratilgan intensiv davolash muolajalarni o‘z vaqtida boshlash imkonini berdi; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur uslubiy tavsiyanoma kuygan bemorlarda yuqori nafas yo‘llarining funksiyasi buzilishi va uning oqibatida kelib chiqadigan asoratlari oldini olish orqali kuyish kasalligi davolash natijalarini yaxshilash imkonini bergan kuyganlarda traxeobronxial zararlanishlari klinik-diagnostik asoslari va ularni davolashni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo va Jizzax filiallari klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 7 sentyabr 46-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar og‘ir kuyganlarda ingalyasion  zararlanishda traxeobronxial  sohaning yiringli jarayonlari, nafas o‘tkazuvchanligining buzilishi, qon ketishlari  diagnostikasi, davolash va profilaktikasini takomillashtirishga  imkon bergan.Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: og‘ir kuyish jarohati bo‘lgan bemorlarda shifoxonaga yotqizilganidan keyingi dastlabki soatlarda fibrobronxoskopiyani o‘tkazish ingalyasion zararlanish mavjudligini 100% tasdiqlash imkonini beradi va traxeobronxial daraxtning ingalyasion zararlanish og‘irligi va tarqalishini to‘g‘ri baholash imkoniyatini mos ravishda, shu munosabat bilan patologiyaning tabiatini aniqroq tashxislash uchun dinamikada fibrobronxoskopiya o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘lgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi dasturlashtirilgan sanatsion fibrobronxoskopiya algoritimi va takomillashgan uslublarda jabrlanuvchilarni qo‘shimcha tekshirish, dori-darmon, birlamchi bog‘lov materiallari va mutaxassislar maslahatini talab etmasligi natijasida, bemorlarni shifoxonada yotish vaqti 30-35 kundan 25 kungacha qisqarishi hisobiga, bir sutkada 400,000 ming so‘mni iqtisod qilishga erishilgan (Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining preyskurantiga ko‘ra bunday bemorlarni an’anaviy usulda davolash bir sutkada 750,000-800,000 ming so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: tavsiya etilgan algoritm bo‘yicha dasturlashtirilgan sanatsion fibrobronxoskopiyalaridan konservativ terapiya bilan birgalikda foydalanish nazorat guruhidagi o‘limni statistik jihatdan 93,7% dan asosiy guruhda 68,4% gacha kamaytirishga muvofaq bo‘lindi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanilishi:  foydalanishi: «Ingalyasiya shikastlanishga tashxis qo‘yish va davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 08 noyabrdagi № 12829-sonli xati yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish