Primova Gulra’no Abdumannapovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eksperimental qandli diabet ta’sirida naysimon suyaklarning postnatal rivojlanish xususiyatlari», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1322.
Ilmiy rahbar: Rasulov Hamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Ahmedova Sayyora Muxamadovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Shatmanov Suynali Toktonazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qirg‘iz Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: eksperimental qandli diabet ta’sirida naysimon suyaklarning morfologik o‘sish va rivojlanish dinamikasini postnatal ontogenez bosqichlarida baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qandli diabet chaqirilgan xomiladorlikdan tug‘ilgan avlodlar naysimon suyaklarining antinatal shakllanish xususiyatlari morfologik va morfometrik tahlil qilinib, homiladorlik davridagi eksperimental qandli diabetning tug‘ilgan avlod naysimon suyaklari suyaklanishi va postnatal o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
nazorat, diabet va davolangan diabet fonida rivojlangan avlodlar guruhlarida naysimon suyaklarining organometrik ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, ilk bor gomologik qator tuzilgan hamda naysimon suyaklarning postnatal rivojlanishiga antinatal davrdagi giperglikemiyaning nojo‘ya ta’siri isbotlangan;
naysimon suyaklarda metaepifizar zona hujayralarning postnatal differensiallashishi, tog‘ay matriksining tarkib topishi va funksional o‘zgarishlari sur’atining orqada qolishi EQD fonida chuqur namoyon bo‘lishi, korreksiyalangan kalamushlar avlodida esa nazorat guruhi morfologik rivojlanishiga yaqin ijobiy o‘zgarishlar aniqlangan;
qandli diabet ta’sirida rivojlangan avlodda o‘suvchi zona tog‘ay qatlamlari morfometrik ko‘rsatkichlarining sezilarli pasayishi, mukammal suyak arxitektonikasi shakllanishining kechikishi, xondrotsit ustunchalari va ulardagi hujayra soni kabi parametrlarning kamayishi hamda aktrapid bilan korreksiya qilinganda naysimon suyaklarning postnatal rivojlanishi va o‘sish plastinkasi tog‘ayi proliferasiyasining mo‘’tadillashishiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 6 dekabrdagi 03/133-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish buyicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2023 yil 6 noyabrdagi 03/2373-sonli xati taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: qandli diabet chaqirilgan xomiladorlikdan tug‘ilgan avlodlar naysimon suyaklarining antinatal shakllanish xususiyatlari morfologik va morfometrik tahlil qilinib, homiladorlik davridagi eksperimental qandli diabetning tug‘ilgan avlod naysimon suyaklari suyaklanishi va postnatal o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangani Andijon viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarning reabilitasiya qilish va protezlash markazi bo‘yicha (05.07.2023 y.; №21) hamda Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (05.07.2023 y.; №31/4-I/CH) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qandli diabet ta’sirida postnatal ontogenezda yuzaga keladigan organizmning tayanch-harakat tizimidagi patologik jarayonlar, xususan naysimon suyaklar deformasiyalarining murakkab mexanizmini ochishda o‘suvchi organizmdagi naysimon suyaklar o‘sish zonalari va uning tarkibiy o‘zgarishlarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Olingan natijalar yordamida homiladorlik erta to‘xtamasligini, avlodlarda kelib chiqadigan patologiyalarni oldini olib, qandli diabet bilan og‘rigan ayollarga ham sog‘lom farzandalarning onasi bo‘lish imkonini yaratib, ularning ijtimoiy ahvolini yaxshilashga erishiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) avlodlarda qandli diabet fonida kelib chiqadigan o‘zgarishlarni morfologik tahlil qilish va me’yoriy ko‘rsatkichlar bilan solishtirish, ularning tayanch-harakat tizimida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nuqsonlarni kamayishiga olib kelishi, va buning natijasi sifatida davolash uchun sarflanadigan xarajatlarni 40-45% ga kamaytirishga erishilgan; 2) homilador onalarda prenatal davrda qandli diabetni vaqtida aniqlash va uni korreksiya qilish, homiladorlikni to‘g‘ri olib borish  hisobiga ko‘p xarajatli va ko‘p vaqt talab qiluvchi tekshiruv usullarini qo‘llashga ehtiyojni, hamda sarflanadigan xarajatlarni kamaytiradi. Xulosa: urg‘ochi kalamushlarda eksperimental qandli diabet modelini keltirib chiqarish va ularning avlodlarida kelib chiqadigan o‘zgarishlarni o‘rganishda yuqorida keltirilgan tekshiruv usullaridan foydalanish natijasida qandli diabet bilan og‘rigan onalardan tug‘ilgan bolalarda tug‘ma nuqsonlar bilan tug‘ilish xavfini kamaytirib, tug‘ilishi mumkin bo‘lgan 1 nafar nuqsonli bola hisobiga byudjet mablag‘larini 25000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: nazorat, diabet va davolangan diabet fonida rivojlangan avlodlar guruhlarida naysimon suyaklarining organometrik ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, ilk bor gomologik qator tuzilgan hamda naysimon suyaklarning postnatal rivojlanishiga antinatal davrdagi giperglikemiyaning nojo‘ya ta’siri isbotlangani Andijon viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarning reabilitasiya qilish va protezlash markazi bo‘yicha (05.07.2023 y.; №21) hamda Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (05.07.2023 y.; №31/4-I/CH) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: keltirilgan organometrik va morfologik tahlillarning natijalari, taklif etilgan algoritmlar gestoz diabetga kompleks yondashuvdan foydalanish, ulardan tug‘iladigan avlodlar naysimon suyaklarida, ya’ni qo‘l va oyoqlarida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan deformasiyalarni oldini olib, aholining ijtimoiy ahvolini yaxshilanishiga erishiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) qandli diabet ta’sirida avlodlarda naysimon suyaklarni organometrik o‘rganish, metaepifizar zonasi xujayralari morfologiyasini tadqiq etish, ularda kelib chiqadigan o‘zgarishlarni va ko‘rsatkichlarni me’yor bilan tahlil qilib solishtirish, avlodlarda rivojlanadigan nuqsonlarni hamda xavf guruxi omillarini  kamayishiga olib kelishi hisobiga, ularni diagnostika qilish  uchun sarflanadigan xarajatlarni 30% ga kamaytirishga erishiladi. 2) naysimon suyaklar deformasiyalari belgisini rentgen, MRT, KT suratlarda tashxislash uchun maxsus malaka oshirgan shifokorlarga ehtiyoj yo‘qligi, ya’ni travmatolog-ortopedlar, pediatrlar, oilaviy shifokorlar tomonidan aniqlanishi mumkinligi isbotlanib, yangi kadr tayorlashga ortiqcha xarajatlar sarflanmasligi hisobiga iqtisod qilishga erishiladi. Xulosa: qandli diabet ta’sirida avlodlarda qo‘l va oyoq naysimon suyaklari o‘sish sur’ati pasayishi va deformasiyalar kelib chiqishi isbotlangan, yangi tug‘ilgan chaqaloqning tug‘ruqdan keyingi davrda qo‘shimcha tekshiruv usullari talab qilinishi ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 50000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 25000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: naysimon suyaklarda metaepifizar zona hujayralarning postnatal differensiallashishi, tog‘ay matriksining tarkib topishi va funksional o‘zgarishlari sur’atining orqada qolishi EQD fonida chuqur namoyon bo‘lishi, korreksiyalangan kalamushlar avlodida esa nazorat guruhi morfologik rivojlanishiga yaqin ijobiy o‘zgarishlar aniqlangani Andijon viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarning reabilitasiya qilish va protezlash markazi bo‘yicha (05.07.2023 y.; №21) hamda Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (05.07.2023 y.; №31/4-I/CH) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qandli diabet ta’sirida avlodlarda naysimon suyaklarning o‘suvchi zonasi tog‘ay plastinkasi parametrlari o‘zgarishlarini tajriba natijalariga asosan prognozlash va ularning onalarida kasallikni korreksiya qilish suyak tuzilmalarida suyaklanish jarayonini me’yorlashuviga, bu esa kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish va aholi ijtimoiy ahvolini yaxshilanishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qandli diabet ta’sirida avlodlarda organizmning o‘sish ko‘rsatkichi bo‘lgan naysimon suyaklar metaepifizar tog‘ay plastinkasi o‘sishi va shakllanishini batafsil va zamonaviy usullarda chuqur o‘rganish hamda, ularda kelib chiqadigan o‘zgarishlarni va ko‘rsatkichlarni me’yor bilan solishtirib tahlil qilish, avlodlarda rivojlanadigan nuqsonlarni hamda xavf guruxi omillarini kamayishiga olib kelishi hisobiga diagnostika uchun sarflanadigan xarajatlarni 40 %ga kamaytirishga erishiladi. Xulosa: qandli diabet ta’sirida avlodlarda naysimon suyaklar o‘suvchi zonasi tog‘ay plastinkasi parametrlarining kamayishini aniqlash yangi tug‘ilgan chaqaloqning tug‘ruqdan keyingi erta tashxisini talab qilishi ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 50000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 35000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qandli diabet ta’sirida rivojlangan avlodda o‘suvchi zona tog‘ay qatlamlari morfometrik ko‘rsatkichlarining sezilarli pasayishi, mukammal suyak arxitektonikasi shakllanishining kechikishi, xondrotsit ustunchalari va ulardagi hujayra soni kabi parametrlarning kamayishi hamda aktrapid bilan korreksiya qilinganda naysimon suyaklarning postnatal rivojlanishi va o‘sish plastinkasi tog‘ayi proliferasiyasining mo‘’tadillashishiga olib kelishi isbotlangani Andijon viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarning reabilitasiya qilish va protezlash markazi bo‘yicha (05.07.2023 y.; №21) hamda Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (05.07.2023 y.; №31/4-I/CH) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qandli diabet chaqirilgan homilador kalamushlarda aktrapid preparati bilan korreksiyalash giperglikemiyaning salbiy ta’sirini sezilarli pasayishiga olib keladi, buning natijasida ulardan tug‘ilgan avlodlar naysimon suyaklari o‘sish plastinkasi tog‘ayi differensiallashuvi mo‘’tadillashishiga va ularda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan turli patologiyalarini oldini olishga erishiladi. Bu esa aholi ijtimoiy ahvolini yaxshilanishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) qandli diabet chaqirilgan homilador kalamushlarda aktrapid preparati bilan korreksiyalash giperglikemiyaning salbiy ta’sirini sezilarli pasayishi, naysimon suyaklarining o‘sish plastinkasi tog‘ayi differensiallashuvi mo‘’tadillashishiga va plastinka qatlamlari sitoarxitektonikasiga negativ ta’siri  sezilarli kamayishiga olib keladi va ularda rivojlanadigan tug‘ma nuqsonlar, tug‘ilgandan so‘ng rivojlanuvchi deformasiyalarni kamayishiga olib kelishi, buning hisobiga davolash uchun sarflanadigan xarajatlarni 45%ga kamaytirishga erishiladi. 2) prenatal davrda homilador onalarda qandli diabetni aktrapid preparati bilan o‘z vaqtida korreksiyalash, ovqatlanishni tarkibi va sifatini to‘g‘ri tanlash, homiladorlikni to‘g‘ri olib borish  hisobiga ko‘p xarajatli va ko‘p vaqt talab qiluvchi tekshiruv usullarini qo‘llash sarflanadigan harajatlarni kamaytiradi. Xulosa: qandli diabet chaqirilgan homilador kalamushlarda giperglikemiyaning salbiy ta’siri natijasida  naysimon suyaklarning o‘sish plastinkasi tog‘ayi differensiallashuvi buzilishi  va plastinka qatlamlari sitoarxitektonikasiga negativ ta’siriga olib keluvchi omillarni erta bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 50000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 42000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish