Sharopova Maloxat Sayfulloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Toksik bo‘qoq va qandli diabet hamrohligida yo‘ldosh  kasalliklari bo‘lgan yiringli xirurgik bemorlarni davolashni takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Tib608.
Ilmiy rahbar: Safoev Baqodir Barnoevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Olim Mirzaxitovich, tibbiyot fanlari doktori. Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Abu Ali Ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti»
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: diffuz toksik bo‘qoq va qandli diabet hamrohligi fonida yumshoq tuqimalarning yiringli jarrohlik kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarning moddalar almashinuvi buzilishlarini optimal holatda muvozanatlashtirish yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilashdan iborat bo‘lgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diffuz toksik bo‘qoq va qandli diabet hamrohligi fonida yuzaga keladigan yumshoq to‘qimalar yiringli-yallig‘lanish kasalliklarining kechish xususiyatlari aniqlangan;
diffuz toksik bo‘qoq va qandli diabet hamrohligi fonida yumshoq to‘qimalarning yiringli xirurgik kasalliklarida mineral, uglevod, oqsil, gormonal moddalar almashinuvining, shuningdek mikrotsirkulyasiya buzilish xususiyatlari aniqlangan;
diffuz toksik bo‘qoq va qandli diabet hamrohligi fonida yiringli xirurgik kasalliklar bilan kasallangan bemorlarni mineral, uglevod, gormonal, oqsil almashinuvi buzilishlarini optimal muvozanatlashtirish orqali davolashning takomillashtirilgan usuli ishlab chiqilgan.
diffuz toksik bo‘qoq va qandli diabet hamrohligi fonida yiringli xirurgik kasalliklar bilan kasallangan bemorlarni davolashda mikrotsirkulyator buzilishlarini optimal korreksiya qilish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot institutining 2023 9 sentyabrdagi № 23-Z/066 sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: biz tomonimizdan diffuz toksik bo‘qoq va qandli diabet hamrohligi fonida yumshoq to‘qimalarning yiringli jarrohlik kasalliklari bilan kasallangan bemorlar tahlil natijalari mineral, oqsil, gormonal almashinuv, shuningdek mikrosirkulyasiyaning buzilishi va natijada jarohatni bitishi va tozalanish jarayoni endokrin kasalliklari bo‘lmagan bemorlarga qaraganda ancha sekin kechadi. Shu bilan birga, jarohatlarni tozalanish va bitish vaqti bemorlarning 3-4 kunga kechikishiga olip keldi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (25.04.2023 y.; №23) hamda Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (26.04.2023 y.; №8) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi diffuz toksik bo‘qoq va qandli diabet sababli yuzaga kelgan yumshoq to‘qimalarning yiringli jarrohlik kasalliklari bilan kasallangan bemorlar jarohatini mahalliy va umumiy davolash mumkinligi, ilk marta endokrin kasalliklar, diffuz toksik bo‘qoq va qandli diabet hamrohligi fonida yiringli xirurgik kasalliklarning uchrash chastotasi aniqlanganligi, hamroh endokrin kasalliklar, diffuz toksik bo‘qoq va qandli diabetning yiringli jarrohlik kasalliklarni davolash jarayoniga salbiy ta’siri darajasi isbotlanganligi, endokrin kasalliklar bilan birga uchrovchi yiringli xirurgik kasalliklarga chalingan bemorlarni davolashning yangicha samaraliroq usuli tavsiya etilganligi, ayrim tadqiqot bandlari oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakultetlari talabalariga jarohatlar patogenezi, klinikasi, tashxisotini va ularni mahalliy davolashni o‘rgatadigan o‘quv dasturini takomillashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qilganligi bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: diffuz toksik bo‘qoq va qandli diabet hamrohligi fonida yumshoq to‘qimalarning yiringli kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar jarohatini infeksiyalardan tozalash muddatlarini tezlashtirish maqsadida mineral, uglevod, oqsil, gormonal almashinuv, shuningdek, mikrosirkulyator buzilishlarini korreksiyalovchi optimal davolash usuli ishlab chiqilganligi, mineral, uglevod, oqsil, gormonal almashinuv, shuningdek, mikrosirkulyasiya buzilishlari korreksiyasini qo‘llash jarohat jarayoni fazalari o‘zgarishini tezlashtirgani va natijada, yiringli jarohatlari bo‘lgan bemorlarning davolanish kunlarini qisqarishiga imkon beradi. Xulosa: diffuz toksik bo‘qoq va qandli diabet hamrohligi fonida yumshoq to‘qimalarning yiringli kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni davolashning yangi taklif qilinayotgan usuli 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 370 000 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 280 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Toksik bo‘qoq va qandli diabet hamrohligida yo‘ldosh kasalliklari bo‘lgan yiringli xirurgik bemorlarni davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashiga institut rektori tomonidan 2023 yil 13 apreldagi 01/2262-son xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: qandli diabet va diffuz toksik buqoqning hamrohligi fonida yumshoq to‘qimalarning yiringli jarrohlik kasalliklari bilan kasallangan bemorlarda mineral, oqsil, gormonal almashinuv, shuningdek mikrosirkulyasiyaning buzilishi va natijada jarohatni bitishi hamda tozalanish jarayoni endokrin kasalliklari bo‘lmagan bemorlarga qaraganda ancha sekin kechishi aniqlandi. Shu bilan birga, jarohatlarni tozalanish va bitish vaqti 3-4 kunga kechishi aniqlashga imkon berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (25.04.2023 y.; №23) hamda Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (26.04.2023 y.; №8) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi diffuz toksik bo‘qoq va qandli diabet sababli yuzaga kelgan yumshoq to‘qimalarning yiringli jarrohlik kasalliklari bilan kasallangan bemorlar jarohatini mahalliy va umumiy davolash mumkinligi aniqlangan. Ilk marta diffuz toksik bo‘qoq va qandli diabet hamrohligi fonida yiringli xirurgik kasalliklarning uchrash chastotasi aniqlangan. Diffuz toksik bo‘qoq va qandli diabetni hamrohligi fonida yiringli jarrohlik kasalliklarni davolash jarayoniga salbiy ta’siri darajasi isbotlangan. Endokrin kasalliklar bilan birga uchrovchi yiringli xirurgik kasalliklarga chalingan bemorlarni davolashning yangicha samaraliroq usuli tavsiya etilgan. Bu bemorlar salomatligini saqlab ularning mehnatga layoqatini oshirishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: diffuz toksik bo‘qoq va qandli diabet hamrohligi fonida yumshoq to‘qimalarning yiringli kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar jarohatini infeksiyalardan tozalanish muddatlarini tezlashtirish maqsadida mineral, uglevod, oqsil, gormonal almashinuv, shuningdek, mikrotsirkulyator buzilishlarini korreksiyalovchi optimal davolash usuli ishlab chiqilganligi hamda mineral, uglevod, oqsil, gormonal almashinuv, shuningdek, mikrotsirkulyasiya buzilishlari korreksiyasini qo‘llash jarohat jarayoni fazalari o‘zgarishini tezlashtirgani va natijada, yiringli jarohatlari bo‘lgan bemorlarning davolanish kunlarini qisqarishiga imkon beradi. Xulosa: diffuz toksik bo‘qoq va qandli diabet hamrohligi fonida yumshoq to‘qimalarning yiringli kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni davolashning yangi taklif qilinayotgan usuli 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 370 000 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 280 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Toksik bo‘qoq va qandli diabet hamrohligida yo‘ldosh kasalliklari bo‘lgan yiringli xirurgik bemorlarni davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashiga institut rektori tomonidan 2023 yil 13 apreldagi 01/2262-son xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: diffuz toksik bo‘qoq va qandli diabetning hamrohligi fonida yumshoq to‘qimalarning yiringli jarrohlik kasalliklari bilan og‘rigan III – guruh bemorlarni kompleks davolashda mineral, oqsil, gormonal, uglevod almashinuvi va mikrotsirkulyasiya buzilishlarini korreksiya qilishni kiritish labarator ko‘rsatkichkarni dinamikaga II-guruhdagi bemorlarga nisbatan 2-3 kun oldin tez sur’atda meyoriylashishiga olib keldi. Shu bilan birga, jarohatda jarayonnining 1-bosqichining 2-bosqichga o‘tishi ham 2-3 kunga tezlashadi, statsionar davolanishning o‘rtacha davomiyligi 7,5±0,5 kunni tashkil etdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (25.04.2023 y.; №23) hamda Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (26.04.2023 y.; №8) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi qandli diabet va diffuz toksik buqoqning hamrohligi fonida yumshoq to‘qimalarning yiringli jarrohlik kasalliklari bilan kasallangan bemorlarda moddalar almashinuvi buzilishlari hamda yumshoq to‘qimalarda mikrotsirkulyasiyaning buzilishini erta korreksiya qilish natijasida jarohatni bitishi hamda tozalanish jarayoni 3 kunga teshlashishini aniqlashga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 3 kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 280 ming so‘mgacha kamaytirgan (Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasi preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 370 000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 90 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); 2) bemorning shifoxonadan tashqaridagi davolanish davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, masalan poliklinikada) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: diffuz toksik bo‘qoq va qandli diabet hamrohligi fonida yumshoq to‘qimalarning yiringli kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni davolashning yangi taklif qilinayotgan usuli 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 370 000 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 280 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Toksik bo‘qoq va qandli diabet hamrohligida yo‘ldosh kasalliklari bo‘lgan yiringli xirurgik bemorlarni davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashiga institut rektori tomonidan 2023 yil 13 apreldagi 01/2262-son xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: diffuz toksik bo‘qoq va qandli diabetning hamrohligi fonida yumshoq to‘qimalarning yiringli jarrohlik kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni kompleks davolashda mineral, oqsil, gormonal, uglevod almashinuvi va mikrotsirkulyasiya buzilishlarini korreksiya qilishni kiritish labarator ko‘rsatkichkarni dinamikaga ushbu ko‘rsatkichlar korreksiya etilmagan bemorlarga nisbatan 3 kun oldin tez sur’atda meyoriylashishiga olib keldi. Shu bilan birga, jarohatda jarayonnining ikkinchi bosqichga o‘tishi ham uch kunga tezlashadi, statsionar davolanishning o‘rtacha davomiyligi 7,5±0,5 kunni tashkil etdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (25.04.2023 y.; №23) hamda Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (26.04.2023 y.; №8) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi qandli diabet va diffuz toksik buqoqning hamrohligi fonida yumshoq to‘qimalarning yiringli jarrohlik kasalliklari bilan kasallangan bemorlarda moddalar almashinuvi buzilishlari hamda yumshoq to‘qimalarda mikrotsirkulyasiyaning buzilishini erta korreksiya qilish natijasida jarohatni bitishi hamda tozalanish jarayoni 3 kunga teshlashishini aniqlashga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 3,0 kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 280 ming so‘mgacha kamaytirgan (Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasi preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 370 000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 90 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); bemorning shifoxonadan tashqaridagi davolanish davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, masalan poliklinikada) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: diffuz toksik bo‘qoq va qandli diabet hamrohligi fonida yumshoq to‘qimalarning yiringli kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni davolashning yangi taklif qilinayotgan usuli 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 370 000 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 280 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish