Idiev Oybek Elmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Serebral falaj bilan og‘rigan bolalarda yuz-jag‘ sohasining korreksiyagacha va undan keyingi morfofunksional holati», 14.00.21 – Stomatologiya; 14.00.02 – Morfologiya(tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1737.
Ilmiy rahbarlar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibragimova Feruza Ikromovna, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04. 2022.Tib.93.01.
Rasmiyopponentlar: Shukurova Umida Abdurasulovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Kalashnikova Svetlana Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya federatsiyasi)
Yetakchi tashkilot: Koshise shahridagi Pavel Yozef Shafarik nomidagi Universitet (Slovakiya)
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: serebral falaj tashhislangan bolalarda yuz-jag‘ soxasining turli tish katori korrektorlari bilan korreksiyagacha va undan keyingi morfologik va funksional holatini aniklashdan iborat bo‘lgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bolalar serebral falaji tashhislangan 3 yoshli bolalarda bosh aylanasi jinslar bo‘yicha mos ravishda 1,08 va 1,06 marta, bosh ko‘ndalang diametri 1,11 va 1,10 marta, bosh vertikal diametri 1,15 va 1,13 marta, yonoqlar diametri 1,15 va 1,14 marta, pastki jag‘ diametri 1,17 va 1,18 martaga sog‘lom bolalar ko‘rsatkichlardan ishonarli darajada kam bo‘lgani isbotlangan;
ilk bor 4-7 yoshli bolalar serebral falaji va sog‘lom bolalar kraniofassial soha antropometrik ko‘rsatkichlari - bosh aylanasi, bosh ko‘ndalang, bosh vertikal, yonoqlar va pastki jag‘ diametrlari bir xil tendensiya hamda intensivlikda o‘sgani, jismoniy rivojlanishdan orqada qolish 3 yoshgacha kuzatilgani aniqlangan;
bolalar serebral falaji kuzatilgan bolalarda yuqori tish qatori uzunligi, frontal segment ko‘payishi, distal chuqur tishlov (91,69%), tepa tishlar protruziyasi kuzatilgan, mushak va funksional og‘ishlar fonida bolalarning 88,70% ida nutq rivojlanishi buzilishi, 44,52% ida og‘iz bo‘shlig‘i yumshoq to‘qimalari anomaliyalari, dizartriya natijasida bemorlarning 96,68% ida rivojlangan yutish, chaynash, nafas olish, ichimlik ichish kabi funksiyalar buzilishi, og‘iz bo‘shlig‘i gigienik darajasi qoniqarsiz (68,77%) yoki yomon (24,92%) bo‘lgani aniklangan;
bolalar serebral falajida elektromiografiya usulida qisqargan va bo‘shashgan mushaklar tonusi sezilarli pasayishi, qisqarish koeffisienti kuchayishi, asab-mushak apparatida qo‘zg‘aluvchanlik va o‘tkazuvchanlik qobiliyati pasayishi aniqlangan, 6 yoshli bemorlarda kontraktil va plastik mushak tonusidagi tafovut 12 yoshli bolalarga qaraganda ishonarli ko‘p bo‘lgan, bu yoshda chaynov mushaklarining kontraktil qobiliyati pasayishi ko‘rsatilgan, yuz-jag‘ sohasi korreksiya kilingach, ijobiy elektromiografik o‘zgarishlar bo‘lgani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2023 yil 5 dekabr` №23-Z/096 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Kogon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.08.2023 y.; №135) hamda G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (13.08.2023 y.; №153) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalar serebral falaji bor bolalarga stomatologik yordam ko‘rsatish qoidalarini qo‘llash, tish-jag‘ tizimidagi anomaliyalarni davolash va oldini olishni tizimlashtiradi, bu esa stomatologik holatini doimiy nazorat qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yangi ortodontik davolash usulining joriy qilinishi hisobiga 1 nafar bemor bola uchun 299 500 so‘m iqtisod qilindi. Bemor bolalarda qo‘shimcha ortodontik apparatlarga muhtojlikning bo‘lmasligi, qayta qo‘riklar sonini kamayishi, o‘rtacha qolib olish qiymati 40 000 so‘m va o‘rtacha vaxtinchalik ortodontik apparatlar qiymati 300 000 so‘m ekanligini hisobga olgan xolda 1 nafar bemor bolaga 340 000 so‘m iqtisodiy kursatkich tashkil etadi. Xulosa: bolalar serebral falaji tashhislangan 3-7 yoshli bolalar kraniofassial sohasi 7 ta antropometrik ko‘rsatkichidan 5 tasi (bosh aylanasi, bosh ko‘ndalang diametri, bosh vertikal aylanasi, yonoq va pastki jag‘ diametrlari) bemor bolalarda sog‘lom tengdoshlariga nisbatan ishonarli darajada past bo‘ldi (R<0,05), 2 ta ko‘rsatkich (bosh bo‘ylama diametri, peshona ko‘ndalang diametri) o‘zgarmasdan qoldi (R>0,05), barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha jinslararo tafovut aniqlanmadi, 8-12 yoshli bolalarda ham ushbu o‘zgarishlar tendensiyasi saqlanib qoldi. Shu yoshdagi sog‘lom bolalar kraniofassial sohasi antropometrik (morfologik) parametrlari milliy me’yoriy standart sifatida tavsiya etildi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Serebral falaj bilan og‘rigan bolalarda yuz-jag‘ sohasining korreksiyagacha va undan keyingi morfofunksional holati» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor tomonidan 2023 yil 25 avgustdagi 04/4477-son xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalar serebral falaji tashhislangan bolalar kraniofassial soha antropometrik ko‘rsatkichlarining sog‘lom bolalar parametrlariga nisbatan ishonarli darajada past bo‘lishi, ushbu sohada jismoniy rivojlanishda orqada qolishning sababi ularda tashhislangan bolalar serebral falaji deb ko‘rsatilgan hamda davolash tadbirlarini belgilashda buni hisobga olish zarurligi ko‘rsatib berilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Kogon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.08.2023 y.; №135) hamda G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (13.08.2023 y.; №153) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalar serebral falaji bor bolarda oldingi va keyingi davrda stomatologga qatnovini kamaytirish; davolashdan keyingi asoratlarni bartaraf etish usullarini optimallashtirish; davolash amaliyotida keyingi davrda qo‘shimcha apparatlarga muxtojligini kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor bola uchun kompleks davolashni qo‘llash asosida yuz-jag‘ tizimi anomaliyalari og‘ir darajasi stomatologiya amaliyotida keyingi asoratlar bo‘lish extimolligi kamaytirdi. Qayta davolash amaliyoti o‘tkazilmasligini ta’minlashi asosida 150 000 so‘mdan 300 000 so‘mgacha iqtisod qilinadi. Qayta stomatolog ko‘rigi – 50 000 so‘m; vaxtinchalik apparatlarga sarflanadigan xarajati – 300 000 so‘m (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 nafar bemor bola uchun 500 000 tashkil qildi). Xulosa: bemor va sog‘lom 3-12 yoshli bolalar natijalari qiyosiy baholanganda quyidagi o‘ziga xos jihatlar aniqlandi: kraniofassial soha antropometrik ko‘rsatkichlari bolalar serebral falaji tashhislangan bolalarda sog‘lom bolalar bilan bir xil tendensiyada o‘sdi, jismoniy rivojlanishdan orqada qolish 3 yoshgacha bo‘lgan davrda bo‘lgani, shu soha antropometrik parametrlari o‘zgarishlari orasidagi farqlar nisbati bir xil tendensiya va o‘zgarishlarda bo‘lgani aniqlandi, barcha o‘zgarishlar bemorlar jinslariga bog‘liq emasligi isbotlandi, bemor bolalar kraniofassial soha antropometrik ko‘rsatkichlarining jismoniy rivojlanishda orqada qolish sababi bolalar serebral falaji, deb ko‘rsatildi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Serebral falaj bilan og‘rigan bolalarda yuz-jag‘ sohasining korreksiyagacha va undan keyingi morfofunksional holati» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor tomonidan 2023 yil 25 avgustdagi 04/4477-son xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: bolalar serebral falaji kuzatilganlarda elektromiografiya usulida qisqargan va bo‘shashgan mushaklar tonusi sezilarli pasayishi, qisqarish koefisienti kuchayishi, asab-mushak apparatida qo‘zg‘aluvchanlik va o‘tkazuvchanlik qobiliyatining pasayishi aniqlanlanganligi, 6 yoshli bemor bolalarda kontraktil hamda plastik mushak tonusidagi farqlar 12 yoshli bolalarga qaraganda ko‘p bo‘lganligi, bu yoshga qarab chaynov mushaklarining kontraktil qobiliyati pasayishi ko‘rsatilgani ushbu patologiyada stomatologik salomatlikni saqlash ham muhim ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Kogon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.08.2023 y.; №135) hamda G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (13.08.2023 y.; №153) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalar serebral falaji bor bolalarda doimiy ravishda mushaklar tonusda bo‘lganliklari va qo‘llanilgan miofunksional apparatlar ularning yuz-jag‘ tizimi qatiq to‘qimalariga chuqur ta’sirini o‘rganilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemor bolalar uchun tanlangan stomatologik muolajalar rejalashtirish orqali 1 nafar bemor uchun xar bir qatnovi 50 000 so‘m, og‘ir darajadagi anomaliyalarni davolashda 300 000 so‘m iqtisod qilindi (buning natijasida yuz-jag‘ anomaliyalari og‘ir darajasi 50% gacha kamaytirib, bemor bolalarga umumiy xarajatlarini 350 000 so‘mga (1 nafar bemor bola uchun) iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: bolalar serebral falaji kuzatilgan bolalarda yuqori tish qatori uzunligi, frontal segment ko‘payishi, distal chuqur tishlov kelib chiqishi ularning 91,69% ida aniqlandi, ularda tepa tishlar protruziyasi, chaynash va temporal mushaklar funksional holatidagi o‘zgarishlar kuzatildi. Barcha mushak va funksional og‘ishlar fonida bolalarning 88,70% ida nutq rivojlanishi buzilishi, 96,68% ida dizartriya natijasida yutish, chaynash, nafas olish, ichimliklar ichish kabi funksiyalar buzilganligi, 44,52% ida og‘iz bo‘shlig‘i yumshoq to‘qimalari anomaliyalari, 97,5% holatda tish jag‘ anomaliyalari turli shakllari aniqlandi. Elektromiografiya asab-mushak apparatida qo‘zg‘aluvchanlik va o‘tkazuvchanlik qobiliyatining sezilarli pasayishi aniqlanganini ko‘rsatdi. 6 yoshli bolalarda kontraktil va plastik mushak tonusidagi tafovut ko‘rsatkichlari 12 yoshli bolalarga qaraganda ko‘p bo‘ldi, bu yoshga qarab chaynov mushaklarining kontraktil qobiliyati pasayishi ko‘rsatildi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Serebral falaj bilan og‘rigan bolalarda yuz-jag‘ sohasining korreksiyagacha va undan keyingi morfofunksional holati» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor tomonidan 2023 yil 25 avgustdagi 04/4477-son xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: miofunksional apparatlar yordamida 3 oy davomida davolanishdan so‘ng, tishlari zich joylashgan bolalar serebral falaji kuzatilgan bolalarning 50% ida tepa va pastki tish qatorlarining passiv kengayishi tufayli okklyuziyada sezilarli yaxshilanish kuzatilgani, 6 oy davomida davolanishdan keyin bu holat davom etgani, burundan nafas olish me’yorga etgani, yutish harakati yaxshilangani miofunksional apparatning yuqori klinik samarasi borligidan dalolat bergan hamda amaliy ortodontik stomatologiya amaliyotiga tavsiya etilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Kogon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.08.2023 y.; №135) hamda G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (13.08.2023 y.; №153) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: mushaklar gipertonusi ta’siri natijasida kelib chiqadigan anomaliyalari mavjud bolalarda klinik belgilar regressi va maxsus tadqiqot usullari natijalarining o‘zgarishini umumiy baholash va anomaliyalarda apparatlardan foydalanibkompleks qo‘llashda eng yuqori ortodontik ta’sir kuzatilishini belgilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: mushaklar gipertonusi ta’siri natijasida kelib chiqadigan anomaliyalari mavjud bolalarda klinik belgilar regressi va maxsus tadqiqot usullari natijalarining o‘zgarishini umumiy baholash va anomaliyalarda apparatlardan foydalanibkompleks davolash usulining joriy qilinishi hisobiga 1 nafar bemor bola hisobiga byudjet mablag‘larini 300 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 350 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Xulosa: Tish katorlari korrektori hisoblangan miofunksional apparatlarni yordamida serebral falajli bolalarda tish qatorlari anomaliyasini kompleks davolash usulini amaliyotga joriy qilinishi ijobiy davolash natijalarini oshirish, qoniqarsiz davolash natijalari chastotasi ishonarli darajada kamaytirish imkonini berish hisobiga 1 nafar bemor bola hisobiga byudjet mablag‘larini 300 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 350 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Serebral falaj bilan og‘rigan bolalarda yuz-jag‘ sohasining korreksiyagacha va undan keyingi morfofunksional holati» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor tomonidan 2023 yil 25 avgustdagi 04/4477-son xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish