Mirzalieva Guzal Raxmanalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Toshkent viloyati issiqxona ekinlarining parazit nematodalari», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/B638.
Ilmiy rahbar: Eshova Xolisa Saidovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.B.52.01.
Rasmiy opponentlar: Xurramov Alisher Shukurovich, biologiya fanlari doktori, professor; Xaydarova Pardaxol Boboqulovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyati sharoitida issiqxona ekinlari parazit nematodalari tur tarkibini va miqdor dinamikasini aniqlash hamda dominant turlarining bioekologik xususiyatlarini ochib berish asosida ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent viloyati issiqxona ekinlari va ular ildiz atrofi tuproqlarida tarqalgan parazit fitonematodalarning zamonaviy holati tahlil qilinib, 46 tur parazit fitonematodalar aniqlangan;
issiqxona ekinlarida qayd etilgan parazit nematodalarning ekologik guruhlari va ularning o‘simliklar bilan trofik aloqalari ochib berilgan;
issiqxona sharoitida pomidor va bodring ekinlarining turli vegetatsiya davrida parazit fitonematodalar populyasiyasi dinamikasining o‘zgarishlari asoslanib, tuproq namligi va haroratning oshishi bilan parazit nematodalar miqdori va taksonomik xilma-xilligi kamayishi aniqlangan;
ayrim issiqxona ekinlari (pomidor, bodring, baqlajon) ning ildiz bo‘rtma nematodalari bilan zararlanish darajasi baholangan;
ilk bor Meloidogyne avlodi bo‘rtma nematodalari bilan zararlangan pomidorning «Sabina» navi va baqlajonning “Black F1” navi ildizlarida gistologik o‘zgarishlar aniqlangan;
ilk bor issiqxona sharoitida o‘simliklarni bo‘rtma nematodalar bilan zararlanishini oldini olish va ularni meloydoginozga chidamligini oshirishda kompleks ta’sir etuvchi Teria-S bakterial o‘g‘it va Serhosil biopreparatining  samaradorligi aniqlangan;
issiqxona ekinlarida uchrovchi parazit nematodalarga qarshi istiqbolli kurash usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent viloyati issiqxona ekinlarining parazit nematodalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
issiqxona ekinlari parazit fitonematodalariga qarshi kompleks ta’sir etuvchi Teria-S bakterial o‘g‘it va Serhosil biopreparatini qo‘llash yuzasidan ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Toshkent viloyati Bekobod tumani fermer xo‘jaliklari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 18 avgustdagi 02/25-04/5718-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompleks ta’sir etuvchi Teria-S bakterial o‘g‘it va Serhosil biopreparati yordamida pomidorda 33,3 % iqdisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan;
issiqxonalarda o‘simliklarning parazit nematodalar bilan zararlanish xavfini kamaytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining Toshkent viloyati bo‘limi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining 2023 yil 27 apreldagi 2-20/128-son ma’lumotnomasi). Natijada, issiqxonalarda o‘simliklarning parazit nematodalar bilan zararlanish xavfini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish