Karimov Husniddin Xolmamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Trichoderma asperellum Uz-A4 zamburug‘i hosil qiladigan antibiotik tabiatli moddalar va ularning xususiyatlari», 03.00.12–Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3PhD/B850.
Ilmiy rahbar: Xamidova Xursheda Muminovna, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mikrobiologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Zafar Fayzullaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Sasmakov Sobirjon Anorboevich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fitopatogenlarga nisbatan yuqori antagonistlik faollikka ega mikroorganizmlarni tanlash, istiqbolli shtammning o‘stirish sharoitlarini optimallashtirish, antibiotik tabiatli moddalarni ajratib olish va ularning kimyoviy guruhlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
T. asperellum Uz-A4 zamburug‘i kultural suyuqligidan 11 turdagi biologik faol (antibakterial, antifungal, antioksidant, nemototsid) uchuvchan metabolitlar aniqlangan. YuSSX-MS yordamida mikromiset kul`tural suyuqligida Koninginin A va Viridin antibiotik tabiatli moddalarining borligi aniqlangan;
T.asperellum Uz-A4 zamburug‘i biomassasidan toza, amorf holatdagi modda ajratib olingan, GX, IQ, YaMR13S va PMR spektr tahlillariga asosan Palmitolein kislotasi ekanligi aniqlangan;
T.asperellum Uz-A4 zamburug‘i biomassasidan ushbu zamburug‘ turkumi uchun ilgari noma’lum bo‘lgan toza kristall holatdagi “Trimetoprim” antibiotik tabiatli modda ajratib olingan va uning tuzilishi YuSSX va rentgen struktura tahlillari yordamida aniqlangan;
T.asperellum Uz-A4 zamburug‘i biomassasidan kristall modda ajratib olingan va rentgen struktura tahlillari asosida farmatsevtikada dori vositalari ishlab chiqarishda foydalaniladigan D-mannitol moddasi ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Faol mikromiset shtammi asosida fitopatogen mikroorganizmlarga nisbatan biofungisid ta’sirga ega biopreparat yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qishloq xo‘jaligi ekinlarida fitopatogen mikroorganizmlar qo‘zg‘atadigan vertisillyoz, fuzarioz va alternarioz kasalliklaridan himoya qilishda T.asperellum Uz-A4 shtammi asosida tayyorlangan biopreparati Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida “Dilnur Invest” fermer xo‘jaligida 4 gektar g‘o‘za maydonlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 28 dekabrdagi 07/21-21-9866-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘zaning Buxoro-108 navida barglarning so‘lish va sarg‘ayish belgilari kuzatilmagan hamda hosildorligini 35,5 s/ga oshirish imkonini bergan;
T.asperellum Uz-A4 shtammi asosida tayyorlangan biopreparati Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida “Sulton Jaloliddin Manguberdi” fermer xo‘jaligida 1,5 gektar pomidor maydonlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 28 dekabrdagi 07/21-21-9866-son ma’lumotnomasi). Natijada, pomidor barglarida qora dog‘lar va so‘lish kasalliklari uchramadi hamda hosildorligi nazoratga nisbatan 11-13% oshishi imkonini bergan.