Yusupalieva Dilafruz Kaxramonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Global axborot makonida jamiyatni liberallashtirish va demokratlashtirishda OAV faoliyatini takomillashtirish (televidenie misolida)», 23.00.02-Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Ss76.
Ilmiy maslahatchi: Normatov Karim Normatovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Narzulla Kasimovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Ergashev Bahodir Xojiqurbonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Abduazimov Oqil Utkurovich, sotsiologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: televideniue faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va boshqalardan ajratib turuvchi xususiyatlarini hamda O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida jamiyatni liberallashtirish va demokratlashtirishdagi siyosiy-tarbiyaviy ahamiyatini aniqlash va tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqarolar siyosiy ongi va madaniyatini yanada takomillashtirishning samarali muloqot maydoni mezonlari sifatida vizual, audiovizual – shaxslararo rasmiy aloqalar hamda tashkilotlararo – siyosiy partiya, davlat boshqaruv organlari mexanizmiga asoslanishi siyosiy kommunikatsiyaning jamiyatni erkinlashtirish va demokratlashtirishdagi siyosiy omili ekanligi dalillangan;
xorijiy va ayrim xususiy telekanallar tomonidan “shaxs-jamiyat va davlat” manfaatlariga zid bo‘lishi mumkun bo‘lgan manipulyasion materiallarga nisbatan davlat televedeniesining tezkorlik, xolislik va munosib qarshi javob berish mezonlari preventiv vosita sifatida global axborot makonida davlat hokimiyatining yuqori legitimligini ta’minlashga xizmat qilishi asoslangan;
taraqqiyotning yangi bosqichida televedenie siyosiy axborot olishning manbalaridan biri bo‘lib, olinayotgan yangiliklarga nisbatan aholi ishonch darajasining miqdor-sifat ko‘rsatkichlari, aholini qiziqtirgan teleko‘rsatuvlar bo‘yicha hohish istagining yuqori, o‘rta va quyi darajalari kabi mezonlar “xalq va hokimiyat” o‘rtasidagi muloqotni ta’minlashning asosiy vositasi sifatida xizmat qilishi dalillangan;
davlat hokimiyati organlarining televidenie orqali fuqarolar bilan muloqot jarayonida axborot ta’sirchanligining ijtimoiy-siyosiy muammolari echimi va unga aholi munosabatining yuqoriligi tahdidbardosh jamiyatga erishishning muhim sharti sifatida fuqarolarning siyosiy ongida ijobiy qarashlarni shakllantirishga xizmat qilishi isbotlangan;
aralash saylov tizimidagi o‘zgarishlarni aholiga to‘g‘ri va ta’sirchan etkazish uchun “davlat+hususiy+hududiy” telekanallar o‘rtasidagi uzlyuksiz, uzviy korporativ va vertikal tizim hamkorligini samarali tashkil etish asosida faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish, ijtimoiy hayotda pozitiv qadriyatlarni rivojlantirishning institusional va funksional jihatdan qonuniy asosga ega bo‘lishi barqaror taraqqiyotning muhim omili ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Global axborot makonida jamiyatni liberallashtirish va demokratlashtirishda oav faoliyatini takomillashtirish orqali televideniue faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va boshqalardan ajratib turuvchi xususiyatlarini hamda O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida jamiyatni liberallashtirish va demokratlashtirishdagi siyosiy-tarbiyaviy ahamiyatini aniqlash va tadqiq qilish natijalari asosida:
fuqarolar siyosiy ongi va madaniyatini yanada takomillashtirishning samarali muloqot maydoni mezonlari sifatida vizual, audiovizual — shaxslararo rasmiy aloqalar hamda tashkilotlararo — siyosiy partiya, davlat boshqaruv organlari mexanizmiga asoslanishi siyosiy kommunikatsiyaning jamiyatni erkinlashtirish va demokratlashtirishdagi siyosiy omili bilan bog‘liq ekanligi O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimida yoshlar va aholining siyosiy ong darajasini yuksaltirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yil 18 dekabrdagi 01- 20/152/1sonli ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyat hayotida fuqarolar siyosiy ongi va madaniyatining rivojlanishi, aholining ommaviy axborot vositalariga bo‘lgan ishonch darajasining mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
xorijiy va ayrim xususiy telekanallar tomonidan “shaxs-jamiyat va davlat” manfaatlariga zid teleko‘rsatuvlar hamda siyosiy reklamalar manipulyasiyasiga nisbatan davlat televedeniesining tezkorlik, xolislik va munosib qarshi javob berish mezonlari preventiv vosita sifatida global axborot makonida davlat hokimiyatining yuqori legitimligini ta’minlash bilan bog‘liqligiga doir xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tegishli manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda aholi ongiga salbiy ta’sir qiluvchi axborotlardan himoyalash bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2023 yil 20 dekabrdagi 01-6879-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan tavsiyalar zamonaviy siyosiy jarayonlarni tizimli tahlil qiladigan yosh avlodni tarbiyalash va shu orqali jamiyat hayotini liberallashtirish va erkinlashtitish jarayonlarini takomillashtirib borishiga xizmat qilgan;
taraqqiyotning yangi bosqichida televedenie siyosiy axborot olishning manbalaridan biri bo‘lib, olinayotgan yangiliklarga nisbatan aholi ishonch darajasining miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari, aholini qiziqtirgan teleko‘rsatuvlar bo‘yicha hohish istagining yuqori, o‘rta va quyi darajalari kabi mezonlar “xalq va hokimiyat” o‘rtasidagi muloqotni ta’minlashning asosiy vositasi bilan bog‘liqligi asoslangan xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining mamlakatda so‘z erkinligini ta’minlash, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlanishning muammoli masalalarini hal etish orqali tizim faoliyatini sifat jihatidan takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023 yil 18 dekabrdagi 01-15/2788-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan tavsiyalar davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha ishlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
davlat hokimiyati organlarining televidenie orqali fuqarolar bilan muloqot jarayonida axborotning ta’sirchanligini ta’minlovchi ijtimoiy-siyosiy muammolarni echimi va unga nisbatan aholi munosabatining yuqoriligi tahdidbardosh jamiyatga erishishning muhim sharti sifatida fuqarolarning siyosiy ongida ijobiy qarashlarni shakllantirishga qaratilgan ilmiy tavsiyalar mamlakatimizda jurnalist kadrlarni tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 18 dekabrdagi 03/03-3628-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan tavsiyalar zamonaviy siyosiy jarayonlarni tizimli tahlil qiladigan jurnalist kadrlarni tayyorlash, ular uchun sifatli yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratib berish orqali rivojlantirishga xizmat qilgan;
aralash saylov tizimidagi o‘zgarishlarni aholiga to‘g‘ri va ta’sirchan etkazish uchun “davlat+hususiy+hududiy” telekanallar o‘rtasidagi uzlyuksiz, uzviy korporativ va vertikal tizim hamkorligini samarali tizim asosida faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish, ijtimoiy hayotda pozitiv qadriyatlarni rivojlantirishning institusional va funksional jihatdan qonuniy asosga ega bo‘lishi barqaror taraqqiyotning muhim omili sifatidagi ilmiy tavsiyalar O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2023 yil 18 dekabrdagi 1-482-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Konstitusiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlar doirasida aralash saylov tizimining joriy etilishiga doir o‘zgarishlarni davlat va xususiy telekanallar orqali aholiga to‘g‘ri va mazmunli etkazish, jamiyat hayotining liberallashtirish va erkinlashtirish jarayonlarini takomillashtirib borishiga xizmat qiladi.