Yarashev Komiljan Dexkanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jismoniy tarbiya va sport ixtisosligidagi talabalarni tashkilotchilik va boshqaruvchilik faoliyatiga tayyorlashning nazariy va amaliy asoslari”. Ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Ped416.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy maslahatchi: Sharipova Dilaram Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Muxamadiev Komil Burxonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Xudoyqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Tajibaev Soyib Samijonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jismoniy tarbiya va sport ixtisosligidagi talabalarni tashkilotchilik, boshqaruvchilik kompetensiyalarini shakllantirish modelining samaradorligini qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jismoniy tarbiya va sport ixtisosligidagi talabalarning malaka fondini kengaytirishda tanlangan sport turidagi xususiy va “mayda” malakalardan yaxlit formaga qolibdagi yuklamaga o‘rganib qolmasligi uchun organizm chidamkorligini oshirish hisobiga nazariy va amaliy tayyorlash imkoniyati kengaytirilgan;
jismoniy tarbiya va sport ixtisosligidagi talabalarni boshqaruvchilik faoliyatiga harakat komponentligi, yaqinlashtiruvchi malakalarni o‘zlashtirish uchun zarur funksional tizim mutanosibligini ta’minlovchi a’zo va to‘qimalar tarkibiy qismlarini tanlab rivojlantirishga qaratilgan maxsus tayyorlov mashqlarini ixtisoslashtirish hisobiga boshqarishga qaratilgan mashg‘ulotlar takomillashtirilgan;
sport turlari texnikasi asosida ixtisoslashgan harakatlarni, uslublarni, funksional imkoniyatlarni vaqtincha pasaytiruvchi yuqori barqarorlikdagi yuklamalarni moslashish jarayonini shakllanishi uchun dam olish bosqichini aniq chegaradagi o‘zgaruvchan holatda bajartirish hisobiga maxsus harakat imkoniyati kengaytirilgan;
jismoniy tarbiya va sport ixtisosligidagi talabalarni texnik jarayonini takomillashtirish uchun sportchi tomonidan axborotni qabul qilish va uni amalga oshirish bilan bog‘liq harakat sifatini boshqaruv kompetensiyalarini shakllantirish bilan bog‘liq (o‘rganilgan uslublarni ketma-ket texnika negiziga aylantirish kabi) amaliy vazifalarni kiritish hamda harakat ta’sirining tuzilishi va ritmini korreksiyalash hisobiga faol boshqaruvchilik qobiliyatlarini oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
boshqaruv kompetensiyalarini tashkil etuvchi kompetensiyaviy guruhlarda bilim, ko‘nikma va malakalarni bazaviy rivojlantirishda kompetensiyalarni tanlash va saralashga qaratilgan klassik tartibini shakllantirish hisobiga tashkilotchilik imkoniyatlari oshirilgan;
jismoniy tarbiya va sport sohasining bo‘lajak kadrlarida tashkilotchilik va boshqaruvchilik kompetensiyalarini shakllantirish modeliga tanlangan tashkiliy-pedagogik sharoitlarga asoslangan va nisbatan mustaqil bo‘lgan “motivatsion-maqsadli”, “mazmunli”, “operatsion” va “mezonli-baholash” kompetensiyalar bloklarini kiritish hisobiga amaliyotlarni operativ baholash imkoniyati oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jismoniy tarbiya va sport ixtisosligidagi talabalarni tashkilotchilik va boshqaruvchilik faoliyatlariga tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha pedagogik tajribalar davomida olingan natijalar asosida:
jismoniy tarbiya va sport ixtisosligidagi talabalarning malaka fondini kengaytirishda tanlangan sport turidagi xususiy va “mayda” malakalardan yaxlit formaga qolibdagi yuklamaga o‘rganib qolmasligi uchun organizm chidamkorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Jismoniy tarbiya va sport menejmenti” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 416-buyrug‘iga asosan 418-079 raqamli guvohnoma). Natijada, sinaluvchilar nazariy bilimlarni amaliyotda yanada samaraliroq qo‘llay boshladi va real vaziyatlar bilan ishlash ko‘nikmalari mukammallashdi hamda talabalar o‘rtasida tashkiliy-boshqaruv kompetensiyalarini shakllanganlik darajasi 8,6 foizga oshgan;
jismoniy tarbiya va sport ixtisosligidagi talabalarni boshqaruvchilik faoliyatiga harakat komponentligi yaqinlashtiruvchi malakalarni o‘zlashtirish uchun zarur fuksional tizim mutanosibligini ta’minlovchi a’zo va to‘qimalar tarkibiy qismlarini tanlab rivojlantirishga qaratilgan maxsus tayyorlov mashqlarini ixtisoslashtirish bo‘yicha tavsiyalar O‘zDJSU jismoniy tarbiya va sport menejmenti mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 31-oktyabrdagi 03-01/04/20/11518-son ma’lumotnomasi). Natijada, sport menejeri uchun zarur bo‘lgan sifatlar darajasi 12,6 % ga oshganligi aniqlangan;
sport turlari texnikasi asosida ixtisoslashgan harakatlarni uslublarni funksional imkoniyatlarni vaqtincha pasaytiruvchi yuqori barqarorlikdagi yuklamalarni moslashish jarayonini shakllanishi uchun dam olish bosqichini aniq chegaradagi o‘zgaruvchan holatda bajartirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Jismoniy tarbiya va sport menejmenti” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 416-buyrug‘iga asosan 418-079 raqamli guvohnoma). Natijada, jismoniy tarbiya va sport sohasining bo‘lajak kadrlarida tashkilotchilik va boshqaruvchilik kompetensiyalari 14% ga yaxshilangan;
jismoniy tarbiya va sport ixtisosligidagi talabalarning texnik jarayonini takomillashtirish uchun sportchi tomonidan axborotni qabul qilish va uni amalga oshirish bilan bog‘liq harakat sifatini boshqaruv kompetensiyalarini shakllantirish bilan bog‘liq (o‘rganilgan uslublarni ketma-ket texnika negiziga aylantirish kabi) amaliy vazifalarni kiritish hamda harakat ta’sirining tuzilishi va ritmini korreksiyalash hisobiga faol boshqaruvchilik qobiliyatlarini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Urganch davlat universiteti “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi talabalarining mashg‘ulot jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 31-oktyabrdagi 03-01/04/20/11518-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning qaror qabul qilish va xulosalar chiqarish qobiliyati 7,0 %ga, umumlashtirish qobiliyati 4,1% ga, matematik qobiliyatlari 4,3% ga, turli tafakkur usullarini kombinatsiyada qo‘llash qobiliyati 5,1% ga, obrazli ma’lumotni esda saqlab qolish va qayta ifoda etish 3,0 % ga oshgan;
boshqaruv kompetensiyalarini tashkil etuvchi kompentensiyaviy guruhlarda bilim, ko‘nikma va malakalarni bazaviy rivojlantirishda kompetensiyalarni tanlash va saralashga qaratilgan klassik modelini shakllantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Farg‘ona davlat universiteti “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi talabalarining mashg‘ulot jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 31-oktyabrdagi 03-01/04/20/11518-son ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabalarining mashg‘ulot jarayonini boshqarish kompetensiyasi 12,5% ga oshgan;
jismoniy tarbiya va sport sohasining bo‘lajak kadrlarida tashkilotchilik va boshqaruvchilik kompetensiyalarini shakllantirish modeliga tanlangan tashkiliy-pedagogik sharoitlarga asoslangan va nisbatan mustaqil bo‘lgan “motivatsion-maqsadli”, “mazmunli”, “operatsion” va “mezonli-baholash” kompetensiyalar bloklarini bo‘yicha tavsiyalar O‘zDJSU “Jismoniy tarbiya va sport menejmenti” mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 31-oktyabrdagi 03-01/04/20/11518-son ma’lumotnomasi). Natijada, sport menejeri uchun zarur bo‘lgan sifatlar darajasi 12,6 % ga o‘sgan.