Narzullaeva Dilnoza Sanatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Badiiy diskursda insonning ruhiy-emotsional holatini tasvirlashning lingvokognitiv xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari misolida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1646.
Ilmiy rahbar: Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Kiselyov Dmitriy Anatol’evich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Danieva Maysara Djamalovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek badiiy diskursida insonni psixologik-emotsional holati tasvirlanishining lingvokognitiv, stilistik va pragmatik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillaridagi badiiy matnlarni semantik, pragmatik va lisoniy vositalarning voqelanishi natijasida mental modellar, konseptlar hamda asar muallifi tomonidan hissiyotlarni bevosita va bilvosita hamda personajlarning nutqiy harakatlari insonning emotsional holatini metaforik tarzda bayon qilish imkonini beruvchi tabiat hodisalarini tasvirlash vositasida insonning salbiy va ijobiy hissiyotlarini aks ettiruvchi funksional qoidalar aniqlangan;
badiiy diskursda inson ichki olamining leksik-stilistik (ekspressiv, hissiy-ta’sirchan buyoqli so‘z va iboralar, undovlar, rangli ramzlar, frazeologizmlar) va sintaktik (talaffuz, tinish belgilari, gap tuzilishi) tavsifining o‘ziga xosliklari, muayyan psixologik reaksiyalar va emotsional baho bilan uyg‘unlashgan holdagi personajlarning o‘zaro munosabati belgilangan;
qiyoslanayotgan tillardagi badiiy matnlarda inson hissiyotlarini tasvirlashda verbal va noverbal vositalar orqali hissiyot tasvirlanishining o‘xshashliklari hamda insonning psixik holati bilan bog‘liq tarzda nutqiy faoliyatining individual stereotiplari ajratilgan;
ingliz va o‘zbek badiiy matnlari materialida konseptual mazmun yaxlitligi hamda kitobxonga emotsional ta’sir ko‘rsatish maqsadida personajlarning emotsional holatini tasvirlashning lisoniy vositalarini tarjima qilishda tarjimonga qo‘yiladigan lingvistik bilimlar, olam borasidagi tushunchalari, yozuvchining g‘oyaviy-estetik imkoniyatlari hamda borliqni tasvirlashning individual tamoyillari to‘g‘risidagi bilimlari muhimligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tilidagi insonning emotsional holatini tasvirlovchi badiiy matnlarni tadqiq etish asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi badiiy matnlarni semantik, pragmatik va lisoniy vositalarning voqelanishi natijasida mental modellar, konseptlar hamda asar muallifi tomonidan hissiyotlarni bevosita va bilvosita hamda personajlarning nutqiy harakatlari insonning emotsional holatini metaforik tarzda bayon qilish imkonini beruvchi tabiat hodisalarini tasvirlash vositasida insonning salbiy va ijobiy hissiyotlarini aks ettiruvchi funksional qoidalar aniqlangan natijalardan Samarqand davlat chet tillar institutida amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+561624-ERR-1-2015- UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va halqarolashtirish” dasturi doirasidagi innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023 yil 30 martdagi 831/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarning badiiy matnlarni talqin etish va tarjima qilish ko‘nikmalari takomillashgan, personajlarning emotsional holatini ularning nutqiy aktlari vositasida tahlil qilish malakasi rivojlangan va tilning insonning turli kechinmalari va hissiyotlarini tasvirlovchi uslubiy hamda pragmatik vositalari majmuasi o‘rganilgan;
badiiy diskursda inson ichki olamining leksik-stilistik (ekspressiv, hissiy-ta’sirchan buyoqli so‘z va iboralar, undovlar, rangli ramzlar, frazeologizmlar) va sintaktik (talaffuz, tinish belgilari, gap tuzilishi) tavsifining o‘ziga xosliklari bilan tahlil qilish yuzasidan tavsiyalar Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan Tempus Project 544161-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTE: “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” (“Magistrlik dasturlari asosida Evropa tillarini o‘qitishni takomillashtirish va til ta’limini modernizatsiyalash”) tadqiqot loyihasi dasturida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023 yil 30 martdagi 823/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya materiallari va tavsiyalari ingliz tilidagi badiiy adabiyotlar mutolaasi hamda tarjimasini tashkillashtirishda, original va tarjima matnlarini qiyoslashda, shuningdek, badiiy diskursda inson ichki olamini tavsiflashga xizmat qiluvchi turli-tuman pragma-stilistik vositalarni o‘rganishda qo‘l kelgan;
insoniy hissiyotlarni tasvirlash uchun zarur bo‘lgan ingliz tilining lisoniy vositalari tahlili natijalaridan Samarqand davlat chet tillar institutida amalga oshirilgan №I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023 yil 30 martdagi 830/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, taklif qilingan material ingliz tili leksikasini chuqur o‘rganishda va insonning turlicha hissiy holatlari bayoni aks etgan badiiy matnlarni tarjima qilishda, shuningdek, ingliz tilidagi badiiy adabiyotlarni mutolaa qilish orqali chet tili bilimlarini mustahkamlanishiga ko‘maklashgan;
ingliz va o‘zbek badiiy matnlari materialida konseptual mazmun yaxlitligi hamda kitobxonga emotsional ta’sir ko‘rsatish maqsadida personajlarning emotsional holatini tasvirlashning lisoniy vositalarini tarjima qilishda tarjimonga qo‘yiladigan lingvistik bilimlar, olam borasidagi tushunchalari, yozuvchining g‘oyaviy-estetik imkoniyatlari hamda borliqni tasvirlashning individual tamoyillari to‘g‘risidagi bilimlari muhimligi kabi ilmiy natijalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining STV davlat telekanalida yoshlar mavzusiga bag‘ishlangan “Kelajak bunyodkori” madaniy-ma’rifiy ko‘rsatuv ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023 yil 11 apreldagi 01-07/125-son ma’lumotnomasi). Natijada, tomoshabinlarning badiiy asar mutolaasiga ommaviy qiziqishlari ortgan, ularning umumiy dunyoqarashlari kengaygan, xususan yoshlarning ingliz tili va adabiyoti bo‘yicha bilimlari saviyasi boyitilgan.