Eshmamatov Sardor Quchqor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Havo-metan aralashmasining tovushdan tez oqimi alangasida eritilgan temirning elektrofizik, magnitotransport va galvanomagnit xossalarini tadqiq qilish”, 01.04.07–“Kondensirlangan holat fizikasi”(fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/FM659
Ilmiy rahbar: Arziqulov Eshquvat Ulashevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2020.FM.106.01.
Rasmiy opponentlar: Nuritdinov Izzatillo, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Jumaev Mustaqim Rofievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ushbu dissertasiya ishi tadqiqotlarining maqsadi “havo-metan” va “havo-propan” gazlari aralashmasining tovushdan tez oqimi alangasida 1600-1700 0C temperatura oralig‘ida eritilib sintez qilingan g‘ovak po‘latning sirt morfologiyasi, element tuzilishi, elektrofizik, issiqlik, magnitotransport va galvanomagnit xossalarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta “havo-metan” va “havo-propan” gazlari aralashmasining tovushdan tez oqimi alangasida po‘latni eritish orqali elektr xossasi bo‘yicha yarimo‘tkazgich materiallarga xos bo‘lgan g‘ovak po‘lat sintez qilish mumkinligi ko‘rsatilgan.
sintez qilingan g‘ovak po‘lat namunasi mavjud metallik po‘lat materialiga qaraganda elektr, magnit, issiqlik, mexanik, galvanomagnit xossalari tubdan farq qiluvchi material ekanligi aniqlangan.
sintez qilingan g‘ovak po‘lat namunalari solishtirma elektr qarshiligi (solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi) ning temperaturaga bog‘liqligi eksponensial qonuniyat bilan o‘zgarib temperaturaning oshishi bilan, solishtirma elektr qarshiligi (solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi) ning qiymati kamayishi (oshishi) aniqlangan.
g‘ovak po‘lat namunalarida temperatura oshishi bilan dastlab aralashmali o‘tkazuvchanlik sohasi, keyin esa juda tor sohada aralashmalarning to‘liq bo‘shashi sohasi va nihoyat xususiy elektr o‘tkazuvchanlik sohalari mavjudligi aniqlangan. Aralashmali o‘tkazuvchanlikka energiyasi 0,28 eV bo‘lgan energetik sathning javobgarligi aniqlandi. Xususiy o‘tkazuvchanlik sohasining temperaturaga bog‘liqligidan esa g‘ovak po‘lat namunasi taqiqlangan zonasi kengligi 0,624 eV ga teng bo‘lishi aniqlangan.
sintez qilingan g‘ovak po‘lat namunalarida magnit maydoni ta’siri natijasida kattaligi 20% gacha bo‘lgan manfiy MQ effekti magnitotransport o‘lchashlar orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Havo-metan” gazlari aralashmasining tovushdan tez oqimi alangasida sintez qilingan g‘ovak temirning sirt morfologiyasini, element tuzilishini, elektrofizik, issiqlik, magnitotransport va galvanomagnit xossalarini o‘rganishga oid ilmiy natijalar asosida:
dissertatsiya ishidagi ilk bor sintez qilingan g‘ovak po‘lat namunalarida aniqlangan manfiy magnit qarshilik effekti va issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisentini o‘lchash bo‘yicha olingan tajriba natijalari OT-A3-56-“Razrabotka neoxlajdaemix visokoeffektivnix priemnikov teplovogo izlucheniya i termoelektricheskix preobrazovateley infrakrasnogo izlucheniya na osnove plenok visshego silisida margansa” loyihasida qo‘llanilgan. (Ma’lumotnoma № 01/9-14-2252 2023-yil 29-iyul I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti). Dissertatsiya ishida olingan ilmiy natijalardan o‘chash va hisoblashlarda skanerlovchi elektron mikroskop (SEM) va issiqlik koeffisentini o‘lchash usullaridan foydalanib Mn4Si7 yupqa plyonka namunalarining yuqori konversiya koeffisientlari qiymatlarini tushuntirish imkonini bergan;
dissertatsiya ishidagi sintez qilish usuli yordamida olingan g‘ovak po‘lat namunalarida magnit maydon ta’sirida 20% gacha bo‘lgan manfiy magnit qarshilik effekti aniqlanganligidan “Foton” AJ da magnit xususiyatli materiallar olishda foydalanilgan («UZELTEXSANOAT» uyushmasining 2023-yil 16-noyabrdagi №04-03/1590-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalaridan foydalanish asosida, mavjud materiallarga nisbattan 2 marta yuqori magnit sezgirlikka ega bo‘lgan jahon miqyosidagi talablarga mos keladigan magnit xususiyatli materiallar olish imkoniyatini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish