Chulliev Suhrob Rabbonaqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Innovatsion jarayonlar va venchur kapitali o‘rtasidagi bog‘liqlikni oshirishning nazariy asoslarini takomillashtirish», 08.00.01 – “Iqtisodiyot nazariyasi” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt625
Ilmiy rahbar: Murodova Nodira Qullievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Vaxabov Abduraxim Vasiqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Asatullaev Xurshid Sunatullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy iqtisodiyotda innovatsion jarayonlar va venchur kapitali o‘rtasidagi bog‘liqlikni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
innovatsion jarayonlar bilan venchur kapitali o‘rtasidagi bog‘liqlikni respublikada kichik innovatsion korxonalarni tashkil etishning dastlabki bosqichida venchur fondlari mablag‘larini faol jalb etish va ularni keyinchalik yirik innovatsion klasterlarga aylantirish orqali takomillashtirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra, ilmiy va innovatsion jarayonlarni rivojlantirishga tematik loyihalar bo‘yicha davlat buyurtmasi hajmini venchurli moliyalashtirish asosida ko‘paytirish va sohada hususiy sektor faolligini jadallashtirish orqali erishish taklifi ishlab chiqilgan;
innovatsion tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning iqtisodiy mexanizmini ular tomonidan yaratilayotgan yirik hajmli ilmiy-tadqiqot hamda innovatsion loyihalarni davlat grantlari va venchur kapitalini birlashtirish asosida moliyalashtirish orqali takomillashtirishning maqsadga muvofiqligi nazariy jihatdan asoslangan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra, innovatsion g‘oya va loyihalarni investisiyalash samaradorligini oshirishga venchur fondlarini paychilik (ulushli) asosida tashkil etish, keyinchalik, ya’ni, innovatsion loyiha amalga oshirilgandan so‘ng ishtirokchilar ulushini strategik investorlarga sotish orqali erishishning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
innovatsion jarayonlar bilan venchur kapitali o‘rtasidagi bog‘liqlikni respublikada kichik innovatsion korxonalarni tashkil etishning dastlabki bosqichida venchur fondlari mablag‘larini faol jalb etish va ularni keyinchalik yirik innovatsion klasterlarga aylantirish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi PF-165-son “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonining 1-ilovasi 4-bobi, 4.1-bandi, 3-xatboshini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 13 iyuldagi 01/00-04/08-6221 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mamlakatda kichik innovatsion korxonalar hamda innovatsion klasterlarning ko‘payishiga erishiladi;
ilmiy va innovatsion jarayonlarni rivojlantirishga tematik loyihalar bo‘yicha davlat buyurtmasi hajmini venchurli moliyalashtirish asosida ko‘paytirish va sohada hususiy sektor faolligini jadallashtirish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 avgustdagi 545-son “Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori 1-ilovasining 10-bandi E-qismining 9-xatboshisini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 13 iyuldagi 01/00-04/08-6221 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif respublikada ilmiy va innovatsion jarayonlar bilan shug‘ullanuvchi sub’ektlar sonining oshishi, yuqori texnologiyali tovar va xizmatlar diversifikatsiyasining kengayishi, innovatsiyalarni moliyalashtirish samaradorligining oshishiga xizmat qiladi;
innovatsion tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning iqtisodiy  mexanizmini ular tomonidan yaratilayotgan ilmiy-tadqiqot hamda innovatsion loyihalarni davlat grantlari va venchur kapitalini birlashtirish asosida  moliyalashtirish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi PF-165-son “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” Farmonining 1-ilovasi 2-bobining 3-xatboshisini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 13 iyuldagi 01/00-04/08-6221 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mamlakatda iqtisodiyotning hususiy sektorida innovatsion tadbirkorlik sub’ektlari, innovatsion texnoparklar va markazlar sonining oshishiga erishiladi;
innovatsion g‘oya va loyihalarni investisiyalash samaradorligini oshirishga venchur fondlarini paychilik (ulushli) asosida tashkil etish, keyinchalik, ya’ni, innovatsion loyiha amalga oshirilgandan so‘ng ishtirokchilar ulushini strategik investorlarga sotish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 maydagi 414-son “Investisiya va boshqaruv kompaniyalari faoliyati to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarorining 1-ilovasi 4-bob, 18-bandining 2-xatboshisini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 13 iyuldagi 01/00-04/08-6221 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif mamlakatda innovatsion g‘oyalar va loyihalarni investisiyalash samaradorligining oshishiga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish