Jumakulov Shuxratjon Zamirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy iqtisodiyotda bandlik noan’anaviy  shakllarini rivojlantirishning nazariy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.01-“Iqtisodiyot nazariyasi” va 08.00.10-“Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti” tutash ixtisosliklari bo‘yicha (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt1534
Ilmiy rahbar: Mirzakarimova Muyassarxon Mo‘minovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Rustam Rabbimovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xudayberdiev Zafar Raximovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent. Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Milliy iqtisodiyotda bandlikning  noan’anaviy shakllarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy xulosa va  amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Munosib” mehnat konsepsiyasi» yondashuviga ko‘ra, respublikada noan’anaviy bandlik shakllarini diversifikatsiya qilishga tomorqa er uchastkalari egalarini kooperatsiya va kasanachilik asosida ish bilan band qilgan tadbirkorlik subektlariga davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan har bir nafar tomorqa er uchastkasi egasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish orqali erishishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
ishchi kuchini takror hosil qilish yondashuviga ko‘ra, aholida noan’anaviy tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga ishsiz yoshlar va xotin qizlarni yangi turdagi kasb-hunar va xorijiy tillar bo‘yicha o‘qitish hamda malaka oshirish xarajatlarining BHMning 4 baravarigacha bo‘lgan qismini Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan grantlar ajratish asosida qoplab berish orqali erishish taklifi nazariy jihatdan asoslangan;
mamlakatda noan’anaviy bandlikni tartibga solish mexanizmi o‘z faoliyati davomida ish haqi fondini yiliga 1 dan 10 foizgacha oshirgan kichik tadbirkorlik subektlariga ular tomonidan to‘langan ijtimoiy soliq summasining bir qismini qaytarib berish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda noan’anaviy bandlik shakllari rivojlanishiga taʼsir qiluvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modelini ishlab chiqish asosida 2023-2027 yillarga mo‘jallangan muqobil ssenariyli prognoz variantlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
respublikada noan’anaviy bandlik shakllarini diversifikatsiya qilishga tomorqa er uchastkalari egalarini kooperatsiya va kasanachilik asosida ish bilan band qilgan tadbirkorlik subektlariga davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan har bir nafar tomorqa er uchastkasi egasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 avgustdagi PQ-366-sonli “Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori 1-g-bandining 1-6-xatboshilarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 21 sentyabrdagi 05/28-2-6/16-2118-sonli maʼlumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotda qo‘llanilishi respublikada noan’anaviy bandlik shakllarining qamrovini kengaytirish, tomorqa er uchastkalari egalarini kooperatsiya va kasanachilik asosida ish bilan band qilish va shu asosda aholi daromadlarini oshirishga xizmat qiladi;
aholida noan’anaviy tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga ishsiz yoshlar va xotin qizlarni yangi turdagi kasb-hunar va xorijiy tillar bo‘yicha o‘qitish hamda malaka oshirish xarajatlarining BHMning 4 baravarigacha bo‘lgan qismini Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan grantlar ajratish asosida qoplab berish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi PQ-4804-sonli “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini taʼminlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining 12-bandi, b) qismini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 21 sentyabrdagi 05/28-2-6/16-2118-sonli maʼlumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi oliy va professional taʼlim bilan qamrab olinmagan yoshlarni ish bilan taʼminlash, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida frilanserlik faoliyatini keng rivojlantirish, maktabning yuqori sinflaridanoq kasbga o‘rgatish tizimini joriy etish, yoshlar tadbirkorlik klasterlari va konsalting xizmatlarini  tashkil etish tadbirlarini ishlab chiqish imkoniyatini yaratgan;
mamlakatda noan’anaviy bandlikni tartibga solish mexanizmini o‘z faoliyati davomida ish haqi fondini yiliga 1 dan 10 foizgacha oshirgan kichik tadbirkorlik subektlariga ular tomonidan to‘langan ijtimoiy soliq summasining bir qismini qaytarib berish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 avgustdagi PQ-366-sonli “Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining 3-ilovasi 9-bandini tayyorlashda  foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligidan 2022 yil 21 sentyabrda olingan 05/28-2-6/16-2118-sonli maʼlumotnoma). Ushbu taklifning joriy qilinishi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subektlarining mehnat bozorida noan’anaviy bandlik shakllarini rivojlantirishlarini rag‘batlantirishga xizmat qiladi;
O‘zbekistonda noan’anaviy bandlik shakllari rivojlanishiga taʼsir qiluvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modelini ishlab chiqish asosida ishlab chiqilgan 2023-2027 yillarga mo‘jallangan muqobil ssenariyli prognoz variantlaridan O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining respublikada bandlikni taʼminlashning 2026 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlarida tashkiliy va moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, mehnat resurslari va ishsizlik hisobini yuritish, bandlikka ko‘maklashish va tadbirkorlikni mahallabay rivojlantirish tizimini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari  vazirligidan 2022 yil 18 martda olingan 01/00-03/ 15-2539-sonli maʼlumotnoma). Ushbu taklifning joriy qilinishi mamlakatda noan’anaviy, jumladan, innovatsion tarmoqlarda yangi ish o‘rinlarini yaratish, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha individual dasturlar tuzish, mahallalarda mikromarkazlar tashkil etib, ishsiz aholining hunarmandchilik va tadbirkorlik bilan shug‘ullanishiga sharoit yaratish va shu orqali 2026 yil yakuniga qadar kambag‘allikni sezilarli darajada qisqartirishga xizmat qiladi..

Yangiliklarga obuna bo‘lish