Xaydarova E’zoza Shukurullaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qurilish materiallari sanoati korxonalarining innovatsion salohiyatini boshqarish samaradorligini  oshirish” mavzusi, 08.00.13 - “Menejment” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2051.
Ilmiy rahbar: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Saidov Mash’al Samadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Buriev Xakim Toshimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor v.b.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi respublika qurilish materiallari sanoati korxonalari innovatsion salohiyatini boshqarish samaradorligini  oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra qurilish materiallari sanoati korxonalari innovatsion salohiyati tahlil ob’ektining retrospektiv va perspektiv analitik ko‘rsatkichlarini baholash mezonlari tarkibi moliyaviy, ishlab chiqarish, mehnat, marketing, boshqaruv va ehtimoliy salohiyat turlarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
qurilish materiallari sanoati korxonalarining xom ashyoni qazib olishdan uni qayta ishlash, tayyor qurilish va pardozbop materiallar ishlab chiqarishgacha qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratuvchi qurilish materiallari korxonalari klasterlarini tashkil etish orqali faoliyat samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
innovatsion salohiyatni boshqarishda qurilish materiallari sanoati korxonalarining ishlab chiqarish, moliyaviy, boshqaruv, marketing, mehnat va ehtimoliy salohiyatlarini integral baholash bo‘yicha «yuqori» (1,2≤INs), «barqaror» (1,0≤INs˂1,2), «o‘rtacha xavfli» (0,7≤INs˂1,0) va «yuqori xavfli» (0≤INs˂0,7) koeffisient chegaralari doirasida belgilash asoslangan;
qurilish materiallari sanoati korxonalaridagi iqtisodiy jarayonlarning asosiy tendensiyalari hamda innovatsion salohiyatni boshqarishning samarali vositalariga ko‘ra tuzilgan omilli model asosida 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qurilish materiallari sanoati korxonalari innovatsion salohiyatini samarali boshqarishni ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra qurilish materiallari sanoati korxonalari innovatsion salohiyati tahlil ob’ektining retrospektiv va perspektiv analitik ko‘rsatkichlarini baholash mezonlari tarkibi moliyaviy, ishlab chiqarish, mehnat, marketing, boshqaruv va ehtimoliy salohiyat turlarini kiritish orqali takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan “Uy-joy kommunal xo‘jaligi iqtisodiyoti va boshqaruvi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 25 noyabrdagi 388-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, barcha mavjud salohiyat turlari umumiy qobiliyatlari yig‘indisi sifatidagi “innovatsion salohiyat” tushunchasi mazmunining nazariy-uslubiy asoslari takomillashtirilib, oliy ta’lim tizimi talabalari tomonidan ushbu soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
qurilish materiallari sanoati korxonalarining xom ashyoni qazib olishdan uni qayta ishlash, tayyor qurilish va pardozbop materiallar ishlab chiqarishgacha qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratuvchi qurilish materiallari korxonalari klasterlarini tashkil etish orqali faoliyat samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 fevraldagi PQ-139-son qaroriga 6-ilova bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston  qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2023 yil 12 oktyabrdagi 05/15-2072-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish sanoati korxonalari innovatsion salohiyatini samarali boshqarish orqali qo‘shilgan qiymat zanjirida sof foydaning 10-15 foizga oshishiga erishilgan;
innovatsion salohiyatni boshqarishda qurilish materiallari sanoati korxonalarining ishlab chiqarish, moliyaviy, boshqaruv, marketing, mehnat va ehtimoliy salohiyatlarini integral baholash bo‘yicha «yuqori» (1,2≤INs), «barqaror» (1,0≤INs˂1,2), «o‘rtacha xavfli» (0,7≤INs˂1,0) va «yuqori xavfli» (0≤INs˂0,7) koeffisient chegaralari doirasida belgilash taklifidan O‘zbekiston  qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi tomonidan “Qurilish materiallari sanoati korxonalarida ishlab chiqarish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari” dasturida foydalanilgan (O‘zbekiston  qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2023 yil 12 oktyabrdagi 05/15-2072-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish materiallari sanoati korxonalarini pog‘onalashtirilgan saralash tizimini joriy etishga va ushbu chora-tadbirlar qurilish materiallari sanoati korxonalari foydasini 12-16 foizgacha oshirish imkoni yaratilgan;
qurilish materiallari sanoati korxonalaridagi iqtisodiy jarayonlarning asosiy tendensiyalari hamda innovatsion salohiyatni boshqarishning samarali vositalariga ko‘ra tuzilgan omilli model asosida 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston  qurilish materiallari sanoati korxonalari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston  qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2023 yil 12 oktyabrdagi 05/15-2072-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish materiallari sanoati korxonalarini samarali boshqarish ssenariylari ishlab chiqilgan va ular faoliyatini optimallashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish