Maxmudov Omon Tuxtaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklari reytingini aniqlash amaliyotini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Iqt1165
Ilmiy rahbar: Sattarov Odiljon Berdimuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, PhD.03/29.12.2022.I.133.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Narboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rustamov Maqsud Suvonqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda tijorat banklari reytingiga  ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish va banklar reytingini aniqlash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bank tizimining konsentratsiya indeksi, muammoli aktivlar salmog‘i, kapitalga qo‘yilgan minimal talablar va bufer talablarini muvofiqlashtirish shartlariga ko‘ra reyting berish amaliyotida tizimli ahamiyatga molik tijorat banklari uchun birinchi darajali asosiy kapitalga nisbatan 2 foiz qo‘shimcha buferni joriy etish taklifi asoslangan;
tijorat banklari ichki reyting modelini ishlab chiqish asosida kredit portfeldagi muammoli aktivlar salmog‘i hamda qarz oluvchilar moliyaviy holatini doimiy monitoring qilish taklifi asoslangan;
milliy reyting agentliklari banklarning  birinchi darajali kapitali va leveraj koeffisienti bo‘yicha renkinglarni e’lon qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish orqali tijorat banklari tomonidan kapitaldan foydalanish samaradorligini oshirilishini rag‘batlantirish asoslangan;
“mijozlarning bank xizmatlaridan qoniqishi indeksi”ni ishlab chiqish vositasida mijozlar ehtiyojini qondirish va bank xizmatlari sifatini taqqoslash tizimini ta’minlash asosida tijorat banklari reytingini yaxshilash taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tijorat banklari reytingini aniqlash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
bank tizimining konsentratsiya indeksi, muammoli aktivlar salmog‘i, kapitalga qo‘yilgan minimal talablar va bufer talablarini muvofiqlashtirish shartlariga ko‘ra reyting berish amaliyotida tizimli ahamiyatga molik tijorat banklari uchun birinchi darajali asosiy kapitalga nisbatan 2 foiz qo‘shimcha buferni joriy etish taklifi AT Mikrokreditbank Kengashining 2021 yil 5/2021-sonli qarorida o‘z aksini topgan (AT Mikrokreditbank  aksiyadorlik tijorat bankining 2022 yil 7 dekabrdagi 05-35/19128-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi AT Mikrokreditbank moliyaviy barqarorligini 2020 yilga qaraganda 2021 yilda 2,44 foizga oshishiga hamda inqiroz bo‘lish ehtimolini 4 foizli punktga kamaytirishga xizmat qilgan;
tijorat banklari ichki reyting modelini ishlab chiqish asosida kredit portfeldagi muammoli aktivlar salmog‘i hamda qarz oluvchilar moliyaviy holatini doimiy monitoring qilish taklifi AT Mikrokreditbank Kengashining 2021 yil 5/2021-sonli qarorida o‘z aksini topgan. (AT Mikrokreditbank aksiyadorlik tijorat bankining 2022 yil 7 dekabrdagi 05-35/19128-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi AT Mikrokreditbank kapitali bo‘yicha reytingini 2020 yilga qaraganda 2021 yilda 1,1 foizga oshishiga hamda bank aktivlari bo‘yicha reytingni 1,6 foizli punktga oshishiga olib kelgan;
milliy reyting agentliklari banklarning  birinchi darajali kapitali va leveraj koeffisienti bo‘yicha renkinglarni e’lon qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish orqali tijorat banklari tomonidan kapitaldan foydalanish samaradorligini oshirilishini rag‘batlantirish taklifi Ahbor-reyting milliy reyting agentligi Kengashining 2021 yil 6/2021-sonli qarorida o‘z aksini topgan (Ahbor reyting milliy  reyting agentligining 2023  yil 7 avgustdagi 88-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi Ahbor reyting milliy reyting agentligining tijorat banklariga reyting berish amaliyotini xalqaro amaliyotga ko‘ra kapitaldan foydalanish samaradorligini oshishiga xizmat qilgan;
“mijozlarning bank xizmatlaridan qoniqishi indeksi”ni ishlab chiqish vositasida mijozlar ehtiyojini qondirish va bank xizmatlari sifatini taqqoslash tizimini ta’minlash asosida tijorat banklari reytingini yaxshilash taklifi Ahbor-reyting milliy reyting agentligi Kengashining 2021 yil 6/2021-sonli qarorida o‘z aksini topgan (Ahbor reyting milliy reyting agentligining 2023 yil 7 avgustdagi 88-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi Ahbor reyting milliy reyting agentligi banklarga reyting berish amaliyotini 2021 yilga qaraganda 2022 yilda xizmatlar sifatini 0,7 foizga oshishiga hamda muammoli aktivlarni kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish