Jalekeshov Azamat Sarsengalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bosim (taranglik) ta’siridagi kupratlar o‘tao‘tkazuvchanlik xossalarida polaron samarasi”, 01.04.07–“Kondensirlangan holat fizikasi”(fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/FM724.
Ilmiy rahbar: Yavidov Bahram Yangibaevich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2020.FM.106.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Akbarali Maxammatovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Djumanov Safarali, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 〖La〗_(2-x) 〖Sr〗_x 〖CuO〗_4 va 〖YBa〗_2 〖Cu〗_3 O_(7-δ) kupratlari o‘tao‘tkazuvchanlik kritik harorati-Tc ning bir o‘qli panjara tarangligi (bosimi) ga hamda legirlash darajasiga bog‘liqligini o‘rganish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
har xil legirlash darajalaridagi   va   kuprat namunalari o‘tao‘tkazuvchanlik   ga bir o‘qli taranglik (bosim) ning ta’sirini tavsiflovchi nazariy model taklif qilingan;
birinchi marta   yupqa pardasi va   kristall strukturasidagi polaron massalarining bir o‘qli taranglik ta’sirida o‘zgarishi tushuntirildi. Xususan, a(c) -o‘qi bo‘ylab siqilish tarangligi ta’sirida polaron massasining kamayishi (ortishi) va cho‘zilish tarangligi ta’sirida polaron massasining ortishi (kamayishi) tushuntirilgan;
birinchi marta   yupqa pardalarining “1/8” anomaliyasini o‘zida aks ettirgan o‘tao‘tkazuvchanlik kritik haroratining legirlash darajasiga bogʻliqligini ifodalovchi T_c∼x fazaviy diagrammasi olingan;
turli legirlash darajalaridagi   uchun o‘tao‘tkazuvchanlik T_c ning bir o‘qli taranglik va bir o‘qli bosim bo‘yicha hosilaviy qiymatlari elastiklik doimiylarning qiymatiga bogʻliq ravishda o‘zgarishi aniqlangan;
  kuprati o‘tao‘tkazuvchanlik   ning qiymati bir o‘qli taranglik ta’sirida o‘zgaradi. O‘tao‘tkazuvchanlik   ning bir o‘qli taranglik hamda bir o‘qli bosim bo‘yicha hosilalaviy qiymatlari elastiklik doimiylarining qiymatiga bogʻliq ravishda o‘zgarishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mazkur dissertatsiya ishining ilmiy tadqiqot natijlaridan foydalanish quyidagilarga imkon bergan:
 O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi doirasida bajarilayotgan “Legirlangan YuHO‘O‘-kupratlarning elektron nazariyasi va uni dielektrik/metall va o‘tao‘tkazuvchanlik fazalarining hosil bo‘lishi va nanomasshtabda bo‘linishini tadqiq qilish uchun qo‘llash” mavzusidagi fundamental ilmiy-tadqiqot dasturining ilmiy natijalarini taqqoslashda foydalanilgan. Mazkur ilmiy natijalardan foydalanish kuprat yuqori haroratli o‘tao‘tkazuvchanligi mikroskopik nazariyasini rivojlantirish va kuprat namunlari avtolokallashgan elektron (yoki kovak) energiyasi, avtolokallashgan elektron (yoki kovak) massasi, o‘tao‘kazuvchanlik kritik haroratini takomillashtirish imkonini bergan (O‘zR FA 2023-yil 25-iyun №2/1255-1397 sonli ma’lumotnomasi);
2021-2023-yillarda S.Seyfullin nomidagi Qozog‘iston agrotexnika tadqiqot universitetida “Yuqori kritik parametrlarga ega Bi-YuHO‘O‘ keramika ishlab chiqarish texnologiyasini olish” ilmiy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan. Dissertatsiyaning ilmiy natijalaridan foydalanish o‘tao‘tkazgichlarning kritik parametrlarini yaxshilashga imkon berdi, ya’ni pinning nanomarkazlarini yaratish uchun nanodispersli magnit va o‘tga chidamli kukunlarni kiritish orqali IQ isitish natijasida olingan YuHO‘O‘ keramika kritik transport toki zichligini oshiradi, va uyurmali magnit oqimlarini to‘xtatish, shuningdek, tashqi ta’sirlar (bosim) tufayli kupratlarning kritik haroratini oshirish mexanizmini tushunishga imkon berdi (S.Seyfullin nomidagi Qozog‘iston agrotexnika tadqiqot universiteti 25.09.2023 y. dagi №2775/1.2.1.11.1 sonli ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish