Raximov G‘anisher Xudoyqulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingliz tilining O‘zbekistonda tarqalishi (sotsiolingvistik va pragmatik jihatlari)», 10.00.11–Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.3.DSc/Fil43.
Ilmiy rahbar: Safarov Shahriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Dsc.27.06.2017.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyberganova Durdona Siddiqovna, filologiya fanlari doktori, professor; Siddiqova Iroda Abduzuhurovna, filologiya fanlari doktori, professor; S`yu Garton, filologiya fanlari doktori, professor (Buyuk Britaniya).
Yetakchi tashkilot: M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (Ostona).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz tilining O‘zbekistonda tarqalishi, turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi kommunikativ munosabatlarda sotsiolingvistik va pragmatik jihatlari, sotsiolingvistik maqomi va ta’lim tizimidagi mavqeini tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tilning variantlashuviga ta’sir qiluvchi omillarning lingvistik va ekstralingvistik tabiati sotsiolingvistik, pragmatik, kommunikativ-kognitiv tamoyillar tatbig‘ida isbotlangan;
ingliz tilidan lingua franca sifatida, xalqaro muloqot vositasi ko‘rinishida foydalanilganda kommunikativ vazifaning faollashuvi, olamni bilish jarayonida namoyon bo‘ladigan kognitiv vazifa ijrosi esa ona (o‘zbek) tili zimmasiga tushishi dalillangan;
o‘quv materiallari tanlovida mamlakatimizda amalda bo‘lgan English lingua francaning aniq bir millat yoki madaniyatga tegishliligini, globallashgan til turli milliy madaniyatlarni yaqinlashtirish uchun xizmat qilishini inobatga olish zarurligi isbotlangan;
mamlakatimizda xalqaro muloqot vositasi va lingua franca sifatida foydalanilayotgan ingliz tilining sotsiolingvistik, etnopragmatik belgilari aniqlangan;
lingvistik manzaraning rang-barangligi asosida xorijiy tildagi diskurs faoliyati, nutqiy aktlar, milliy madaniyatiga xos me’yoriy qoidalarni tizimlashtirishga yo‘naltirilgan lisoniy-tafakkur harakatlar majmuasi tavsiflangan;
tillararo hamda madaniyatlararo aloqalar asosida ingliz tilining O‘zbekistonda tarqalishida standart variantdan foydalanish muhitida yuzaga keladigan aksent hodisasining lingvopedagogik xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz tilining O‘zbekistonda tarqalishi, turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi kommunikativ munosabatlarda sotsiolingvistik va pragmatik jihatlari, sotsiolingvistik maqomi va ta’lim tizimidagi mavqeini tahlil qilish asosida:
tilning variantlashuviga ta’sir qiluvchi sotsiolingvistik, pragmatik, kommunikativ-kognitiv omillarning lingvistik va ekstralingvistik xususiyatlari tahlilidan ITD-1-119 raqamli «O‘zbek adabiyoti antologiyasi»ni ingliz tiliga tarjima qilish va adabiyotlararo kommunikatsiya muammolari», A-1-219 raqamli «Ta’lim tizimida xorijiy til (ingliz) yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida umumevropa kompetensiyalari (CEFR) bo‘yicha S1 darajasini egallashni ta’minlaydigan o‘quv-uslubiy majmua yaratish», OT-A1-53 raqamli «Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakul`teti uchun “Translation in Use” darsligini yaratish va nashr qilish», OT-A1-63 raqamli «Bilim ila nur-ta’lim tizimida xorijiy til (ingliz) yo‘nalishidagi ko‘rish imkoniyati cheklangan o‘quvchilarga o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga mo‘ljallangan umumevropa kompetensiyalariga javob beradigan o‘quv-uslubiy majmua yaratish», OT-F8-062 «Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari» mavzularidagi loyihalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 30 dekabrdagi FTA-02-02/1409-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tilidagi muloqot jarayonida hurmat kategoriyasining voqelanishi haqidagi bilimlarni o‘quvchilarda shakllantirish, o‘zbek va ingliz tilida semantik ifoda tizimining farqini izohlash va aksent hodisasining diskursda bajaradigan vazifalarini aks ettirish lisoniy qobiliyatni o‘stirish jarayonida yuzaga keladigan muammolarini bartaraf etishda xizmat qilgan;
ona (o‘zbek) tilining kognitiv va ingliz tilining kommunikativ vazifalarini farqlash asosida xalqaro muloqot vositasi va lingua franca sifatida foydalanishga tegishli bo‘lgan hamda amaldagi ingliz tilining aniqlangan sotsiolingvistik, etnopragmatik belgilari bo‘yicha shakllantirilgan ilmiy xulosalardan “Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 124-son, “O‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-son, “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 343-son qarorlari doirasida amaliyotda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 yanvardagi 89-03-111-son, Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazining 2017 yil 12 dekabrdagi 01/11-01/07-1798-son ma’lumotnomalari). Ushbu xulosalardan dastur loyihasi doirasida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1–2-sinf ingliz tili o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanmada va 2–3-sinf o‘quvchilari uchun yaratilgan “Kid’s Englsh” darsliklarida foydalanilgan;
lingvistik manzaraning rang-barangligi asosida xorijiy til diskurs faoliyati, nutqiy aktlar, milliy madaniyatga xos me’yoriy qoidalarni tizimlashtirish bo‘yicha va lisoniy-tafakkur harakatlarini takomillashtirish yuzasidan berilgan takliflar Britaniya Kengashi va O‘zDJTU hamkorligida amalga oshirilayotgan bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash va ingliz tili bilim va ko‘nikmalarini baholash tizimini isloh qilishning milliy dasturi doirasida tayyorlanayotgan o‘quv materiallariga tatbiq etilgan hamda 2017 yil may oyida Buyuk Britaniyada “Going Global” xalqaro anjumanida ham bayon etilgan (Britaniya Kengashining 2018 yil 11 yanvardagi ma’lumotnomasi);
tillararo hamda madaniyatlararo aloqalar tahlili asosida ingliz tilining O‘zbekistonda tarqalishida standart variantdan foydalanish sharoitida aniqlangan aksent hodisasining lingvopedagogik xususiyatlari yuzasidan berilgan takliflardan xorijiy tillarni o‘rgatishning uzluksizligini ta’minlashda va darsliklarni takomillashtirishning sotsiolingvistik tamoyillarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston ingliz tili o‘qituvchilari uyushmasining 2017 yil 19 dekabrdagi 67/20-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” darslik-majmuasining yaratish imkonini bergan;
tadqiqot jarayonida ishlab chiqilgan ingliz tilining lingua franca variantidan ta’lim tizimida foydalanish metodologiyasiga oid xulosalar Aston universiteti (Buyuk Britaniya) va Voronej davlat universitetlarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot hamda ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan (Aston Universitetining 2018 yil 8 yanvardagi hamda Voronej universitetining 2017 yil 22 dekabrdagi 301421-025 raqamli ma’lumotnomalari). Olingan natijalarning qo‘llanishi natijasida o‘quv materiallarini tanlash, ularni standart til me’yorlariga moslashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy tavsiyalar DeTEL online o‘quv portaliga yuklangan va tinglovchilarga etkazilgan. Bu yosh tadqiqotchi olimlarning lisoniy hodisalarning milliy-madaniy xususiyatlariga oid ilmiy ishlarini dunyo miqyosida tanishtirishga turtki bergan.