Rayimov Doniyor G‘apurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Dissipativ bir jinsli bo‘lmagan va erkinlik darajasi chekli bo‘lgan mexanik sistemalarni vibratsiyadan passiv va aktiv himoyalashning xususiyatlari” (Features of passive and active vibration protection of dissipatively inhomogeneous mechanical systems with a finite number of degrees of freedom), 01.02.01 – Nazariy mexanika ixtisosligidan (fizika-matematika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/FM466
Ilmiy rahbar: Teshaev Muhsin Xudoyberdievich fizika-matematika fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/27.02.2021.FM.101.02 raqamli ilmiy kengash
Korshinova Natalya Aleksandirovna fizika – matematika fanlari doktori, professor. Manglieva Juragul Hamroqulovna fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Korshinova Natalya Aleksandirovna fizika – matematika fanlari doktori, professor va Manglieva Juragul Hamroqulovna fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent;
Yetakchi tashkilot nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi - dissipativ bir jinsli bo‘lmagan va erkinlik darajasi chekli bo‘lgan mexanik sistemalarni vibratsiyadan passiv va aktiv himoyalash metodikasi va algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
erkinlik darajasi chekli bo‘lgan qovushqoq-elastik mexanik sistemaning rezonans sohasidagi tebranishlar amplitudasini kamaytirish masalasining matematik qo‘yilishi, echish metodikasi va algoritmi tebranishdan kombinatsiyalangan himoya qilish usuli asosida ishlab chiqilgan;
erkinlik darajasi chekli bo‘lgan qovushqoq-elastik mexanik sistemaning dissipativ bir jinslimasligini hisobga olgan holda rezonans sohasidagi amplitudasi uchun "Troyanovskiy-Safarov" effekti o‘rinli bo‘lgan parametrlari aniqlangan;
erkinlik darajasi chekli bo‘lgan mexanik sistemaning rezonans sohasidagi tebranishlar amplitudasini kamaytirish masalasi aktiv vibro himoya nazariyasi asosida matematik qo‘yildi, echish metodikasi va algoritmi ishlab chiqilgan;
tebranishdan kombinatsiyalangan himoya qilish usuli asosida, turg‘unlik nazariyasi usullarini qo‘llab parametrlarining maxanik sistemaning turg‘unligini ta’minlovchi sohalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotdagi vibratsion yuklanishlardan mexanik sistema elementlarini vibrohimoyalash nazariyasini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan hisoblash usullari va algoritm bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mashina va mexanizmlarni tebranishlardan himoyalashning kombinatsion usuli Toshkent kimyo-texnologiya instituti Davlat ilmiy texnika dasturi doirasida 2016-2020 yillarda bajarilgan OT-F4-01 “Qovushqoq suyuqlik oquvchi ko‘p qatlamli kompozit quvurlar egri chiziqli bo‘laklarining harorat va dinamik yuklanishlar tasirida chiziqli bo‘lmagan dinamik kuchlanish-deformatsiya holatini o‘rganish usullarini ishlab chiqish va nazariyasini rivojlantirish” mavzusidagi fundamental loyihada joriy etikgan (Toshkent kimyo-texnologiya institutining 2023 yil 14 maydagi 1/01-2739-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yuklanish ostida ishlovchi dissipativ bir jinsli bo‘lmagan sistemalarda hosil bo‘ladigan rezonans ampilitudalarini chastotaning 0,5 Gs dan 3 Gs gacha diapazonida 1.7 martaga kamaytirishiga erishilgan;
dissertatsiyada ishlab chiqilgan xusisiy hosilali bir jinslimas difrensial tenglamalar sistemasini echish metodikasidan Buxoro davlat universitetida 2017-2020 yillarda bajarilgan OT-F4–02–“Matematik fizikaning holatlar to‘plami cheksiz bo‘lgan modellari termodinamikasi” fundamental loyihasida foydanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023 yil 18 maydagi № 01-04/01/1142- sonli ma’lumotnomasi). Natijada topilgan analitik echim va dissertatsiyada ishlab chiqilgan metodikadan foydalanish orqali olingan echimlarda amplitudalar orasidagi farq 15% dan oshmasligi aniqlangan.