Imomov In’omiddin Abdulxamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalar faoliyatini boshqarishda nizoli vaziyatlarini bartaraf etish texnologiyasi (iqtisodiyotchi talabalar misolida)”, 13.00.07 –Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5330.
Ilmiy rahbar: Baybaeva Muxayyo Xudaybergenovna, pedagogika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, PhD.03/31.05.2022.Ped.16.04.
Rasmiy opponentlar: Xodjamkulov Umid Negmatovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Guliston davlat universiteti, Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalar faoliyatini boshqarishda nizoli vaziyatlarni bartaraf etish texnologiyasi (iqtisodiyotchi talabalar misolida) bo’yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalar faoliyatini boshqarishda nizoli vaziyatlarni bartaraf etishning tanqidiy-ijodiy fikrlash, shaxsiy va kasbiy sifatlar, o‘zini-o‘zi boshqarish tayanch kompetensiyalarni rivojlantirishga ta’sir etuvchi ko‘p tomonlamalik, ob’ektivlik va tarbiyaning birligi tamoyillarini adaptiv moslashtirish orqali  aniqlashtirilgan;
talabalar faoliyatini boshqarishda nizoli vaziyatlarni bartaraf etishning texnik, mafkuraviy, ijtimoiy, iqtisodiy va tashkiliy shakllari hamda aksiologik, refleksiv konstruktiv yo’nalganlik asosida kengaytirilgan konfliktologik kompetentligini takomillashtirishga qaratilgan tuzilmaviy-mantiqiy modeli o‘zaro ta’sir ko‘rsatish darajasining doimiy va qayta aloqa dinamikasining barqarorligini  hisobga olish asosida  takomillashtirilgan;
nizoli vaziyatlarni bartaraf etishda samarali boshqaruv faoliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari tizimli diagnostika qilinib, pedagogik-konfliktologik kompetensiyalar, kommunikativ madaniyat, emotsional intellekt, nizolarga barqaror munosabat, nizoli vaziyatda konstruktiv strategiyalarni tanlash parametrlariga oid “Self-development”, “Natural-reflexive”, “Vitagen” texnologiyalari asosida variativ (axborotli, izohli, tahliliy) axborot-metodik ta’minotni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
talabalar faoliyatini boshqarishda nizoli vaziyatlarni bartaraf etish texnologiyasi (iqtisodiyotchi talabalar misolida) tarbiyaning birligi tamoyillariga konfliktologik kompetensiyalarning rivojlanishining gnoseologik, praksiologik, aksiologik, refleksiv bosqichlari talabalarni kasbiy va shaxsiy ijtimoiylashtirish mexanizmlariga   ko‘ra ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalar faoliyatini boshqarishda yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalar faoliyatini boshqarishda nizoli vaziyatlarni bartaraf etishning texnik, mafkuraviy, ijtimoiy, iqtisodiy va tashkiliy shakllari hamda aksiologik, refleksiv konstruktiv yo‘nalganlik asosida kengaytirilgan konfliktologik kompetentligini takomillashtirishga qaratilgan tuzilmaviy-mantiqiy modeli o‘zaro ta’sir ko‘rsatish darajasining doimiy va qayta aloqa dinamikasining barqarorligini  hisobga olish asosida  takomillashtirilgan takliflar Oliy ta’lim fan va innovasiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqitotlari va va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi faoliyatida foydalanilgan (Oliy ta’lim fan va innovasiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqitotlari va va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2023-yil 6-iyuldagi  02/02-01-105-son  ma’lumotnomasi). Natijada iqtisodiyotchi talabalar faoliyatini boshqarishda konfliktologik kompetensiyaning tuzilishi, komponentlari, mezonlari va ko‘rsatkichlarini aniqlashtirishga erishilgan;
nizoli vaziyatlarni bartaraf etishda samarali boshqaruv faoliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari tizimli diagnostika qilinib, pedagogik-konfliktologik kompetensiyalar, kommunikativ madaniyat, emotsional intellekt, nizolarga barqaror munosabat, nizoli vaziyatda konstruktiv strategiyalarni tanlash parametrlariga oid “Self-development”, “Natural-reflexive”, “Vitagen” texnologiyalari asosida variativ (axborotli, izohli, tahliliy) axborot-metodik ta’minot “Tarbiyaviy ishlarni boshqarish“ nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan (Oliy ta’lim fan va innovasiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-buyrug‘i bilan tasdiqlangan №391469-sonli o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalar faoliyatini boshqarishda konfliktologik kompetentlikni rivojlantirishga doir interfaol ta’lim texnologiyalarni samarali qo‘llashga xizmat qilgan;
talabalar faoliyatini boshqarishda nizoli vaziyatlarni bartaraf etish texnologiyasi (iqtisodiyotchi talabalar misolida) tarbiyaning birligi tamoyillariga konfliktologik kompetensiyalarning rivojlanishining gnoseologik, praksiologik, aksiologik, refleksiv bosqichlari talabalarni kasbiy va shaxsiy ijtimoiylashtirish mexanizmlariga ko‘ra ustuvorlik berish asosida ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan takliflardan Oliy ta’lim fan va innovasiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqitotlari va va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi faoliyatida foydalanilgan (Oliy ta’lim fan va innovasiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqitotlari va va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2023-yil 6-iyuldagi 02/02-01-105-son  ma’lumotnomasi). Natijada talabalar faoliyatini boshqarishda konfliktologik kompetensiyalarning rivojlanishining gnoseologik, praksiologik, aksiologik, refleksiv bosqichlari talabalarni ilmiy asoslashga qaratilgan takliflar ishlab chiqishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish