Smirnov Arkadiy Nikolaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «G‘arbiy O‘zbekiston (Qizilqum-Nurota tog‘li hududi) perm davri yotqiziqlari biostratigrafiyasi va biofossiliyalari», 04.00.05 – Paleontologiya va stratigrafiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/GM.56.
Ilmiy maslahatchi: Xusanov Sultanbay Tuxtaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «O‘zbekgeologiya qidiruv» AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti huzuridagi DSc.24/30.12.2019.GM.41.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Evseeva Galina Borisovna, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Sultonov Po‘latjon Salimovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Mirkamalov Rustam Xamzaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: G‘arbiy O‘zbekistonning perm yotqiziqlari yoshini biofossiliyalar bo‘yicha asoslash hamda zamonaviy regional biostratigrafik sxemasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qizilqum-Nurota tog‘li viloyati hududida perm davri yotqiziqlarining faunistik jihatdan asoslangan yoshi aniqlangan;
Perm davrida sfinktozalar, paleoaplizinlar, pelecipodalar, marjonlar, suv o‘tlari kabi perm davridagi organik qoldiqlari mavjudligi isbotlangan;
Qizilqum-Nurota tog‘li viloyati perm sistemasi quyi hamda yuqori bo‘limlarida Shimoliy Amerika, Yaponiya, Indoxitoy, Qrim, Sumarta orollari, Janubiy Evropa va Kichik Osiyoning perm yotqiziqlarida keng tarqalgan paleontologik asosli yotqiziqlari aniqlangan;
O‘zbekistonda perm rif komplekslari biotsenozini tavsiflovchi sfinktozoalarning uchta yangi turi, paleoaplizinlarning ikkita yangi turi va stromatoporatlarning yozilgan hamda ikki yangi turi aniqlangan;
Qizilqum-Nurata tog‘ viloyatining perm davri molass formatsiyasining rifogen yotqiziqlari stratigrafik sxemasi ishlab chiqilgan;
Qizilqum-Nurata tog‘ viloyatining perm rifogen yotqiziqlarining geologik tuzilishi qonuniyatlari o‘rnatilgan va geologik qidiruv ishlarining keyingi yo‘nalishlarini bashorat qilish imkoniyati yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘arbiy O‘zbekistonning perm rifogen yotqiziqlarining biostratigrafiyasi va biofossiliyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
G‘arbiy O‘zbekiston perm rifogen yotqiziqlarining aniqlashtirilgan stratigrafik sxemasi Geologiya va geofizika institutida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022 yil 15 dekabrdagi 04-5687-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi aniqlangan organik qoldiqlar guruhi perm davri stratigrafik sxemasinining quyi va yuqori bo‘limlarini asoslashga imkonini bergan;
Perm davri yotqiziqlarini tavsiflovchi biofosillarning 34 aniqlangan turi Geologiya va geofizika institutida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022 yil 15 dekabrdagi 04-5687-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qizilqum-Nurata tog‘li hududining perm rifli yotqiziqlari stratifikatsiyasi aniqlanib, ularning geologik chegarasi aniqlash imkonini bergan;
Qirg‘oq bo‘yi yotqiziqlari zonalarida qadimgi sochma oltinga istiqbolli maydonlarni ajratish mezonlari Geologiya va geofizika instituti faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022 yil 15 dekabrdagi 04-5687-son ma’lumotnomasi). Natijada, qadimgi sochma oltinga istiqbolli maydonlar aniqlash imkoni yaratilgan;
G‘arbiy O‘zbekiston molass formatsiyasi vulqon-cho‘kindi yotqiziqlarida aniqlangan permga oid rifsimon kompleklar tarqalish tarzi Geologiya va geofizika institutida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022 yil 15 dekabrdagi 04-5687-son ma’lumotnomasi). Natijada, foydali qazilmaga istiqbolli maydonlar aniqlangan va keyingi geologiya-qidiruv ishlari yo‘nalishlari asoslash imkonini bergan.