Shevsov Vladimir Mixaylovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tabiiy gaz konlarini o‘zlashtirishni loyihalashning metodologik asoslarini takomillashtirish», 04.00.13 – Neft va gaz konlarini o‘zlashtirish hamda ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘ yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/T340.
Ilmiy maslahatchi: Nazarov Ulug‘bek Sultanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: "O‘ZLITINEFTGAZ" AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: "O‘ZLITINEFTGAZ" AJ, DSc.23/25.08.2021.T.136.01.
Rasmiy opponentlar: Suleymanov Bagir Alekperovich, texnika fanlari doktori, professor; Akilov Jahon Akilovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Zakirov Azamjon Alimjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy gaz konlarini o‘zlashtirishning dastlabki, asosiy va yakuniy bosqichlarida loyihalash metodologiyasini takomillashtirish, geologik qidiruv va konlarni qayta qidirish vazifalarini o‘zlashtirishi bilan birlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy gaz konlarini ekspluatatsiya qilishda geologik, texnologik va moliyaviy-iqtisodiy xavflarni boshqarish muammolarini hal qilish bilan kompleks loyihalashtirish tizimi ishlab chiqilgan;
tabiiy gaz konlarini o‘zlashtirishning dastlabki bosqichini (SE) loyihalashning metodologik asoslari ishlab chiqilgan, ularning geologik qidiruvini davom ettirish bilan birlashtirilgan;
raqamli geologik-gidrodinamik modellarni yaratish uchun geologik ma’lumotlarning cheklanganligi sharoitida SE bosqichida konlarni o‘zlashtirishning texnologik ko‘rsatkichlarini prognoz qilishda moddiy balans usulidan foydalanish imkoniyati isbotlangan va konni o‘zlashtirishning dastlabki bosqichida (SE) drenajlangan gaz zaxiralarining maksimal qiymatini tezkor baholash metodologiyasi ishlab chiqilgan;
uglevodorodlarning ko‘p o‘lchovli, ko‘p fazali izotermik bo‘lmagan filtratsiyasi sharoitida quduqlarni qazib olishni maqbul joylashtirish va taqsimlash muammolarini hal qilish algoritmlari ishlab chiqilgan;
dastlabki gaz bilan to‘yinganligi past bo‘lgan Ustyurt gaz kondensati konlarini o‘zlashtirishni loyihalash metodologiyasi takomillashtirilgan;
bo‘sh turgan va/yoki kam debitli quduqlarda yuqori texnologiyali ta’mirlash (YoSB) orqali quduqlarning xarakatdagi fondini saqlab turganda uglevodorod konlarini o‘zlashtirish tizimini loyihalash metodologiyasi yaratilgan;
er osti gaz omborini (EOGO) yaratish uchun tugagan uglevodorod konlarining qoldiq gaz zaxiralaridan foydalanish samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uglevodorod konlarini o‘zlashtirishni loyihalashning metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekistonning gaz kondensati konlarini samarali ishlatish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslublar va ko‘rsatmalar «O‘ZBEKNEFTEGAZ» AJning ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan («O‘ZBEKNEFTEGAZ» AJning 2023 yil 25 oktyabrdagi 02/18-8-876-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistondagi tabiiy gaz konlarini tahlil qilishda va loyihalashtirishda geologik-gidrodinamik modellari bajarilgan, ularni ishlatishda geologik-gidrodinamik nazorat qilish va geologik, texnologik, texnik va moliyaviy-iqtisodiy xavflarni boshqarish amalga oshirib uglevodorod xom ashyosi konlarini ishlatishda loyixaviy qarorlardan farqlanishni kamaytirish imkonini bergan;
uglevodorod qazib olishni oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturlar «O‘ZBEKNEFTEGAZ» AJning ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan («O‘ZBEKNEFTEGAZ» AJning 2023 yil 25 oktyabrdagi 02/18-8-876-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 12115,0 mln. m³ gaz va 297,7 ming tonna kondensat qo‘shimcha qazib chiqarish, iqtisodiy samara olish imkonini bergan;
Uglevodorod konlaridagi quduqlarda yuqori texnilogik ta’mirlash ishlarini bajarish bo‘yicha ishlab chiqilgan me’zonlar «O‘ZBEKNEFTEGAZ» AJning ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan («O‘ZBEKNEFTEGAZ» AJning 2023 yil 25 oktyabrdagi 02/18-8-876-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, quduqlarni nisbatan ishonchli tanlash va yon tanani kesish usullari samaradorligini oshirish imkonini bergan