Elboboev Abdug‘ani Shuxrat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Terakning ko‘chat zararkunandalarini bioekologik rivojlanish xususiyatlari va ularga qarshi kurash usullari”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4. PhD/Qx1038
Ilmiy rahbar: Yusupov Abdusalim Xolboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlar agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Shamuratova Nagima Genjemuratovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Eshchanov Bahodir Ruzumboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy–tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi terak ko‘chat zararkunandalarining tur tarkibi, tarqalishi, zarari va bioekologik rivojlanish xususiyatlari hamda tabiiy kushandalarini o‘rganish asosida ularga qarshi ilmiy asoslangan samarali kurash usullarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari sharoitida ixtisoslashgan terak pitomniklarida 6 ta turkumga xos, 22 oilaga mansub 53 turdagi asosiy zararkunandalar uchrashi monitoring asosida aniqlangan;
zararkunandalarning asosiy 20 ta dominant turlarini tarqalish areali, bioekologik xususiyatlari, fenologiyasi va zarar keltirish darajasi aniqlangan;
zararkunandalar sonini boshqarishda tabiiy kushandalar, mikrobiologik hamda kimyoviy preparatlarning biologik samaradorligi aniqlangan;
barcha himoya chora tadbirlarini qo‘llagan holda takomillashgan himoya qilish tizimi ishlab chiqilgan hamda har gektardan 3000 dona qo‘shimcha ko‘chat saqlab qolish mumkinligi aniqlangan;
terak pitomniklarini zararkunandalardan himoya qilishda foydalanilgan usullarning va o’simliklarni himoya qilishga sarflangan xarajatning o‘zini oqlashi 2,17–3,51 marta bo‘lganligi bilan iqtisodiy samaradorligi tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Terakni ko‘chat zararkunandalaridan himoya qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalari asosida:
Terakni ko‘chat zararkunandalaridan himoya qilishda ildiz zararkunandalari, buzoqbosh qo‘ng‘izlar (uch tishli, zararli va mart), quyruqli buzoqbosh qo‘ng‘iz, kuzgi tunlam, simqurt va soxta simqurtlarga qarshi Piligrim 24,7% sus.k., Desis 10% em.k. (0,2 l/ga.) preparatlari, so‘ruvchi va kemiruvchi zararkunandalaridan, kaliforniya qalqondori, terak bargxo‘ri, terak katta oynachisi, terak kichik oynachisiga qarshi erta bahorda Ovipron 2000 em.k. (10–15 l/ga.), Preparat №30 76% neft moyi emulsiya asosli preparatlar (40–100 l/ga.) va mavsum davomida Asetaplan 200 SL, 20% c.e.k. (0,3 kg/ga.), Killer Ekstra 10% (0,25 l/ga.), Plarmektin 1,8% em.k. (0,25 l/ga.) Karbofos 50 % em.k. (1,0–2,0 l/ga.), Fufanon 57% em.k. (2,0 l/ga.), Imitrin 20% (0,3–0,5 l/ga.) sarf me’yorlarda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasinining 2022 yil 9 dekabrdagi №04/21–6275-son ma’lumotnomasi). Natijada 86,2–87,9 % gacha biologik samaradorlikka erishilgan;
Toshkent viloyati Saksonota davlat o‘rmon ishlab chiqarish korxonasida (10,0 gektar), Quyi–chirchiq davlat o‘rmon xo‘jaligida (15 gektar), Toshkent davlat o‘rmon xo‘jaligida (25 gektar) va Qashqadaryo viloyatining Jovuz davlat o‘rmon xo‘jaligida (3 gektar), Kitob davlat o‘rmon xo‘jaligida (20 gektar) hamda Navoiy viloyatining Xatirchi davlat O‘rmon xo‘jaligida (205 gektar) jami 278 gektar maydonga terakni asosiy zararkunandalaridan himoya qilish yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar natijalari joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasinining 2022 yil 9 dekabrdagi №04/21–6275-son ma’lumotnomasi). Natijada terak pitomniklari zararkunandalardan himoya qilinib, o’simliklarni himoya qilishga sarflangan xarajatning o‘zini oqlashi bilan bir qatorda iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.