Tuxtaev Jamshed Kodirkul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘qoqning toksik shakllarini jarrohlik davolashning prognostik omillari», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3074.
Ilmiy rahbar: Babajanov Axmadjon Sultonboevich, tibbiyot fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: O‘roqov Shuxrat To‘xtaevich, tibbiyot fanlar doktori; Eshonxodjaev Otabek Djuraevich, tibbiyot fanlar doktori., professor.
Yetakchi tashkilot: Istambul medeniyat universiteti (Turkiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jarrohlik hajmini tanlash va aralashuv texnikasini takomillashtirishga morfologik asoslangan yondashuvni ishlab chiqish orqali bo‘qoqning toksik shakllari bo‘lgan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolashning prognostik omillarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
toksik bo‘qoqning residiv tezligi prognostik omillari bo‘qoqning patomorfologik shakllari, tireoperoksidazaga nisbatan antitanachalar darajasi ko‘rsatkichlari bo‘yicha autoimmun jarayonning faollik darajasi bajarilgan operatsiya hajmi va kasallikning davomiyligiga qarab belgilash asoslari ishlab chiqilgan;
qalqonsimon bez to‘qimalarida morfologik o‘zgarishlarning rivojlanishi qalqonsimon bez epiteliyasining proliferatsiyasi va transformatsiyasining ustunligini ko‘rsatadigan tireoperoksidazaga nisbatan antitanachalar darajasiga bevosita bog‘liq ekanligi isbotlangan, bu esa antitanacha titrining yuqori ko‘rsatkichlari bo‘lgan bo‘qoqning toksik shakllari bo‘lgan bemorlarda tireoidektomiya zarurligi ko‘rsatilgan;
ultratovushli disektor-aspirator (CUSA) yordamida strumektomiyani amalga oshirishning texnik jihatlarini takomillashtirish qalqonsimon arteriya tuzilmalarining xavfsiz ajratilishi, qaytuvchi xiqildoq nervi, paratireoid bezlarini aniqlashni ta’minlagan va shu bilan intraoperativ asoratlar xavfini kamaytirishi isbotlangan;
bo‘qoqning toksik shakllari uchun operatsiya hajmini tanlashning prognostik omillariga asoslangan tavsiya etilgan davolash algoritmi davolash natijalarini ishonarli darajada yaxshilashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspert kengashining 2023 yil 25 oktyabr` № 60 sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: bo‘qoqning toksik shakllarini jarrohlik davolashning uzoq muddatli natijalarini o‘rganish asosida bo‘qoqning qaytalanishining asosiy sababi qalqonsimon bezning organ saqlab qoluvchi subtotal rezeksiyasi, giperfunksiya belgilari bo‘lgan follikulyar kolloid bo‘qoq bilan gemitireoidektomiya bajarish ekanligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: qalqonsimon bez patologiyasi bo‘lgan bemorlarni tashxis qilish va jarrohlik davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, xususan, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi va SamDTU 1-klinikasi bo‘yicha buyruq 15.09.2023 y. №17/1 hamda 16.09.2023 y. №21/1) bilan amaliyotiga joriy etilgan 15-sonli buyruq asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bo‘qoqning patomorfologik shakllariga, tireoperoksidazaga nisbatan antitanchalar darajasi ko‘rsatkichlari bo‘yicha autoimmun jarayonning faollik darajasiga, bajarilgan operatsiya hajmiga va kasallikning davomiyligiga qarab toksik bo‘qoqning operatsiyadan keyingi erta asoratlarni oldini olish, residiv sonini kamaytirishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: joriy etilgan tavsiyalar jarrohlik yo‘li bilan davolashga tabaqalashtirilgan yondashuvni, shuningdek operatsiyadan keyingi asoratlarning oldini olishni hisobga olgan holda, bo‘qoqning toksik shakllarini jarrohlik yo‘li bilan davolash taktikasini tanlashni optimallashtirishga imkon berdi. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi operatsiyadan keyingi eng yaqin asoratlar, toksik bo‘qoqning qaytalanishining uchrash sur’atini kamaytirish orqali ko‘rsatilayotgan yordam sifatini sezilarli darajada yaxshilashga imkon bergan, buning natijasida 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 1200000 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 440000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Bo‘qoqning toksik shakllari bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolashning prognostik omillarini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, bo‘qoqning qaytalanishining asosiy sababi qalqonsimon bezning organ saqlab qoluvchi subtotal rezeksiyasi (17,2% residiv), gemitireoidektomiya (21,7% residiv), giperfunksiya belgilari bilan follikulyar kolloid bo‘qoq (24,2% residiv). Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Bo‘qoqning toksik shakllarini jarrohlik davolashning prognostik omillari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 26 dekabrdagi №5254-sonli xati yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: tireoperoksidazaga nisbatan antitanachalarining boshlang‘ich darajasi bilan kasallikning takrorlanish tezligining aniq namunasi aniqlandi, antitanachalar darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, takrorlanish darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi (≥100 m Ed /l darajasida 30,3% gacha). antitanachalarning darajasi past bo‘lganda kasallikning yanada rivojlanishi ehtimoli past, chunki follikulalarni sklerotik to‘qima bilan almashishi giperplaziya va to‘qimalarning giperfunksiyasi jarayonlarining rivojlanishiga hissa qo‘shmaydi, bu esa ushbu bemorlarda subtotal rezeksiyani oqlaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: qalqonsimon bez patologiyasi bo‘lgan bemorlarni tashxis qilish va jarrohlik davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, xususan, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi va SamDTU 1-klinikasi bo‘yicha buyruq 15.09.2023 y. №17/1 hamda 15.09.2023 y. №21/1) bilan amaliyotiga joriy etilgan.15-sonli buyruq asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: toksik bo‘qoqning qaytalanishi rivojlanishining qalqonsimon bezning patomorfologik shakliga, autoimmun jarayonning faollik darajasiga, kasallikning davomiyligiga va operatsiya hajmiga bog‘liqligi isbotlangan. Toksik bo‘qoqning qaytalanishi rivojlanishining qalqonsimon bezning patomorfologik shakliga, autoimmun jarayonning faollik darajasiga, kasallikning davomiyligi va bajarilgan jarrohlikning hajmiga bog‘liqligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bo‘qoqning toksik shakllari bo‘lgan bemorlarni davolash natijalarining omil tahlili shuni ko‘rsatdiki, residiv rivojlanishining sababi qalqonsimon bez to‘qimalarida proliferativ o‘zgarishlar bilan toksik bo‘qoq uchun organlarni saqlab qoluvchi jarrohlik aralashuvlarni amalga oshirish edi. Tavsiya etilgan davolash taktikasini tanlash algoritmining samaradorligi kasallikning klinik yo‘nalishini ball bilan baholash yordamida isbotlangan va buning natijasida 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 740000 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 82000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: qalqonsimon bez to‘qimalarida morfologik o‘zgarishlarning rivojlanishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri autoimmun jarayonning faollik darajasiga bog‘liq, tireoperoksidazaga nisbatan antitanachalarining yuqori darajasi qalqonsimon bezning follikulyar epiteliyasining proliferatsiya va transformatsiya jarayonlarining ustunligini ko‘rsatadi. Tireoperoksidazaga nisbatan antitanachalar darjasi yuqori bo‘lganda qalqonsimon bez to‘qimasini qoldirish maqsadga muvofiq emas, bu esa o‘z navabatida tireoidektomiya zarurligini taqozo etadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanilishi: «Bo‘qoqning toksik shakllarini jarrohlik davolashning prognostik omillari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2022 yil 26 dekabrdagi №5254-sonli xati yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ultratovush disektor aspiratoridan foydalanish qalqonsimon bez tomirlarini va traxeyaning old yuzasini ajratish bosqichlarini sezilarli darajada soddalashtirdi va bu operatsiyaning murakkab bosqichlarini 2 baravar va operatsiyaning umumiy davomiyligini 1,5 baravar kamaytirishga, operatsiyadan keyingi eng erta asoratlar (qon ketish, qaytuvchi xiqildoq nerv parezi, gipoparatireoz) chastotasini 17,4% dan 6,1% gacha kamaytirishga erishildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: qalqonsimon bez patologiyasi bo‘lgan bemorlarni tashxis qilish va jarrohlik davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, xususan, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi va SamDTU 1-klinikasi bo‘yicha buyruq 15.09.2023 y. №17/1 hamda 15.09.2023 y. №21/1) bilan amaliyotiga joriy etilgan.15-sonli buyruq asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ultratovushli disektor-aspirator (CUSA) yordamida strumektomiyani amalga oshirishning texnik jihatlarini takomillashtirish qalqonsimon bez arteriyalarini xavfsiz ajratilishini, qaytuvchi xiqildoq nervni, paratireoid bezlarini aniqlashni ta’minlaydi va shu bilan intraoperativ asoratlar xavfini kamaytiradi; Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ultratovushli disektor-aspirator (CUSA) yordamida strumektomiyani amalga oshirish texnikasini takomillashtirish operatsiyani bajarish texnikasini soddalashtirishga, introperativ asoratlar xavfini kamaytirishga va tiroidektomiya vaqtini 92,7±4,8 dan 63,4±3,6 daqiqagacha qisqartirishga imkon bergan (r<0.001). Statsionarda davolanish muddati 2 barobarga qisqardi. Shifoxonada bo‘lish davrining qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 nafar bemor hisobiga o‘rtacha 1 kunga 152 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: ultratovush disektor aspiratori (CUSA) yordamida qalqonsimon bez operatsiyalarini amalga oshirishning texnik jihatlarini takomillashtirish tomirlarning xavfsiz chiqarilishiga, qaytuvchi laringeal nerv to‘plamini, paratireoid bezlarini aniqlashga yordam berdi va operatsiyadan keyingi eng yaqin asoratlar (qon ketish, qaytuvchi laringeal nerv parezi, gipoparatireoz) chastotasini kamaytirishga imkon berdi, operatsiyaning murakkab bosqichlarini 15,8±0,9 dan 6,7±0,5 daqiqagacha (r<0,001), operatsiyaning umumiy davomiyligi 92,7±4,8 dan 63,4±3,6 daqiqagacha (r<0, 001) kamaytirishga erishilgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanilishi: «Bo‘qoqning toksik shakllarini jarrohlik davolashning prognostik omillari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2022 yil 26 dekabrdagi №5254-sonli xati yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bo‘qoqning toksik shakllari bo‘lgan bemorlarda jarrohlik davolash taktikasini differensial tanlash operatsiya hajmini tanlashning prognostik omillariga asoslanib, operatsiyadan keyingi uzoq davrda qoniqarsiz natijalar chastotasini (toksik bo‘qoqning qaytalanishi, gipotireoz) 16,5% dan 3,6% gacha kamaytirish orqali ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yaxshilashga imkon berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: qalqonsimon bez patologiyasi bo‘lgan bemorlarni tashxis qilish va jarrohlik davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, xususan, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi va SamDTU 1-klinikasi bo‘yicha buyruq 16.09.2023 y. №17/1 hamda 15.09.2023 y. №21/1) bilan amaliyotiga joriy etilgan.15-sonli buyruq asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bo‘qoqning toksik shakllari uchun operatsiya hajmini tanlashning prognostik omillariga asoslangan tavsiya etilgan davolash-diagnostika algoritmi davolash natijalarini sezilarli darajada yaxshilashga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bo‘qoqning toksik shakllari uchun jarrohlik aralashuv taktikasini tanlash algoritmi, tireoperoksidazaga nisbatan antitanachalar darajasida qalqonsimon bezni olib tashlash hajmini hisobga olgan holda, ularning ko‘rsatkichlari toksik bo‘qoqning patomorfologik shakli bilan bog‘liq bo‘lib, operatsiyadan keyingi eng yaqin asoratlar chastotasini 17,4% dan 6,1% gacha (mezon χ2 = 4.954; Df=1; p=0,027) va operatsiyadan keyingi uzoq davrda qoniqarsiz natijalarni 16,5% dan 3,6% gacha (mezon χ2 = 4.692; Df=1; p=0,031) kamaytirish orqali ko‘rsatiladigan yordam sifatini yaxshilashga imkon berib, buning natijasida 1 nafar bemor hisobidan budjet mablag‘larini 1064000 so‘mni va budjetdan tashqari 780 000 so‘m mablag‘larni tejash imkonini beradi. Xulosa. bo‘qoqning toksik shakllari uchun operatsiya hajmini tanlash prognostik omillarga – tireoperoksidazaga nisbatan antitanachalari darajasiga asoslangan bo‘lishi kerak, ularning ko‘rsatkichlari toksik bo‘qoqning patomorfologik shakli bilan bog‘liq. Taklif etilayotgan davolash-diagnostika algoritmi operatsiyadan keyingi uzoq davrda qoniqarsiz natijalar chatsotasini 16,5% dan 3,6% gacha kamaytirish orqali davolash sifatini yaxshilashga imkon bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanilishi: «Bo‘qoqning toksik shakllarini jarrohlik davolashning prognostik omillari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2022 yil 26 dekabrdagi №5254-sonli xati yuborilgan.