Yodgorov Ibroxim Faxriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Moyaklar va moyak ortig‘ining yallig‘lanishga qarshi dori vositalari polipragmaziyasidagi morfologik ko‘rsatkichlari hamda anor danagi yog‘i bilan korreksiyalash», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3474.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori., professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nargiza Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori; Balandina Irina Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi)
Yetakchi tashkilot: Vitebsk davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yallig‘lanishga qarshi dori vositalari polipragmaziyasida moyaklar va moyak ortig‘ining morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlari va ularni anor danagi moyi bilan korreksiyasini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nazorat guruhi ko‘rsatkichlari bilan taqqoslangan holda yallig‘lanishga qarshi ta’sir doirasiga ega dori vositalarining turli kombinatsiyalarida spermatogen epiteliyning tarkibi aniqlangan;
yallig‘lanishga qarshi samaraga ega dori vositalari ta’sirida moyaklar va ularning ortiqlarida kanalcha ichki yuzasida joylashgan Sertoli hujayralarining son jihatdan kamayishi, parabazal soxalarga migratsiyalanganligi, spermatogen hujayralarning bazal qavat yuzasidan qisman ko‘chishi va son jihatidan keskin kamayganligi aniqlangan;
farmakodinamik ta’siri o‘xshash bo‘lgan uch turdan ortiq dori vositalarini qo‘llashdan so‘ng urug‘donlarda me’yorda uchramaydigan III-IV-V-turdagi egri-bugri naylarning paydo bo‘lishi, ularda atrofik va destruktiv o‘zgarishlarning yuzaga kelishi isbotlangan;
polipragmaziya sharoitida hamda anor danagi yog‘i bilan korreksiyadan so‘ng moyaklar va ularning ortiqlarining Ki-67 va Bcl-2 markyorlari bilan ekspressiya darajasi solishtirma tahlil qilinganda biokorreksiya natijasida regenerativ funksiyaning tiklanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 4 dekabr №23-Z/092 son xulosasiga ko‘ra:
Birinchi ilmiy yangilik: nazorat guruhi ko‘rsatkichlari bilan taqqoslangan holda yallig‘lanishga qarshi ta’sir doirasiga ega dori vositalarining turli kombinatsiyalarida spermatogen epiteliyning tarkibi aniqlangan bo‘lib, olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (22.09.2023; № 27) hamda Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (25.09.2023; №91) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: polipragmaziya sharoitida moyak va epididimis struktur ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi bo‘yicha aniqlangan qonuniyatlar bepushtlikni oldini olish va uning asoratlarini bashoratlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: nazorat va yallig‘lanishga qarshi ta’sir doirasiga ega dori vositalari polipragmaziyasi chaqirilgan tajriba guruhlaridagi spermatagoniy, spermatidalar va asosiysi spermatazoidlar miqdorini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar, tashxislash usullarini takomillashtirish orqali 1 nafar bemor hisobiga 70000 so‘mga byudjet mablag‘larini, byudjetdan tashqari mablag‘larni 35000 so‘mga iqtisod kilish imkonini berdi. Xulosa: 1 nafar bemor hisobiga 70000 so‘mga byudjet mablag‘larini, byudjetdan tashqari mablag‘larni 35000 so‘mga iqtisod kilish imkonini bergan.
Ikkinchi ilmiy yangilik: yallig‘lanishga qarshi samaraga ega dori vositalari ta’sirida moyaklar va ularning ortiqlarida kanalcha ichki yuzasida joylashgan Sertoli hujayralarining son jihatdan kamayishi, parabazal soxalarga migratsiyalanganligi, spermatogen hujayralarning bazal qavat yuzasidan qisman ko‘chishi va son jihatidan keskin kamayganligi aniqlangan bo‘lib, olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (22.09.2023; № 27) hamda Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (25.09.2023; №91) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yallig‘lanishga qarshi samaraga ega dori vositalarining turli kombinatsiyasida morfometrik ko‘rsatkichlarining me’yordagi ko‘rsatkichlar bilan qiyosiy tahlili erta tashxis qilish, davo samaradorligini oshirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: polipragmaziya fonida moyaklar va ularning ortiqlarining morfometrik ko‘rsatkichlarini aniqlash metodologiyasi bo‘yicha taklif etilgan tavsiyalar diagnostika usullarini takomillashtirish orqali 1 nafar bemor xisobiga 50000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi. Xulosa: urug‘don va ortiqlarining polipragmaziyasidagi salbiy o‘zgarishlarni erta tashxislash va bashorat qilish natijasida 1 nafar bemor hisobiga 50000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.
Uchinchi ilmiy yangilik: farmakodinamik ta’siri o‘xshash bo‘lgan uch turdan ortiq dori vositalarini qo‘llashdan so‘ng urug‘donlarda me’yorda uchramaydigan III-IV-V-turdagi egri-bugri naylarning paydo bo‘lishi, ularda atrofik va destruktiv o‘zgarishlarning yuzaga kelishi isbotlangan bo‘lib, olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (22.09.2023; № 27) hamda Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (25.09.2023; №91) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: dori vositalari polipragmaziyasi ta’sirida patologik urug‘ naychalarining paydo bo‘lishi mexanizmlarini bilish aholining reproduktiv salomatligi bilan bog‘liq muammolarni oldini olish va davolash uchun ularni tartibga solish yo‘llarini ishlab chiqishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: polipragmaziya ta’sirida kelib chiqqan funksional o‘zgarishlarni tadqiq qilish, ularni aniqlash va baholash natijasida diagnostika usullarini takomillashtirish orqali 1 nafar bemor xisobiga 55000 so‘mga byudjet mablag‘larini, byudjetdan tashqari mablag‘larni 35000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: urug‘don va uning ortig‘idagi patologiyalarni o‘z vaqtida baholash, erta tashxislash va bashorat qilish natijasida 1 nafar bemor xisobiga 55000 so‘m byudjet mablag‘laridan va 35000 nobyudjet mablag‘lardan iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
To‘rtinchi ilmiy yangilik: polipragmaziya sharoitida hamda anor danagi yog‘i bilan korreksiyadan so‘ng moyaklar va ularning ortiqlarining Ki-67 va Bcl-2 markyorlari bilan ekspressiya darajasi solishtirma tahlil qilinganda biokorreksiya natijasida regenerativ funksiyaning tiklanishi isbotlangan bo‘lib, olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (22.09.2023; № 27) hamda Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (25.09.2023; №91) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: urug‘don to‘qimasida Ki67 va Bcl-2 markerlar ekspressiyasini baholash polipragmaziya va tabiiy dori vositasi – anor danagi yog‘i bilan korreksiya ta’siriga javoban a’zodagi proliferativ faollik va reaktiv jarayonlarning holatini aniqlashga, onkologik va immunopatologik kasalliklarga erta tashxis qo‘yishga, davolashni optimallashtirishga imkon yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: prognostik ahamiyatga ega immunogistokimyoviy mezonlarni o‘z vaqtida aniqlash natijasida tashxislash usullarini takomillashtirish orqali 1 nafar bemor xisobiga davolanish uchun ketadigan byudjet mablag‘laridan 50000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 35000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: polipragmaziya fonida anor danagi yog‘i bilan korreksiya qilish 1 nafar bemor xisobiga davolanish uchun ketadigan byudjet mablag‘laridan 50000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 35000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.