Fayzullaev Xayrullo Norkulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Virusli jigar sirrozlari rivojlanishini bashoratlashning immunogenetik mezonlari va virusga qarshi davolash samaradorligini baholash», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya; 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Tib598.
Ilmiy maslahatchilar: Kamalov Zaynitdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Asilova Muxayyo Ubaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Immunologiya va inson genomikasi instituti, RIEMYuPKIATMning Virusologiya ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01.
Rasmiy opponentlar: Urazmetova Maisa Dmitrievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxamedov Rustam Sultanovich, biologiya fanlari doktori, professor; Tadjiev Botir Mirxashimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: virusli jigar sirrozlari rivojlanishini bashoratlashning immunogenetik mezonlari va virusga qarshi davolash samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor surunkali yallig‘lanish jarayonining shakllanishi va uning surunkali virusli gepatitlar oqibatida yuzaga kelgan JS bilan asoratlanishi IL-1β, IL-6, TNF-α yallig‘lanishga xos sitokinlar miqdorining ortishiga to‘g‘ri proporsional bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor surunkali virusli GV, GS va GD oqibatida yuzaga kelgan jigar sirrozining shakllanishi yallig‘lanishga xos sitokinlar IL-1β, TNF-α darajasining sezilarli darajada ortishi patologik jarayonning tabiati, uning kuchayishi va rivojlanishiga bog‘liqligi, IL-6 ning qondagi miqdorining o‘zgarishi jigar sirroz rivojlanishida ahamiyat kasb etmasligi aniqlangan;
ilk bor HBV+HCV, HBV+HDV mikst infeksiyalarida va ayniqsa HCV infeksiyasida yallig‘lanishga xos sitokinlar IL-1β va TNF-α miqdorining ishonarli ortishi, yashirin gepatit oqibatida yuzaga kelgan JS bilan kasallangan bemorlarda esa yallig‘lanishga xos sitokinlar miqdor ko‘rsatkichlari nisbatan kamroq bo‘lishi aniqlangan;
ilk bor surunkali virusli gepatitlarga moyillikning shakllanishida IL-1β (–511 C/T), IL-6 (–174 G/C), TNF-A (–238 G/A) genlarining allel variantlari, surunkali HCV gepatitiga moyillikda TNF-α genining ahamiyati, HBV+HCV, HBV+HDV mikst infeksiyalarining IL-1β genining CT va TT (rs 16944), IL-6 genining SS (rs1800795), TNF-α genining GA (rs 361525) va AA (rs 1800629) allel variantlari bilan bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor surunkali virusli gepatitlarda IL-1β genining gomozigot S/C genotipi, IL-6 genining G/G allel varianti, TNF-α genining G/G allel juftligi barqaror virusologik javob bilan bog‘liqligi va surunkali virusli gepatit C oqibatida yuzaga kelgan JS bilan kasallangan bemorlarning virusga qarshi davoga javob bermasligida TNF-α genining A/A genotipi sabab bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Immunologiya va inson genomikasi instituti Ekspert kengashining 2023 yil 27 noyabrdagi № DSc 5a-2/002-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor surunkali yallig‘lanish jarayonining shakllanishi va uning surunkali virusli gepatitlar oqibatida yuzaga kelgan JS bilan asoratlanishi IL-1β, IL-6, TNF-α yallig‘lanishga xos sitokinlar miqdorining ortishiga to‘g‘ri proporsional bog‘liqligi isbotlangan; ilmiy yangilikning ahamiyati: kasallikning shakllanishi va uning oqibatida yuzaga kelgan jigar sirrozi bilan asoratlanishi yallig‘lanishga xos sitokinlar miqdorining ortishi bilan o‘zaro bog‘liqligi kasallikni rivojlanishi, klinik kechishi va prognozini baholashda muhim rol` o‘ynagan; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Jizzax va Toshkent viloyatlari yuqumli kasalliklar shifoxonasiamaliy faoliyatlariga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 sentyabrdagi 8n-z/477-sonli ma’lumotnomasi); ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali gepatitlar oqibatida yuzaga keladigan jigar sirrozini erta tashxislash, bemorlarni o‘z vaqtida ixtisoslashtirilgan davolash taktikasini qo‘llash kasalxonada davolanish davomiyligini qisqartirish xamda nogironlikni kamaytirishga imkon yaratgan va bemorning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan; ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Jizzax va Toshkent viloyatlari yuqumli kasalliklar shifoxonasi amaliy faoliyatlariga joriy qilingani shuni ko‘rsatdiki, kasallikni erta tashxislash, davolash taktikasini takomillashtirish, kasallik asoratlarini kamaytirish, tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish, kasalxonada davolanish davomiyligini qisqartirish xamda nogironlikni kamaytirishga imkon yaratgan; xulosa: Fayzullaev Xayrullo Norkulovichning №DGU 12455 «HBV, HCV, HBV/HCV va HBV/HDV infeksiyali bemorlarda sitokinlar ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi» nomli dasturiy majmuasi tasdiqlangan (Guvohnoma O‘zbekiston Respublikasining Dasturiy mahsulotlar davlat reestrida 21.09.2021 yil ro‘yxatdan o‘tkazilgan);
ikkinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor surunkali virusli GV, GS va GD oqibatida yuzaga kelgan jigar sirrozining shakllanishi yallig‘lanishga xos sitokinlar IL-1β, TNF-α darajasining sezilarli darajada ortishi patologik jarayonning tabiati, uning kuchayishi va rivojlanishiga bog‘liqligi, IL-6 ning qondagi miqdorining o‘zgarishi jigar sirroz rivojlanishida ahamiyat kasb etmasligi aniqlangan; ilmiy yangilikning ahamiyati: surunkali virusli GV, GS va GD oqibatida yuzaga kelgan jigar sirrozining shakllanishi yallig‘lanishga xos sitokinlarning o‘ziga xos immun javob faoliyati hosil bo‘lib patologik jarayonning tabiati, uning kuchayishi va rivojlanishiga bog‘liqligi tarzida namoyon bo‘ladi; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Jizzax va Toshkent viloyatlari yuqumli kasalliklar shifoxonasi amaliy faoliyatiga joriy qilingan(Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 sentyabrdagi 8n-z/477-sonli ma’lumotnomasi); ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ilmiy natijalarning joriy qilinishi surunkali gepatitlar oqibatida yuzaga kelgan jigar sirrozida fibroz rivojlanish xavfini erta tashxislash va hayot sifatini oshirishga xizmat qilgan; ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Jizzax va Toshkent viloyatlari yuqumli kasalliklar shifoxonasi amaliy faoliyatiga joriy qilinishida 1 davolanish kursi shuni ko‘rsatdiki, surunkali gepatitlar oqibatida yuzaga kelgan jigar sirrozi bilan odatiy davolanayotgan bemorga 23628004 so‘m, taklif qilingan davolashda 13780001 so‘mni tashkil qildi, bundan kelib chiqqan xolda bir bemorga nisbatan iqtisodiy samaradorlik 11 448003 so‘mni tashkil qilgan; xulosa: Fayzullaev Xayrullo Norkulovichning «Surunkali gepatitlarda va jigar sirrozida jigar fibrozini aniqlashning bashoratlash va tashxislash usullari» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 sentyabrdagi 8n-z/477-sonli ma’lumotnomasi);
uchinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor HBV+HCV, HBV+HDV mikst infeksiyalarida va ayniqsa HCV infeksiyasida yallig‘lanishga xos sitokinlar IL-1βva TNF-α miqdorining ishonarli ortishi, yashirin gepatit oqibatida yuzaga kelgan JS bilan kasallangan bemorlarda esa yallig‘lanishga xos sitokinlar miqdor ko‘rsatkichlari nisbatan kamroq bo‘lishi aniqlangan; ilmiy yangilikning ahamiyati: HBV+HCV, HBV+HDV mikst infeksiyalarida va ayniqsa HCV infeksiyasida yallig‘lanishga xos sitokinlar miqdori yashirin gepatit gepatit oqibatida yuzaga kelgan JS bilan kasallangan bemorlarga nisbatan yuqoriroq bo‘lishi namoyon bo‘lgan; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Jizzax va Toshkent viloyatlari yuqumli kasalliklar shifoxonasi amaliy faoliyatlariga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 sentyabrdagi 8n-z/477-sonli ma’lumotnomasi); ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligiquyidagilardan iborat: surunkali gepatitlar oqibatida yuzaga keladigan jigar sirrozini erta tashxislash, bemorlarni o‘z vaqtida ixtisoslashtirilgan davolash taktikasini qo‘llash kasalxonada davolanish davomiyligini qisqartirish xamda nogironlikni kamaytirishga imkon yaratgan va bemorning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan; ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Jizzax va Toshkent viloyatlari yuqumli kasalliklar shifoxonasi amaliy faoliyatlariga joriy qilingani shuni ko‘rsatdiki, kasallikni erta tashxislash, davolash taktikasini takomillashtirish, kasallik asoratlarini kamaytirish, tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish, kasalxonada davolanish davomiyligini qisqartirish xamda nogironlikni kamaytirishga imkon yaratgan; xulosa: Fayzullaev Xayrullo Norkulovichning №DGU 12449 «Virus etiologiyali jigar sirrozi bilan og‘rigan bemorlarda qonning laborator ko‘rsatkichlari» dasturiy majmuasi nomli dasturiy majmuasi tasdiqlangan (Guvohnoma O‘zbekiston Respublikasining Dasturiy mahsulotlar davlat reestrida 20.09.2021 yil ro‘yxatdan o‘tkazilgan);
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor surunkali virusli gepatitlarga moyillikning shakllanishida IL-1β (–511 C/T), IL-6 (–174 G/C), TNF-A (–238 G/A) genlarining allel variantlari, surunkali HCV gepatitiga moyillikda TNF-α genining ahamiyati, HBV+HCV, HBV+HDV mikst infeksiyalarining IL-1β genining CT va TT (rs 16944), IL-6 genining SS (rs1800795), TNF-α genining GA (rs 361525) va AA (rs 1800629) allel variantlari bilan bog‘liqligi isbotlangan; ilmiy yangilikning ahamiyati: surunkali virusli gepatitlarga moyillikning shakllanishi immunitetning yallig‘lanishga xos sitokinlar genlari polimorf allel variantlari polimorfizmiga bog‘liqligi bilan yuzaga kelishi izoxlanadi; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Jizzax va Toshkent viloyatlari yuqumli kasalliklar shifoxonasi amaliy faoliyatiga joriy qilingan(Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 sentyabrdagi 8n-z/477-sonli ma’lumotnomasi); ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ilmiy natijalarning joriy qilinishi surunkali gepatitlar oqibatida yuzaga kelgan jigar sirrozida fibroz rivojlanish xavfini erta tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirish, kasallik asoratlarini kamaytirish, tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish, kasalxonada davolanish davomiyligini qisqartirish xamda nogironlikni kamaytirishga imkon yaratgan; ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Jizzax va Toshkent viloyatlari yuqumli kasalliklar shifoxonasi amaliy faoliyatiga joriy qilinishida 1 davolanish kursi shuni ko‘rsatdiki, surunkali gepatitlar oqibatida yuzaga kelgan jigar sirrozi bilan odatiy davolanayotgan bemorga 23628004 so‘m, taklif qilingan davolashda 13780001 so‘mni tashkil qildi, bundan kelib chiqqan xolda bir bemorga nisbatan iqtisodiy samaradorlik 11 448003 so‘mni tashkil qilgan; xulosa: Fayzullaev Xayrullo Norkulovichning «Surunkali gepatitlarda va jigar sirrozida jigar fibrozini aniqlashning prognozlash va tashxislash usullari» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 sentyabrdagi 8n-z/477-sonli ma’lumotnomasi);
beshinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor surunkali virusli gepatitlarda IL-1β genining gomozigot S/C genotipi, IL-6 genining G/G allel varianti, TNF-α genining G/G allel juftligi barqaror virusologik javob bilan bog‘liqligi va surunkali virusli gepatit C oqibatida yuzaga kelgan JS bilan kasallangan bemorlarning virusga qarshi davoga javob bermasligida TNF-α genining A/A genotipi sabab bo‘lishi isbotlangan; ilmiy yangilikning ahamiyati: surunkali virusli gepatitlarda virusga qarshi davoga barqarorlik va javob bermaslikning shakllanishi immunitetning yallig‘lanishga xos sitokinlar genlari polimorf allel variantlari polimorfizmiga bog‘liqligi bilan yuzaga kelishi izoxlanadi; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Jizzax va Toshkent viloyatlari yuqumli kasalliklar shifoxonasi amaliy faoliyatiga joriy qilingan(Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 sentyabrdagi 8n-z/477-sonli ma’lumotnomasi); ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ilmiy natijalarning joriy qilinishi surunkali gepatitlar oqibatida yuzaga kelgan jigar sirrozida fibroz rivojlanish xavfini erta tashxislash va davolash taktikasini virusga qarshi davoga barqarorlik va javob bermaslikning shakllanishi bo‘yicha amalga oshirish, kasallik asoratlarini kamaytirish, tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish, kasalxonada davolanish davomiyligini qisqartirish xamda nogironlikni kamaytirishga imkon yaratgan; ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Jizzax va Toshkent viloyatlari yuqumli kasalliklar shifoxonasi amaliy faoliyatiga joriy qilinishida 1 davolanish kursi shuni ko‘rsatdiki, surunkali gepatitlar oqibatida yuzaga kelgan jigar sirrozi bilan odatiy davolanayotgan bemorga 23628004 so‘m, taklif qilingan davolashda 13780001 so‘mni tashkil qildi, bundan kelib chiqqan xolda bir bemorga nisbatan iqtisodiy samaradorlik 11 448003 so‘mni tashkil qilgan; xulosa: Fayzullaev Xayrullo Norkulovichning «Surunkali gepatitlarda va jigar sirrozida jigar fibrozini aniqlashning prognozlash va tashxislash usullari» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 sentyabrdagi 8n-z/477-sonli ma’lumotnomasi).