Ro‘zmatov Izzatbek Baxtiyorovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chaqaloqlarda qorin old devori tug‘ma nuqsonlarini tashxislash va jarrohlik davolash», 14.00.35 – Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Tib777.
Ilmiy rahbar: Ergashev Baxtiyor Berdalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazida, DSc.04/01.02.2022.Tib.147.01.
Rasmiy opponentlar: Akilov Habibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamraev Abdurashid Juraqulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Otamuradov Furqat Abdukarimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chaqaloqlarda qorin old devori tug‘ma nuqsonlarini erta tashxislash, jarrohlik davolashning taktikasi va optimal usulini tanlash orqali davo natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chaqaloqlarda qorin old devori tug‘ma nuqsonlarida vissero-abdominal disproporsiyani korreksiya qilishning optimallashtiruvchi xirurgik usuli ishlab chiqilgan;
vissero-abdominal disproporsiya darajasi, churra o‘lchamlari, somatonevrologik fon va yondosh nuqsonlar og‘irligiga bog‘liq ravishda omfalotsele va gastroshizis kechishining og‘irligini baholash mezonlari aniqlangan;
boshqa tug‘ma anomaliyalar orasida omfalotsele va gastroshizisning qiyosiy o‘rni belgilangan, hamda yondosh nuqsonlar va qorin old devori nuqsoni o‘lchamlari o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlangan;
ante- va postnatal tadqiqotlar asosida qorin old devori rivojlanish nuqsonlari bilan eng ko‘p yondoshlik qiluvchi boshqa tug‘ma nuqsonli bolalar tug‘ilishining xavf omillari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 2023 yil 30 oktyabrdagi 99-sonli xulosasiga (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali direktori tomonidan 2023 yil 28 sentyabrdagi № 01/6464 sonli xati yuborilgan).
birinchi ilmiy yangilik: qorin old devori rivojlanish anomaliyalari gastroshizis va omfalotselega eng ko‘p hollarda hamroh bo‘luvchi tug‘ma anomaliyalar bilan bolalarning tug‘ilish xavf omillari aniqlangan va bu maqsadga yo‘naltirilgan ante- va postnatal tekshiruvlar o‘tazish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qorin old devori tug‘ma nuqsoni bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda antenatal UTT ni keng qo‘llash imkonini yaratgan. Kerakli hollarda bunday homiladorlikni to‘xtatishga va og‘ir nuqsonli chaqaloqlar tug‘ilishi holatlarini kamaytirishga olib kelgan. Xulosa: chaqaloqlarga gastroshizis va omfalotseleda transportirovka qilish algoritmi va  davolash taktikasiga rioya qilish bolada transportirovka bilan bog‘liq asoratlarning kelib chiqishini oldini oladi va davolash natijalari samaradorligini oshiradi. Qorin old devori tug‘ma nuqsonlarida amaliyotdan keyingi asoratlar salmog‘ini 77,9% dan 29,2% gacha qisqartirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: “Chaqaloqlarda qorin old devori tug‘ma nuqsonlarini tashxislash va jarrohlik davolash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali direktori tomonidan 28.09.2023 yildagi № 01/6464 sonli xati yuborilgan. Ilmiy yangilikning mohiyati:  qorin old devori nuqsonining boshqa tug‘ma anomaliyalar orasida omfalotsele va gastroshizisning qiyosiy o‘rni belgilangan, hamda yondosh nuqsonlar va qorin old devori nuqsoni o‘lchamlari o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: qorin old devori nuqsonining shakliga va turiga bog‘liq ravishda xirurgik davolash usulini tanlashda differensial yondashuvning maqsadga muvofiqligi va samaradorligi isbotlangan (№DGU 19959, 05.12.2022 yil).
ikkinchi ilmiy yangilik: joriy qilinishi: olingan ilmiy amaliy ma’lumotlar Respublika perinatal markazi qoshidagi, Respublika neonatal xirurgiya o‘quv davolash metodik markazi va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy – amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyati filiali bo‘yicha 03.11.2023 yil №79-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: operatsiyadan keyingi erta va kechki davrdagi asoratlar rivojlanishining oldini olish choralarini belgilash; korreksiyalangan tug‘ma qorin old devori nuqsoni bor bolalarning hayot sifatini yaxshilash. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qorin old devori tug‘ma nuqsonlarini o‘z vaqtida aniqlash va bola tug‘ilmasdan kerakli akusherlik va davolash usulini tanlashga imkon yaratadi. Bunda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar soni 29,2% ga minimallashtirilgan va 2,2 baravarga statsionarda davolanish chastotasi kamaytirilgan va 2 martagacha iqtisodiy samaradorligi oshirilganligini tashkil qilgan. Xulosa: qorin oldingi devori tug‘ma nuqsoni bilan tug‘ilgan chaqaloqlarning antenatal davrda aniqlashning eng samarador usuli - bu ultratovush tashxislash ekanligi isbotlangan. Homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligida gastroshizis 93% holatda, omfalotseleda esa 91,3% holatda aniqlangan. UTT dopplerografiyada kindik venasida qon oqish tezligini o‘lchash orqali churra katta yoki kichikligini aniqlash imkoni mavjud bo‘lgan. Kindik venasida qon oqishini past bo‘lishi fiziologik tug‘ruqqa qarshi ko‘rsatma bo‘lgan. 25 haftalikkacha bo‘lgan antenatal davrda homilada katta hajmli qorin old devori nuqsonlari va hamroh korreksiya qilinmaydigan anomaliyalarning aniqlanishi homilani to‘xtatishga ko‘rsatma hisoblangan. Qorin oldingi devori tug‘ma nuqsoni bilan tug‘ilgan chaqaloqlarning transportirovka bosqichida yo‘l qo‘yiladigan xatolar bemor ahvolini og‘irlashishiga, o‘tkaziladigan operatsiya oldi davrini uzoqlashishiga, operatsiyadan keyingi davrni silliq kechmasliliga olib kelgan. Shularning o‘zi davolash bosqichini tanlash imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: “Chaqaloqlarda qorin old devori tug‘ma nuqsonlarini tashxislash va jarrohlik davolash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali direktori tomonidan 28.09.2023 yildagi № 01/6464 sonli xati yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: qorin old devori tug‘ma nuqsoni bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda antenatal UTT ni keng qo‘llash, nuqsonni o‘z vaqtida aniqlash va bola tug‘ilmasdan kerakli akusherlik va davolash usulini tanlashga imkon yaratgan. Kerakli hollarda bunday homiladorlikni to‘xtatishga va og‘ir nuqsonli chaqaloqlar tug‘ilishi holatlarini kamaytirishga olib kelgan (№DGU 23225, 13.03.2023 yil). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy amaliy ma’lumotlar Respublika perinatal markazi qoshidagi, Respublika neonatal xirurgiya o‘quv davolash metodik markazi va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy – amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyati filiali bo‘yicha 03.11.2023 yil №79-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: chaqaloqlarda tug‘ma qorin old devori nuqsonlarining operatsiyadan keyingi erta va kechki davrda chaqaloqning yoshiga mos ravishda salomatligini to‘g‘ri baholash; erta va kechki asoratlarni rivojlanishini bashoratlash, davolanish taktikasini tanlash; operatsiyadan keyingi davrda davolanish sifatini oshirish. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qorin old devori tug‘ma nuqsoni bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda antenatal UTT ni keng qo‘llash, nuqsonni o‘z vaqtida aniqlash va bola tug‘ilmasdan kerakli akusherlik va davolash usulini tanlashga imkon yaratadi. Kerakli hollarda bunday homiladorlikni to‘xtatishga va og‘ir nuqsonli chaqaloqlar tug‘ilishi holatlarini kamaytirishga olib kelgan. Operatsiyadan keyingi erta va kechki davrda qorin old devorining tug‘ma nuqsoni bilan og‘rigan chaqaloqlarda gastroshizis va omfalotseleda xirurgik davolash usulini tanlash operatsiyasini qo‘llash ushbu nuqsonlarning o‘lim ko‘rsatkichlarini omfalotseleda 43,8% dan 17,6% gacha, gastroshizisda esa 80,5% dan 45% gacha kamayishiga olib kelgan. Nogironlik va o‘lim kamaytirilib byudjet mablag‘i iqtisod qilingan. Amaliyotga tavsiya etilgan usul omfalotsele va gastroshizisni davolashning bevosita natijalarini yaxshilash va amaliyotdan keyingi asoratlar salmog‘ini qisqartirish imkonini bergan. Xulosa: operatsiyadan keyingi kechki davrda korreksiyalangan tug‘ma yurak nuqsonli bolalarning asoratlar rivojlanmasdan o‘z vaqtida shifoxonada davolanishi 1 ta bemor bola uchun byudjet mablag‘larini 35026 so’mga iqtisod qilish imkonini va tug’ma yurak nuqsonlarining operatsiyadan keyingi kechki davrda bolaning yoshiga mos ravishda salomatligini to‘g‘ri baxolash; erta asoratlarni rivojlanishini bashoratlash, davolanish taktikasini tanlash; operatsiyadan keyingi davrda davolanish sifatini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: “Chaqaloqlarda qorin old devori tug‘ma nuqsonlarini tashxislash va jarrohlik davolash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali direktori tomonidan 28.09.2023 yildagi № 01/6464 sonli xati yuborilgan. Ilmiy yangilikning mohiyati: ante- va postnatal tadqiqotlar asosida qorin old devori rivojlanish nuqsonlari bilan eng ko‘p yondoshlik qiluvchi boshqa tug‘ma nuqsonli bolalar tug‘ilishining xavf omillari aniqlangan, homiladorlikni saqlab qolish yoki to‘xtatishga ko‘rsatmalarni aniqlashtirishga yordam beruvchi gastroshizis va omfalotselega yondosh anomaliyalar og‘irligini prognostik baholash uchun antenatal skriningning ultratovush jihatlari ochib berilganligi isbotlangan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: chaqaloqlarda gastroshizis va omfalotsele bo‘lganida taklif etilgan akusherlik yordami spektri va yo‘naltirish variantlarini aniqlashtiruvchi hamda davolash taktikasining optimal variantini tanlash algoritmlari davolash natijalarini sezilarli yaxshilash imkonini bergan. Vissero-abdominal disproporsiya darajasi, churra o‘lchamlari, somatonevrologik fon va yondosh nuqsonlar og‘irligiga bog‘liq ravishda gastroshizis va omfalotseleni davolashning turli usullariga ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan. Qoniqarli natija taqqoslov guruhiga nisbatan 38% ga yaxshilangan, qoniqarsiz natija 2,3 barobarga, ya’ni 15,2% ga kamagan. Kuchli visero-abdominal disproporsiya bilan katta o‘lchamli omfalotsele va gastroshizisni samarali korreksiya usuli taklif etilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy amaliy ma’lumotlar Respublika perinatal markazi qoshidagi, Respublika neonatal xirurgiya o‘quv davolash metodik markazi va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy – amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyati filiali bo‘yicha 03.11.2023 yil №79-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tug‘ma qorin old devori nuqsonlari bor bolalar uchun ambulator sharoitida tibbiy reabilitatsiyani rivojlanishi bolalik davridan nogironlik sonini kamaytiradi, jismoniy faollikni oshiradi, ota-onalar tomonidan bolaga nisbatan himoyasi haddan tashqari kamayadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalarni sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etish gastroshizis va omfalotseleni barvaqt antenatal tashxislash imkoniyatini oshirish, davolashning bevosita va uzoq muddatdagi natijalarini yaxshilash, qorin old devori tug‘ma nuqsonida amaliyotdan keyingi asoratlar salmog‘ini 77,9% dan 29,2% gacha, omfalotseleda o‘lim ko‘rsatkichini 43,8% dan 17,6%  gacha, gastroshizisda esa 80,5% dan 45% gacha kamaytirish imkonini bergan. Bu ham yillar davomida o’lim va nogironlikni, operatsiyadan keyingi reabilitatsiya usulini belgilash hisobiga iqtisod qilingan. Xulosa: qorin old devori tug‘ma nuqsoni bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda operatsiya usulini tanlash vitssero-abdominal disproporsiya bosqichiga, somatik fonga, nuqson turi va qaysi yo‘ldosh nuqsonlar bilan birga kelishiga, qorin bo‘shlig‘idan tashqariga chiqqan a’zo turiga qarab amalga oshirilishi kerakligi isbotlangan. Kichik va o‘rtacha o‘lchamdagi omfalotselelar qorin old devorining radikal plastikasiga ko‘rsatma hisoblangan. Katta o‘lchamdagi vissero-abdominal disproporsiyali omfalotselelar bosqichli korreksiyani talab etgan. Bunda ventral churrani aponevroz hisobiga hosil qilish operatsiya bosqichini kamaytirishga olib kelgan. Konservativ davolash usulidan foydalanish faqat operativ muolajaga jiddiy qarshi ko‘rsatmalar bo‘lganidagina maqsadga muvofiq bo‘lgan. Taklif qilingan va ishlab chiqilgan EHM dasturga asosan gastroshizis va omfalotseleda qorin bo‘shlig‘i, shuningdek tashqariga chiqqan ichki a’zolar hajmini hisoblab, bemorlarga bir bosqichli yoki ikki bosqichli operatsiya qilish lozimligi aniqlangan. Agar qorin bo‘shlig‘i va tashqariga chiqqan ichki a’zolar hajmining yig‘indisi 1,6 litrdan kichik  bo‘lsa ko‘p bosqichli, katta bo‘lsa bir bosqichli operatsiya o‘tkazish tavsiya etilgan. Tavsiya etilgan kompleks davolash usulini qo‘llash gastroshizisda chaqaloqlarning nobud bo‘lishini 80,5% dan 45% gacha, asoratlarning kelib chiqishini esa 79,5% dan 37,1% gacha kamayishiga olib kelgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: “Chaqaloqlarda qorin old devori tug‘ma nuqsonlarini tashxislash va jarrohlik davolash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali direktori tomonidan 28.09.2023 yildagi № 01/6464 sonli xati yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish